Hammamiz umrimiz davomida hissiyotlarni boshdan kechirganmiz. Bir marta his bo‘lgan bo‘lsak mayli edi, biroq ularni deb tez-tez havotirga tushamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Ko‘pchilik doimiy ravishda chekishning zarari to‘g‘risida gapiradilar, bu ko‘p vaqtdan beri ma’lum bo‘lgan fakt bo‘lib, chekishni tashlash yoki tashlamaslik to‘g‘risida hech kim baxslashayotgani yo‘q. Biroq inson hayotida shunday narsalar borki, ular bizga har kuni zarar keltiryapti. Ular hayotimizni zaharlamoqda, biz esa hammasi joyida deb hisoblaymiz, ular qanday sodir bo‘layotganini hatto sezmaymiz. Fitnesga boramiz, salatlar iste’mol qilamiz, alkogol va chekishdan voz kechamiz, biroq hasad, hafagarchilik va hayotimizdan doimiy ravishda shikoyat qilishda davom etamiz. Balki ularni tashlash vaqti kelgandir?

Biz amalga oshirayotgan har bir holat bir narsa – baxtga erishishga qaratilgan.

Biroq sizni ahmoqona odatlar zaharlayotgan bo‘lsa, nimaniki amalga oshirmang, baxtga erishmaysiz. Bu pul va do‘stlaringizning kamligi, sevimli insoningiz yoki mashg‘ulotingiz yo‘qligi uchun emas, balki hayot sizga qanday yaxshi sharoitlar taqdim etgan bo‘lishiga qaramay, siz mamnun bo‘la olmasligingiz bilan bog‘liq.

Orzudagi yutuqni qo‘lga kiritishga xalaqit beradigan, hayotni zaharlaydigan 4 ta odat quyidagilardir:

Hasad

Bu shunday ifloslikki, u sizning ham, o‘zgalarning ham yutuqlaridan xursand bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi. Ijtimoiy tarmoqlar – hasadni rivojlantirishning a’lo qurolidir.

Yuta shtati universiteti sotsiologlari 435 nafar talaba o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, kishi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadigan vaqti uning hayotiga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq degan fikrga kelishdi. Insonlar qanchalik ko‘p vaqtini o‘zgalarning hayoti (aniqrog‘i ularning tahrirlangan aksi)ga qarash bilan o‘tkazsa, atrofdagilar ularga nisbatan baxtliroq va to‘kisroq hayot kechirishmoqda degan fikrga ega bo‘lishar ekan.

Haqiqiy hayotda ham yo‘lga qo‘yilmagan hayot sababli hafa bo‘lishga majbur qiladigan hasad yetarli darajada.


Buning uchun nima qilish kerak

Agar siz bir kunga o‘zga (siz hasad qilayotgan) odam bilan o‘rin almashib qolganingizda, bu sizga yoqmagan bo‘lardi. Barchaning o‘z mashaqqat va yutuqlari bo‘ladi, ular siznikidan yaxshiroq emas.

O‘zingizni hech kim taqqoslamang, har kimning o‘ziga xos o‘tmishi bo‘lgan, o‘z qobiliyat va imkoniyatlari, muammo va baxtsizliklari mavjud. Bor-yo‘g‘i taqqoslamang, buni amalga oshirish mezonlari yo‘q.

Hafagarchilik

Tushkunlik hisini tahlil qilib shuni aytish mumkinki, u biz kutgan holat haqiqatga mos kelmasligidan xosil bo‘ladi.

Tasavvur qiling, siz ko‘chada qoqilib, yiqilib tushdingiz, og‘ir lat yedingiz va mahsulotlarni to‘kib yubordingiz. Bu g‘amgin holat sodir bo‘lgan joydan uzoq bo‘lmagan masofada bir nochor odam sadaqa so‘rab turgan edi. Agar yoningizda ishxonadagi xodimingiz sochilib ketgan apelsinlarni terib, asfaltda emaklab yurganingizni ko‘rganida, tushkunlik butun umrga yetgulik bo‘lardi.

Agar hafagarchilik sabablari hisobga olinmasa, u sizni uzoq vaqt ta’qib qiladigan kuchli salbiy hisdan iborat bo‘ladi. Bu inson yodga olinganida, salbiy hislar gulxani ichingizda alangalanadi. O‘tmishdagi hafagarchiliklar esa davolanmagan lat yeyishlar kabi salomatlik uchun xavflidir.


Qanday qilib xalos bo‘lish mumkin

Tushkunlikka tushmaslik uchun odamlardan hech narsa kutmaslik kerak. Ular sizga hech narsa «qarz» emas: ya’ni muloyim, yoqimli, g‘amxo‘r, tushunuvchan va do‘stona bo‘lishga majbur emaslar. Barini boricha qabul qiling.

