Boy odamlar o’z hamyonlari o’lchamidan tashqari, yana nimasi bilan kambag'allardan ajralib turadilar? Avvalo, ular odatlari bilan farq qiladi! Bu juda oddiy va hammasi miyadan -fikrlashdan boshlanadi. Nega kambag'allar qashshoqligicha qoladiyu, boylar esa kapitallarini ko’paytirishda davom etadi?

  •  
  •  
  •  
  •  

Zamonaviy dunyoda, demokratik davlatlardagi ko’pchilik kambag’al kishilar birov ularga zulm o’tkazayotgani uchun emas, balki ularda aqliy resurslar yetarlicha bo’lmagani, yoki shunchaki dangasalik va shu ma’qulroq bo’lgani uchun kambag’alligicha qolmoqda.

Nega badavlat odamlar boyishda davom etadi, kambag’allar esa nimasi bo’lsa o’sha bilan qoladi? Keling, hozircha olingan tarbiya va ta’limni chetga surib turamiz, va eng oddiyi, har bir odam o’zgartirishi mumkin bo’lgan – odatlarda to’xtalamiz.

Boylikka erishish yo’llari har kimda har xil, lekin badavlat kishilarning odatlariga nazar solib, taqqoslaydigan bo’lsak, ularda qandaydir umumiy bir narsa borligini ko’rish mumkin. Xar yili «Forbes» dunyoning eng boy odamlarining ro‘yxatini e’lon qiladi.

Tadqiqot Tomas Korli tomonidan o’tkazilib, u 233 nafar boy va 128 nafar kambag’al odamlarning kundalik odatlarini o’rgangan.

Muayyan harakatlar tartibiga rioya qilish

  • Qilinadigan ishlar ro’yxatini tuzish: boylar – 81%, kambag’allar – 9%.
  • Ish vaqtidan 3 soat yoki undan ortiq vaqt oldin uyg’onish: boylar – 44%, kambag’allar – 3%.
  • Ishlar orasida bo’sh vaqt bo’lganida audiokitoblarni tinglash: boylar – 63%, kambag’allar – 5%.
  • Bir oyda  5 soatdan ortiq vaqtni  aloqalarni yaxshilash va munosabatlar o’rnatishga bag’ishlash: boylar – 79%, kambag’allar – 16%.
  • Har kuni yarim soat yoki undan ko’proq mutolaa qilish: boylar – 88%, kambag’allar – 2%.
  • Mutolaani yoqtirish: boylar – 86%, kambag’allar – 26%.

Salomatlik

  • Haftasiga 4 marta jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish: boylar – 76%, kambag’allar – 23%.
  • Nosog’lom ovqatlarni iste’mol qilinishining kaloriya bo’yicha miqdori: boylar – kuniga 300 kkal dan kamroq, 75% dan ortiq emas, kambag’allar – kuniga 300 kkaldan ko’proq, deyarli 100%.

Televizor ko’rish

  • Televizorni ko’rish kuniga 1 soatdan ortiq emas: boylar – qariyb 60%, kambag’allar – 25% dan kamroq.
  • Realiti-shoularni tomosha qilish: boylar – 5% dan ortiq emas, kambag’allar- 75% dan ortiqroq.

Farzand tarbiyasi

  • Muvaffaqiyatga eltuvchi yaxshi, to’g’ri odatlarni o’rgatish: boylar – 74%, kambag’allar – 1%.
  • Bolalar haftasiga 10 yoki undan ortiq soat mobaynida ko’ngilli sifatida ishlaydi: boylar – 70%, kambag’allar – 3%.
  • Bolalar oyiga ikki yoki undan ortiq badiiy kitob o’qishini rag’batlantirish: boylar – 63%, kambag’allar – 3%.

Maqsadlarni belgilash

  • Maqsadlarini yozib qo’yish: boylar – 67%, kambag’allar- 17%.
  • Aniq maqsadlarga erishishga e’tibor berish: boylar – 80%, kambag’allar – 12%.
  • Har doim o’rganish kerakligiga ishonish: boylar – 86%, kambag’allar – 5%.
  • To’gri odatlar imkoniyatlar yaratishiga ishonish: boylar – 84%, kambag’allar – 4%.
  • Yomon odatlar salbiy ta’sirga ega ekanligiga ishonish: boylar – 76%, kambag’allar – 9%.

Demografiya

Nyu-Yorkda 389,000, Londonda 281,000, Parijda 219,000, Frankfurtda 217,000, Pekinda 213,000, Shanxayda 166,000, Gonkongda 187,000, Tokioda 461,000, Osakada 190,000 millionerlar istiqomat qiladi.

Forbes ma’lumotlariiga ko’ra, dunyodagi eng badavlat kishilar ro’yxatida turgan 400 amerikalikning 68 foizi o’z boyligini mustaqil ravishda ishlab topgan, meros qillib olmagan.

Jon Pol Dejoria (4 milliard dollar) avtomobilida yashagan va Pol Mitchel mahsulotlarini sotgan. Opra Uinfri (2,9 milliard dollar) qashshoqlikda o’sgan va o’smirlik davrida zo’rlanganidan keyin uyidan qochib ketgan. Govard Shults (2 milliard dollar, Starbucks)

Shuni yodda tutingki, yuqorida tavsiflangan odatlarga aniq amal qilish sizni badavlat qilmasligi mumkin… Ammo ular bunga arziydi.

Hozirda, Internet dunyoni zabt etayotgan, atrofda dunyoning nufuzli universitetlarining juda ko’plab bepul onlayn kurslari va kitoblar bilan ochiq resurslar mavjud zamonda, sifatli ta’lim olish imkoniyatingz yo’qligi haqida gapirish eng kamida be’manilikdan boshqa narsa emas.