Chilim haqiqatdan ham beozor ko'ngilochish usuli ekanligini aniqlashga urinib ko'ramiz. Chilim – egiluvchan naychalik chekish moslamasi bo'lib, unda tamaki tutuni suyuqlik orqali o'tib, so'ngra o'pkaga boradi.

  • 3
  •  
  •  
  •  
    3
    Shares

Chilim haqiqatdan ham beozor ko’ngilochish usuli ekanligini aniqlashga urinib ko’ramiz.

Chilim – egiluvchan naychalik chekish moslamasi bo’lib, unda tamaki tutuni suyuqlik orqali o’tib, so’ngra o’pkaga boradi.

Odatda chilimda hushbo’y tamaki hamda barglarni yoqadigan yog’och ko’miri qo’llaniladi. Biroq, chilim bir muncha murakkab moslama bo’lib, ko’p marotaba modifikatsiya qilingan.

Masalan, ayrim chekish aralashmalarida nikotin mavjud emas (ayniqsa bu jamoat joylarida chekishni cheklash to’g’risidagi qonun qabul qilinganidan keyin yordam berdi), yoqilg’i sifatida esa har doim ham ko’mir ishlatilmaydi, uning o’rnini batareykalardagi isitish elementi bosadi. Aslida, bu chilim shaklidagi veyplar, ya’ni nikotin va hushbo’y aralashmalarni iste’mol qilish uchun mo’ljallangan elektron moslamalardir.

Haqiqatda aynan nimani chekish ahamiyatsiz, chunki chekishning o’zi zararli.

Chilimda nikotin mavjud

Agar kishi sigaretga bir necha daqiqa sarflasa, chilim bilan bu qadar tez xayrlasha olmaysan. Har kuni chilim chekish (bitta “chekish” 20 daqiqadan 80 daqiqagacha davom etadi) – 10ta sigaretni chekish bilan barobar. Zero, organizmda huddi shu miqdorda nikotin qoladi.

Sigaretdagi nikotinni hisoblashning imkoni mavjud, ammo chilimda bu qiyin masala, chunki bitta chilimdagi tamaki miqdori va chekish davomiyligi reglamentlanmagan. Chilimlarning o’zi ham standartga solinmagan: jomlar va naylarning hajmlariga reglament mavjud emas.

Bitta sigaret taxminan 12-15ta tortishdir, chilimning bir soati esa – taxminan 200ta. Chilim chekayotganda necha marta tortishingizni hisoblashga urinib ko’ring, shunda o’pkangizda nechta sigaret borligini bilib olasiz.

Nikotin tufayli chilim chekishni tashlashga yordam bermaydi: moyilligi bor odamlar o’z dozasini oladi, moyilligi bo’lmaganlar esa nikotin ochligini seza boshlaydi.

Chilimdan ko’proq tutun chiqadi

Nikotin chilimdagi yagona xavfli modda emas. Tutunda salomatlik uchun zararli boshqa aralashmalar ham mavjud. Masalan, ko’mirni yoqishdan hosil bo’ladigan is gazi, metallar, formaldegid, atsetaldegid, benzol – 27dan ortiq kanserogen moddalar.

Tutun uni tozalashi kerak bo’lgan suv orqali o’tadi. Shu bois suv bug’i sababli chilim bulutlaridagi ko’plab xavfli moddalarning miqdori sigaret tutuninikiga nisbatan zaifroqdir, ammo baribir ular mavjud. Suv – sanoat filtri emas, aralashmalar qoladi va o’pkaga o’tadi. Huddi o’sha nikotin 5 foizdan kamroq filtrlanadi. Shuningdek, tutun hajmi ham ma’lum o’rin tutadi.

Birgina chilim tufayli o’pka orqali qariyb 90 000 ml tutun o’tadi, sigaretdan esa – 500-600 ml.

Aytgancha, bu tutun ham passiv chekuvchilar, ham chekuvchilar uchun birdek zararli. Chilim yonida shunchaki turish ham bir oz chekish bilan tengdir.

Ayrim tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, chilim sigaretlarga nisbatan bir necha barobarga xavfsiz, lekin bu chilim salomatlikka mutlaqo zarar yetkazmaydi degani emas. Mazkur masalada tadqiqotchilar bir fikrga kelishgan: chilim uzoq vaqt, bir necha yil davomida chekilsa, oqibatlar kuchli bo’ladi.

Chilimdan kasalliklar paydo bo’ladi

Chilim tutuni uzoq muddatli istiqbolda organizmga huddi sigaret kabi ta’sir qiladi. U chekuvchilarda paydo bo’lishi havfi yuqori bo’lgan ko’plab kasalliklarni yuzaga keltiradi:

  • Yurak va tomirlar kasalliklari. Dunyoda odamlar ko’proq aynan ular sababli vafot etadilar. Chekish tomirlarni toraytirgani uchun qon bosimi ko’tariladi, yurakka qon yetib bormaydi, ya’ni gipertoniya va yurakning ishemik xastaligi yuz beradi.
  • Saraton. Chilim o’pka, og’iz bo’shlig’i, oshqozon va hattoki peshob qopchasi saratoniga duchor bo’lish xavfini oshiradi.
  • Infeksiyalar. Viruslar, bakteriyalar va zamburug’li infeksiyalar naychalarda yashiringan bo’ladi va hattoki bir martalik mundshtuk qo’llanilgan bo’lsa ham chekuvchi nafas olganida bug’ ularni darhol og’iz, bronxlar va o’pkaga yetkazadi. Bundan tashqari, yuqori nafas yo’llari boshqa infeksiyalarga zaifroq qarshilik ko’rsatadi.
  • Bo’lajak bolalar uchun oqibatlar. Chilim homiladorlar uchun taqiqlanadi, chunki chekadigan ayollarning bolalari zaifroq tug’iladi va kamroq tosh bosadi.

Nikotinsiz chilim ham xavfli

Chilim aralashmasida nikotin bo’lmagan taqdirda ham, unda tutun mavjud. Tutun bo’lmasa, huddi elektron sigaterlardagi kabi glitserin yoki propilenglikol mavjud bug’ bo’ladi. Elektron sigaretlar va nikotinsiz aralashmalarning zarari haqidagi masalani avvalroq ko’targan edik. Qisqacha vaziyat quyidagicha: tadqiqotlar hali kam bo’lsa-da, ammo bunday chekish xavfli ekanligini tushunarlidir.

Bularning bari biz uchun qanday ahamiyatga ega? Agar doimiy ravishda chilim chekilsa va salomatlik haqida o’ylansa, chekishni tashlash yoki hech bo’lmaganda kamroq chekish kerak. O’tirish kechasida sigaret yoki chilim o’rtasida tanlashga to’g’ri kelsa, yaxshisi raqs maydonchasini tanlang.