Yoqimli yoz kunida shahar bo’ylab velosipedda aylanib yurishdan yaxshiroq nima bo'lishi mumkin? Faqat begona shaharda velosiped minib, uning diqqatga sazovor joylarini o'rganib chiqish.

  • 4
  •  
  •  
  •  
    4
    Shares

Velosiped – qulay, ekologik va salomaltik jihatidan foydali transport turi. Buni ko’plab mamlakatlarda tushunishdi: Daniya, Yaponiya, AQSh va boshqa davlatlarda velosipedchilar «erkin nafas oladilar» va yo’lda hurmatga sazovordirlar.

Ushbu maqolada, dunyoning eng yaxshi 20 ta velosipedli shaharlari haqida ma’lumot beramiz. Ro’yxat reytingga asoslanmagan.

Kopengagen, Daniya

Aholisi: 1,2 million kishi.

Ijara: Bycyklen.

Narxlar (garov): bir oylik obuna $13.

Kopengagenda 35% ga yaqin velosipedchilar bor. Hukumatda  2015 yilga kelib ishlovchi aholining 50 foizini velosipedga o’tqizish kabi ambitsiyali rejalar bo’lgan.

Deyarli har bir mahalliy aholining o’z velosipedi bor, sayyohlar va «otliq bo’lmagan» fuqarolar uchun esa 2000 ga yaqin velosipedni ijaraga beruvchi markazlar mavjud. Shaharda 400 km ga teng velosiped yo’lakchalari bor.

Tokio, Yaponiya

 Aholisi: 13 million kishi.

 Ijaraga olish: CogiCogi.

 Narxlar (garov): bir oylik obuna – $5,3; bir yil uchun obuna  – $54.

Tokio – rivojlangan transport tarmog’iga ega bo’lgan ulkan megapolis, shu jumladan velosipedli shahar hamdir. Axir bu ancha tez – tirbandlik yo’q va foydaliroq – yaponiyaliklar sog’liklariga e’tibor beradilar, hamdir.  Agar qimmatbaho kostyum kiygan, qo’liga portfeli bor  xizmatchini velosipedda ko’rsangiz ajablanmang. Har joyda maxsus velosipedlar uchun turargohlar va ijara punktlari bor. Barcha xususiy velosipedlar politsiya tomonidan ro’yxatga olinadi, ularga yagona raqam beriladi va velosiped ramasiga egasining nomi tushirilgan taxtacha yopishtiriladi.

 Barselona, Ispaniya

Aholisi: 1,6 million kishi.

Ijaraga berish: Bicing.

Narxlar (garov): birinchi 30 daqiqa – bepul; keyingi har ikki soat – 0,74 evro; bir yil uchun obuna narxi – €47,16.

Velosipedda harakatlanish 2007-yilda Barselonada paydo bo’lgan va kundan kunga ko’payib bormoqda. Bugungi kunda 30 000 dan ko’proq barselonaliklar velosipedchi hisoblanadi. Shaharda 100 ga yaqin ijara stansiyalari mavjud: har qanday fuqaro yoki sayyoh garov qoldirib velosiped olishi, keyin xuddi o’sha yoki boshqa joyga qaytarishi mumkin. Doimiy ravishda turargohlarning soni oshib bormoqda.

 Portlend, Amerika Qo’shma Shtatlari

Aholisi: 576 ming kishi.

Ijara: Alta Bicycle Share (velosheyring 2015 yilda joriy qilinadi).

Portlend (Oregon shtati) – Qo’shma Shtatlardagi eng yashil va velosipedli shaharlardan biri. Mahalliy aholisining qariyb 9 foizi kundalik hayotlarida velosipeddan foydalanadi. Shaharda ko’plab velosiped (400 km dan ortiq), shu jumladan tog’ velosipedlari uchun yo’lakchalar mavjud. 2015-yilda Portlendda velosheyring dasturi joriy etiladi. Bundan tashqari, har bir xohlovchi velosiped minish kurslarini o’tishi mumkin.

Parij, Fransiya

Aholisi: 2,2 million kishi.

Ijara: Vélib’.

Narxlar (garov): bir kunga ijara – €1,7; Haftalik obuna – €8; Yillik  obuna – €29.

Parij – avtomobildan chiqadigan tutunlar tufayli havo ifloslanishi muammosi juda dolzarb turgan poytaxtlargan biridir. Shu sababli, Fransiyaning poytaxtining mahalliy aholisi va mehmonlari ko’proq velosipedlarni afzal ko’rishmoqda.  Bugungi kunda Parijda taxminan 1500 ta bepul velosipedlar turargohlari va 100 dan ortiq ijara punktlari (ular metro va avtobus bekatlarining yaqinida qulay joylashgan) bor.

