Diqqatni jamlang, hozir zakovatni baholashga oid dunyodagi eng qisqa testdan o'tishingiz kerak!

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Test Yel universiteti professori Sheyn Frederik tomonidan bir qarashda oddiy bo’lib ko’ringan murakkab narsani inson qanchalik tushunishini baholash uchun o’ylab topilgan. 

 

Demak, boshladik!

 

1- savol

Beysbol tayog’i va koptogining birgalikdagi narxi 1 dollaru 10 sent. Tayoq koptokdan 1 dollarga qimmatroq. Koptokning narxi qancha?

 

2- savol

5 ta mashina 5 daqiqada 5 ta narsani ishlab chiqaradi. 100 ta narsani ishlab chiqarish uchun 100 ta mashinaga qancha vaqt kerak bo’ladi?

 

3- savol

Ko’l oq nilfiyalar bilan qoplanadi. Har kuni ularning maydoni ikki barobarga oshadi. Ko’l butunlay 48 kun ichida qoplanadi. Gullar necha kun ichida ko’l yuzasining yarmini qoplaydi?

Endi esa to’g’ri javoblar

 

1- javob

Sizda qancha chiqdi – 10 sentmi? Ushbu oddiy savol uchun o’zlarini o’ta aqlli deb hisoblagan ko’plab shoshqaloqlarda ham shunday bo’lgan. O’zingiz bir o’ylab ko’ring: agar koptok chindan ham 10 sentlik bo’lib, tayoq esa – undan 1 dollarga qimmatroq bo’lganida, unda tayoqning narxi 1 dollaru 10 sent bo’lardi. Bu esa buyumlarning umumiy qiymati. Aslida koptokning narxi – 5 sent.

 

2- javob

Vasvasaga uchib darhol 100 deb javob berdingizmi? Afsus, chunki savol oddiy emasdi. Aslida yuzta mashinaga yuzta narsani ishlab chiqarish uchun beshta agregatga beshta narsani ishlab chiqarishga ketadigan vaqt sarflanadi. Ya’ni, 5 daqiqa. Mashinalar sonining o’zgarishi narsalar ishlab chiqarish vaqtiga ta’sir qilmaydi!

 

3- javob

«24 kun», deya javob berganlarning qancha odam girdobga tushib ketdi! Siz hammi? Hafa bo’lmang, bu savol – testning eng yuksak cho’qqisi. Keling mantiqan fikr yuritamiz: agar o’simliklar maydoni har kuni ikki barobarga oshsa, ular ko’l yuzasining yarmini gullar uchun ko’lni to’li qoplash uchun talab etiladigan vaqt – 48 kunlik muddat o’tishidan bir sutka avval egallaydi. Ya’ni 47 kunda.

Bu shunchaki test, sochlaringizni yulish shart emas. Lekin, yuladigan narsaning o’zi deyarli bo’lmasa, yaxshisi yulavering! Topishmoqlar mag’zini yong’oqdek chaqishni istasangiz, marhamat, zakovatni mashq qildirish uchun mo’ljallangan «30 ta oddiy usul yordamida aqlliroq bo’lish» maqolasini o’qing.