Telefonni cho'ntakdan hech qachon tushirib qo'ymaslik va cho'ntakkesarlardan himoyalanish yo'li

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Biroq, o’zingiz va qimmatbaho texnikani o’g’irlik va ahmoqona yo’qotishlardan himoyalash uchun birgina o’ta oddiy va hamyonbop usul mavjud.

Tavsilotlar – quyida.

Telefonni cho’ntakdan hech qachon tushirib qo’ymaslik va cho’ntakkesarlardan himoyalanish yo’li

Telefonni shimingiz cho’ntagida olib yurasizmi? Avtomat ravishda hatar guruhiga kirasiz. Masalan, smartfon albatta mashina haydash vaqtida sizdan “qochishga” urinadi va bu hali u qadar ayanchli emas. ShakeTheFuture niki ostidagi layfxaker texnikangiz uchun cho’ntakni maksimal darajada havfsiz qilishning o’ta oddiy, ammo deyarli dohiyona usulini o’ylab topdi. Asosiysi, qurilma uchun maxsus…langar kerak.

 Sizga kerak bo’ladi:

  1. Tortuvchi tasmalar
  2. Eski quvvatlovchi moslama yoki keraksiz quloqchinlar.

 

1-qadam: tortuvchi tasmalardan mahkamlovchi to’g’nog’ichlarni kesib oling

 

2-qadam: eski quvvatlovchi moslama yoki quloqchinlarni olib, uchida konnektor yoki shtekerli (3,5 mm) simdan ozgina kesib oling.  Simni to’g’nog’ich ichida “tishlatib” mahkamlang. Kerak bo’lsa yelimdan foydalaning.

 

3-qadam: smartfonni ushbu konstruksiyaga bir tomondan ulang, boshqa tomonini esa cho’ntagingiz chetiga “taqib” qo’ying.

 

Endi cho’ntakdan polga omadsiz parvozdan keyin oynani tuzatishga mutlaqo hojat qolmaydi!

 

Video-yo’riqnoma yana bir bor batafsil tushuntish beradi.

 Doim aloqada qolish uchun powerbank singari mustaqil ravishda ko’rkam tashqi akkumulyatorni yasash mumkin.