Dublin, Irlandiya

Aholisi: 506 ming kishi.

Ijara: Dublinbikes.

Narxlar (garov): dastlabki bir soat – bepul; 1 soatdan oshganda – €0,5; 4 soatdan oshganda – €6,5; 3 kunlik ijara haqi – €5; Yillik obuna – €20.

Dublin umumiy aholisining 4 % (markaziy hududlarida -6-7%) ni tashkil qiluvchi velosipedchilar,   Amsterdam va Kopengagen kabi velosipedli shaharlarga qiyoslaganda kamtargina ko’rsatgich hisoblanadi. Lekin mutaxassislarning fikricha, yaqinda Irlandiya poytaxti haqiqiy velosiped jannatiga aylanadi. 2006-yildan buyon shaharda velosipedlar soni ikki barobarga oshdi va 2021-yilga kelib shahar ma’muriyati velosiped yo’lakchalari tarmog’ini besh baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

Monreal, Kanada

Aholisi: 1,6 million kishi.

Ijara: Bixi.

Narxlar (garov): dastlabki 30 daqiqa – bepul; Bir kunlik ijara haqi – $5 (klub a’zolari uchun); Oylik obuna – $31,25 (klub a’zolari uchun); Yillik uchun obuna $82,5 (klub a’zolari uchun).

Bu Kanadadagi velosipedchilar mo’ljallangan eng yaxshi shahardir. Bu yerda velomodernizatsiya 1980-yillarda boshlangan. O’tgan vaqt mobaynida hukumat shaharni  velosipedchilar uchun qulay qilish maqsadida,shahar infratuzilmasiga 134 million dollar sarmoya kiritdi.Endi Montrealda taxminan 600 km velosiped yo’lakchalari, yuzlab turargohlar va ijara stansiyalari  mavjud. Monreal aholisi velosiped ijarasi tizimidan ishga borish va boshqa maqsadlarda foydalanadi.

Berlin, Germaniya

Aholisi: 3,4 million kishi.

Ijara: Call a Bike.

Narxlar (garov): dastlabki 30 daqiqa – bepul; Har bir daqiqa uchun (31-sidan boshlab) – €0,08; Kunlik ijara haqi – €15.

Berlinda veloharakatning rivojlanishi 2000-yillarning boshlarida boshlangan. Velosipedda harakatlanadigan aholi uchun infratuzilma (yo’lakchalar, turargohlar, ijara punklari, ta’mirlash va boshqalar) qurilishini  va boshqa kengaytirishlarni nazarda tutuvchi davlat dasturi qabul qilingan. Aytgancha, yaqinda, Berlinda «Yashil to’lqin» joriy etildi: endi velosipedchilar svetoforning qizil chirog’iga to’xtatishi shart emas. Chora-tadbirlar muvaffaqiyatga erishmoqda. 13% berlinliklar (shaharning ba’zi hududlarda 20-25%) – ashaddiy velosipedchilardir.

Bogota, Kolumbiya

Aholisi: 7,4 million kishi.

Ijara: Bogota shahrida velosheyring hozircha mavjud emas ( 2014-yilda ochishni va’da qilishmoqda).

Bogota – Kolumbiya poytaxti va ehtimol, Lotin Amerikasining eng yaxshi velosipedli shahri. U erda rivojlangan qismlarga bo’lingan 300 km ga yaqin velosiped yo’lakchalari tarmog’i mavjud. Veloharakatning boshlanishiga shahar meri Enrike Penalos tamal toshini qo’ygan, u shaharda ekologok muhitni yaxshilash uchun, velosipedchilarni ko’paytirish va shaharni yashil ekinlar bilan bezashni boshlagan. Bogota shahrida har yili avtomobilsiz kun – Ciclovia o’tkaziladi, o’sha kuni avtomobillar uchun harakat berkitiladi va hamma velosipedlarga o’tadi. Bundan tashqari, har yakshanba kuni shaharning markaziy ko’chalarida xuddi shunday holat kuzatiladi.

Budapesht, Vengriya

Aholisi: 1,7 million kishi.

Ijara: Bubi.

Narxlar (garov): dastlabki 30 daqiqa – bepul; Bir kunlik ijara haqi – $ 2,3; 3 kunlik ijara haqi – $4,5; Bir yillik obuna  – $85.

Vengriya poytaxti haqiqiy velosiped ommaviyligini boshidan o’tkazmoqda. Agar bundan 20 yil avval velosiped transport vositasi emas, balki ko’proq o’yin-kulgi vositasi (dam olish kunlarida shahar tashqarisidagi biror joyda sayr qilish) hioblangan bo’lsa, hozirgi kunda Budapesht Evropada velosipedda uchishga moslashtirilgan eng yaxshi shaharlardan biridir. 2011 yilga kelib Budapeshtda 144 km velosiped yo’lakchalari yotqizildi va 2013 yilda shahar velosipedlarini ijaraga berish tizimi tashkil etildi.

