Bugun biz taqdirlari turlicha bo'lgan 10 nafar daho bolalar haqida hikoya qiladi. Maqola oxirida esa siz uchun hozircha o'zimiz ham javobini topa olmagan savolni tayyorlab qo'ydik.

  •  
  •  
  •  
  •  

Iqtidorli bolalar ajoyibdir. Ular bolalik chog’idanoq aksariyat kattalarning tushiga ham kirmagan muvaffaqiyatlarga erishadilar. Shunga qaramay, daholik faqatgina taqdir sovg’asi emas. Afsuski, ayrim yosh iqtidor egalarining hayotiy voqealari buni tasdiqlaydi.

1. Arfa Karim

Pokistonlik bu qizaloq 5 yoshida ota-onasidan kompyuter olib berishlarini so’ragan. U mashina qanday ishlashini bilishni juda xohlagan bo’lib, yangi dasturlarini o’rnatish, taqdimotlar qilishni yaxshi ko’rgan. 9 yoshga to’lagnida Arfa sertifikatga ega Microsoft ilovalari ishlab chiqaruvchisiga aylangan. Bill Geyts uni kompaniya qarorgohiga taklif qilgan. AQShdan Pokistonga qaytgach esa Arfa xalqaro forumlarda o’z mamlakatini taqdim qilgan.

16 yoshda Arfa Karim (Arfa Karim)da epilepsiya huruji yuz berib, yuragi to’xtab qolgan. Qizning miyasi shikastlangan. U kasalxonaga yetkazilgach, davolash bo’yicha harajatlarni Bill Geyts o’z zimmasiga olgan. Afsuski, uni qutqarishning imkoni bo’lmagan: Arfa Karim vafot etgan.

2. Uilyam Saydis

Uilyam Saydis (William Sidis) 2 yoshga to’lmasdanoq o’qishni o’rgangan. 8 yoshga borib u bir nechta tilni bilgan, butun umri davomida esa 40ta tilni o’rgangan. Saydis 11 yoshida Garvard talabasiga aylanib, 17 yoshida o’qituvchi kasbini egallagan.

Unga misli ko’rilmagan yuksaklikni bashorat qilganlar, biroq u fanni tark etib, hisobchi bo’lib ishlay boshlagan. Saydis umrining so’nggi yillarini tarki dunyochi sifatida yashagan.

3. Nadya Rusheva

Nadya Rusheva ajoyib iste’dodli rassom bo’lgan. U mumtoz adiblarning asarlari, xalq ertaklari va qadimgi yunon afsonalari uchun suratlar chizgan. Nadya hech qachon o’chirg’ichdan foydalanmagan. Uning aytishicha, barcha obrazlar miyasiga dunyoga kelib, so’ngra xuddi bo’yash kifoya bo’lgan suv belgilari kabi qog’ozda aks etgan.

Yosh rassom bosh miya tomiridagi tug’ma anevrizma yorilishi oqibatida 17 yoshida vafot etgan. U o’zidan keyin 12 mingga yaqin rasmlar qoldirgan.

4. Akrit Yasval

Akrit Yasval (Akrit Jaswal) birinchi jarrohlik amaliyotini 7 yoshida o’tkazgan. Uning dugonasi, 8 yoshli qizcha kuyish asorati tufayli mushtini ocholmagan. Qizchaning ota-onasida amaliyot uchun mablag’ bo’lmagan va Akrit uni o’zi amalga oshirgan. Bola barining uddasidan chiqqan va bemorining barmoqlariga yana harakatlanish imkonini qaytargan.

Yosh jarroh 12 yoshida tibbiyot universitetining talabasiga aylangan. Hozirda u saratonga qarshi dorini izlash bilan band.

5. Nika Turbina

Nika Turbina bolaligidan astma kasalligidan aziyat chekkan va hurujlar chog’ida qizcha uxlay olmagan. Qizcha 4 yoshligida navbatdagi uyqusiz tunlarning birida u onasidan bir she’rni yozib qo’yishni iltimos qilgan. Uning aytishicha, she’r so’zlarini unga Xudo aytib turgan ekan. She’rlar ko’payavergan va tez orada qizcha yosh shoira sifatida tilga olina boshlagan. U 9 yoshligida she’rlarining birinchi to’lpami chop etilgan.