Albatta, bu sizni mensimaydigan qo‘pol, yoqimsiz odamlar bilan suhbatlashishingiz kerak degani emas. Bor-yo‘g‘i kim bilan muloqotni davom ettirish yoki xayrlashishingiz kerak bo‘lgan haqida o‘zingizga xulosa chiqarib oling. Hafagarchiliklarsiz hayot ancha soddalashadi.

Shikoyatlar

Bechorahol bo‘lish juda oson, baxtli bo‘lish esa murakkab va ajoyibdir. Tom York

Agar odam shikoyat qilishga o‘rganib qolsa, u odatga aylanadi. Hayoti qanday bo‘lishi ahamiyatsiz, u baribir arz qilish uchun bahona topadi. Agar odam doimo shikoyat qilaversa, u hayotidagi salbiy qirralar, muammolarnigina ko‘radi va ularni atrofdagilarga aytib berish uchun shoshiladi.

Hayotni baholashning obyektiv bahosi yo‘q. Hammasi siz uni qanday ko‘rishingizga bog‘liq. Agar salbiylikni ko‘rsangiz, demak faqat salbiy jihatlargina mavjud. Bari nima uchun? Atrofda sizga achinish bilan qarayotgan odamlar uchunmi?

Muhokama qilish

Vanihoyat, so‘nggi ahmoqona odat – narkoman va fohishalar bilan limo-lim dunyoda bozorchadagi buvijonlarga hos bo‘lgan jihat. Biz o‘zgalarni shaxsan va jamoaviy tarzda shunday rohat bilan muhokama qilamiz. Yoshi va jinsidan qat’iy nazar barcha g‘iybat qiladi.

Shunisi qiziqki: insonlarni aynan shu mezonlarni o‘zimizga nisbatan qo‘llamay turib muhokama qilib bo‘lmaydi. Men odamlar kamchiliklar uchun «portlab», o‘zgalarga baqirganliklarini sezganman, xuddi shu kabi o‘z xatolari uchun ham o‘zlarini yanada jiddiy koyiydilar.

Mkhokamaning ikki tomoni mavjud. Ulardan biri – o‘zgalarni muhokama qilish, ikkinchisi esa o‘zimizni muhokama qilish.


Nima qilish kerak

Bu dunyoda hamma xato qilish huquqiga ega. Barchamiz shu darajada turlichamizki, harakatlarning obyektiv bahosi yo‘q. Siz hech qachon o‘zga odam tanasida bo‘lmagansiz, u qanday yashayotgani, o‘tmishda qanday yashagani, miyasida qanday fikrlar borligini bilmaysiz. Bu xuddi futbol o‘yinini tribunadagi baqir-chaqirlarga asoslanib, ko‘r-ko‘rona izohlashga o‘xshaydi.

O‘zimizni muhokama qilishga kelsak – bu hech qanday natija olib kelmaydi. Hech qachon. Balki bu odat ota-onamizdan ko‘chirib olingan xulq-atvordir, biroq u hech qanday ishtiyoq bermaydi. Aksincha, o‘zimizni omadsiz deb hisoblash, bundan aziyat chekishga majbur qiladi. Yoki shikoyat qilishga olib kelishi mumkin.

Barcha zararli odatlar

«Siyohrang bilakuzuk» deb nomlangan amaliyot mavjud. U bizni zaharlayotgan barcha odatlardan xalos bo‘lishni imkonini beradi. Bu amaliyot 2006 yilda avliyo Uill Bouen tomonidan taklif etilgan. Uning ma’nosi shundan iboratki, qo‘lingizga siyohrang bilakuzuk taqib olib, 21 kun mobaynida shikoyat, o‘zimiz va o‘zgalarni muhokama qilish, g‘iybat hamda norozilik fikrlarisiz yashash kerak. O‘ylash mumkin, asosiysi – gapirmaslik. Agar bu odamning qo‘lidan kelmasa, u bilakuzukni boshqa qo‘liga taqib oladi va 21 kun qaytadan boshlanadi.

Siz bilakuzukni o‘zingiz yasab olishingiz mumkin, qo‘lingizga istalgan rangdagi ipni bog‘lab olishingiz, bu maqsadda uzukdan foyladanishingiz mumkin.

Muhimi – sizni zaharlayotgan fikrlardan xalos bo‘lish.

Agar yomon odat, shikoyat va muhokamalardan «ozod bo‘lish»ga o‘rgatuvchi g‘oyalaringiz mavjud bo‘lsa, bu haqida izohlarda ma’lum qilishingizni so‘raymiz.