Pekin, Xitoy

Aholisi: 21 million kishi.

Ijara: Beijing Bike Share.

Narxlar (garov): dastlabki 1 soat – bepul; Har bir keyingi soat – $0,2.

Pekin nafaqat Xitoyning iqtisodiy va madaniy, balki velosiped poytaxti hamdir. Shaharda rasmiy velosipedlarning (qonunga muvofiq velosipedlarni, avtomobillar kabi, ro’yxatdan o’tkazish kerak) o’zi 11 milliondan ortiq. Biroq Pekindagi ekologik vaziyat hali ham o’zgarishlarga mujtoj, shuning uchun hukumat shahardagi veloharakatni faol rivojlantirmoqda. Yangi trassalar va turargohlar qurilmoqda, ijara punklari ochilmoqda.

Amsterdam, Gollandiya

Aholisi: 813 ming kishi.

Ijara: Mac BikeBike CityStar Bikes va boshqalar.

Narxlar (garov): 1 kunlik ijara – €4,4 (Mac Bike); 1 kunlik ijara haqi – €9 (Star Bikes); 4 soat ijara (Bike City) – 10 evrodan boshlanadi (velosiped va yil fasliga bog’liq).

Amsterdam – Evropaning velosiped poytaxti. Shaharlarda transportning harakatining 40% dan ortig’I velosiped harakatidir. Maxsus belgilar va svetoforlar bilan jihozlangan 400 km dan ortiq velosiped yo’lakchalari mavjud. Shaharda ko’plab turargohlar va velosiped ijara stantsiyalari mavjud. Siz nafaqat klassiki, balki bolalar velosipedlarini, tandemlar va boshqalarni ham ijaraga olishingiz mumkin.

Bazel, Shveytsariya

Aholisi: 171 ming kishi.

Ijara: SBB.

Narxlar (garov): bir kunlik chipta – $ 20; Yillik bilet – 246 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bazel – Reyn qirg’og’idagi sokin va chiroyli Shveytsariya shaharchasi. O’lchovli velosipeddagi sayr uchun ayni muddao! Qolaversa, Bazelda buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shaharda faqatgina velosipedlar uchun turargohlar 1600 ga yaqin. Barcha xususiy velosipedlar huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ro’yxatga olingan va sug’urtalangan. Ammo Bazelda velosipedda faqat ishga borishmaydi, balki shaharda velosiped kuryerlik xizmati ham bor. Bazelda  pedallarni aylantirish muxlislari orasida Fransiyaning Yuning va germaniyaninig Vayl am Rayn shahrlarini bog’lovchi «uch mamlakat ko’prigi»  mashxurlika ega bo’lib,  u yerda velosipedchilar uchun maxsus yo’lak mavjud.

 Malmyo, Shvetsiya

Aholisi: 310 ming kishi.

Ijara: StrommaFridhem СykelTravelshop va boshqalar.

Narxlar (garov): bir kunlik ijara (Stromma) – $26; Bir kunlik ijara (Travelshop) – $23.

Malmyo – kattaligi bo’yicha Shvetsiyada uchinchi yirik shahar. Shunga qaramay, Kopengagendan atigi 19 km uzoqlikda joylashgan. Ehtimol, aynan osha yerdan Malmyoga velosipedlar urfi kelgandir. Shahar hukumati veloharakatni rivojlantirishga  – yo’llar va turargohlar qurilishi, shuningdek «Avtomobilsiz kunlar» o’tkazilishiga 47 mln. evro sarmoya kiritdi. Malmyo aholisining 25 foizga yaqini kundan-kunga velosipedlarda harakatlanishga o’tmoqda. Malmyo velosiped yo’lakchalarining o’ziga xosligi – bu ularning har birining o’z nomi borligidir. Ular GPS bo’yicha topish osonroq bo’lishi uchun atayin shunday nomlangan.

Rio-de-Janeyro (Braziliya)

Aholisi: 6,3 million kishi.

Ijara: Bike Rio.

Narxlar (garov): dastlabki 1 soat – bepul; Bir kunlik ijara haqi – $2,3; bir oylik obuna narxi – $4,45.