Nika 16 yoshga to’lganida unda asabiy zo’riqish yuz bergan. U Shveysariyaga ko’chib ketib, o’sha yerda o’z ruhshunos shifokori bilan turmush qurgan. Turmush o’rtog’i undan 60 yoshga katta edi. Bir yil o’tgach, qiz Rossiyaga qaytib kelgan. U eri haqida gapirmaslikni ma’qul ko’rgan.

Vaqt o’tib Nikada alkogol va giyohvand moddalar bilan bog’liq muammolar boshlanib, asabiylashish holatlari ko’paygan. U 27 yoshida halok bo’lgan: dugonasining uyidagi 5-qavat derazasidan tushib ketgan.

6. Jeykob Barnett

Jeykob Barnett (Jacob Barnett) 2 yoshligida unga autizm tashxisi qo’yilgan. Bola maktabda korreksiya sinfiga qatnagan, ammo tez orada onasi soddalashtirilgan dastur o’g’lining jahlini chiqarishini sezib qolgan. Bola uy ta’limiga o’tkazilgan, so’ngra onasi bilan birga fizika va astronomiya bo’yicha universitet ma’ruzalariga qatnay boshlagan. Aniq fanlar unda qiziqish uyg’otgan.

Barnett matematikaning maktab kursini 2 haftada o’rganib chiqqan va 10 yoshidayoq universitetga kirgan. 13 yoshida u shaxsiy nisbiylik nazariyasini ishlab chiqib, hamkasblaridan ko’plab maqtovlar eshitgan. Hozirda u nufuzli astrofizik olimdir.

7. Polina Osetinskaya

Polina – pianinochi, sovet davri adibi va rejissyori Oleg Osetinskiyning qizi bo’lgan. U qizini o’z uslubi bo’yicha tarbiyalagan va 8 yoshli qizaloq 30 soatli musiqiy asarlarni yoddan chala olgan. Otasi qizining iste’dodsizligini, uning yutuqlari esa – o’ziga xos tarbiya uslubining natijasi ekanligini ta’kidlagan.

Polina Osetinskaya 13 yoshida uyini tark etgan. Ma’lum bo’lishicha, otasi qiziga qo’pol muomalada bo’lgan va qizcha ortiq uning tazyiqlariga dosh berolmagan. Ayni paytda Polina faol konsert faoliyatini olib boradi va uning hamkasblari yillar davomida u iste’dodini rivojlantirganini ta’kidlaydilar.

8. Gregori Smit

Gregori Smit (Gregory Smith) 2 yoshida o’qishni o’rganib, 10 yoshda universitetga qabul qilingan, 12 yoshida esa Nobel mukofoti nomzodiga aylangan.

Bugun Gregori Smit hisob-kitob biologiyasi sohasida fanlar doktori darajasiga erishgan. Undan bu fan nima uchun kerakligini sodda tilda tushuntirib berishini so’rashganida, u quyidagicha javob beradi: “Samarali dorilarni tayyorlash uchun”.

9. Kleopatra Stratan

Kleopatra – xonanda Pavel Stratanning qizi. U juda kichikligida otasi bilan birga kuy yozish studiyasiga borgan. Otasi kuylagan, qizcha esa “Men ham so’zlarni bilaman”, degan. Qizcha otasiga jo’r bo’lishi uchun unga mikrofon tutqizishgan va uning ovozi barchaga manzur bo’lgan.

Kleopatra Stratan (Cleopatra Stratan) 3 yoshida o’zining birinchi diskini yozgan va u platina maqomiga erishgan. U hozir ham qo’shiq aytadi va 4ta albomning egasiga aylangan.

10. Maykl Kirni

Maykl Kirni (Michael Kearney) dastlabki so’zlarini 4 oyligida aytgan, 10 oyligida esa o’qishni o’rgangan. 6 yoshida bola maktabni, 8 yoshida kollejni, 10 yoshida esa – universitetni tamomlagan. Maykl bakalavr maqomiga ega dunyodagi eng yosh bitiruvchi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan. Kirni 14 yoshida fanlar magistriga aylanib, 17 yoshga to’lganida universitetda dars bera boshlagan.

Ayni paytda u hali ham fan bilan mashg’ul bo’lib, o’zi uchun yana bir qiziqarli va daromadli xobbi – intellektual o’yinlarda ishtirok etishni kashf etgan. Bir kuni u hattoki 1 mln. AQSH dollariga teng supersovg’ani qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lgan.

Endi esa bizning savol: sizningcha daholik nima uchun hayotdagi omadning garovi bo’lolmaydi? Fikringizni sharhlarda o’rtoqlashing.