Quyoshli Rio – haqiqiy sport shahri. Ko’pchilik aholi ertalab yuguradi, syorfing bilan shug’ullanadi va va velosipedda uchishadi. 1992 yilda iqlim bo’yicha sammit o’tkazilishi oldidan Kopakabana plyaji bo’ylab velosiped yo’lakchalari paydo bo’la boshladi.  O’shandan beri tarmoq (Rio-de-Janeyroda plyajlardan ko’pi bormi) doimiy ravishda o’sib bormoqda. Hukumat velosiped infratuzilmasiga shahar shu yili mezbonlik qiladigan ikkita yirik sport tadbirlari – futbol bo’yicha Jahon chempionati va Yozgi Olimpiya o’yinlari arafasida alohida e’tibor bermoqda.

Antverpen, Belgiya

Aholisi: 503 ming kishi.

Ijara: Velo Antwerpen.

Narxlar (garov): 1 sutkaga ijara – 3,6 evro; Haftalik obuna –  8 evro; Yillik obuna – 36 evro

Antverpen – Belgiyadagi kattaligi va muhimligi jihatidan ikkinchi shahar. 2006-yilgi mahalliy saylovlarda siyosatchilar yaqin yillarda 100 km velosiped yo’lakchalari qurishga va’da berganlar. Va 2012-yilgacha o’z so’zlarida turdilar.Antverpenda velosiped yo’lakchalarini avtomobil haydovchilari e’tiborli bo’lishi uchun qizil rangga bo’yashadi. Bugungi kunda Antverpenning yarim million aholisidan 16 foizi,  80 000 dan ortiq kishi – velosipedchilar.

 Sevilya, Ispaniya

Aholisi: 706 ming kishi.

Ijara: Ayuntamiento de Sevilla.

Narxlar (garov): dastlabki 30 daqiqa – bepul, bir haftaga obuna – 5 evro.

Ispaniya Sevilyasi – veloharakat jadal rivojlanayotgan shaharlardan biri. O’zingiz baholang: 2006-yilda shahar aholisining atigi 0,5 foizi velosipedda muntazam ravishda harakatlanishgan, bugun esa bu raqam 7 foizga yetadi.  Sevilyada, Barselonadagi kabi, velotrassalarning rivojlangan tarmog’I bor, shu bilan birga ularning barchasi yaxshi holatda.  «Otlari yo’q» aholi va mehmonlar velosipedni ijaraga olishlari mumkin.

 Krayscherch, Yangi Zelandiya

       Aholisi: 341 ming kishi.

Ijara: Nextbike.

Narxlar (garov): dastlabki 2 soat – bepul; kunlik ijara haqi – $16; Bir haftalik obuna  – $65; bir oylik obuna – $163.

Krayscherch – Yangi Zelandiyaning Janubiy orolidagi eng yirik shahar va mamlakatdagi eng velosipedli joydir. Mahalliy aholi sog’lig’iga alohida e’tibor beradi va shuning uchun ular velosipedlarga mamnuniyat bilan o’tmoqdalar. Chiroyli tabiat uzoq muddatli velosipeddagi sayrlarga chorlaydi, qolaversa, shaharda barcha infratuzilma – hattoki velosipedchilarga mo’ljallangan tezyurar shosselar  yaratilgan. Eng hayratlanarlisi, Krayscherchda pedallar muxlislari uchun ochiq havoda kinoteatr bor. Film tomosha qilmoqchimisiz? Velotrenajor pedallarini aylantiring, aks holda “eletr quvvati o’chadi”.

 

Trondxeym, Norvegiya

Aholisi: 169 ming kishi.

Ijara: Clear Channel.

Narxlar (garov): bir yilga obuna bo’lish – $19.

Trondxeym – Norvegiyaning uncha katta bo’lmagan shahri bo’lib, mamlakatning texnologik poytaxti hisoblanadi. Norvegiyada velotransport juda keng tarqalgan. Trondxeym – buning yorqin tasdig’idir. Veloharakat1990-yillarda paydo bo’lgan. Bugungi kunda shaharda 30 ga yaqin shahar velosiped ijara stansiyalari, shuningdek butun Evropaga mashhur velosiped lifti mavjud. U shahar aholisi va mehmonlariga temir oti bilan birga Brubakken tog’iga chiqishga yordam beradi.

Utrext, Gollandiya

Aholisi: 313 ming kishi.

Ijara: Civitas Mimosa.

Utrext Gollandiyaningi yuragida joylashgan va mamlakatdagi eng katta temir yo’l tuguni va Evropaning eng velosipedli shaharlaridan biri (Copenhagenize versiyasi bo’yicha uchinchi o’rin). Velosipedchi – Utrextdagi yo’l harakatining eng hurmatli vakilidir. Fuqarolar velosipedda ishga, mehmonga, kinoga, o’z ishlari bo’yicha va boshqalarga borishadi. Shaharning yaxshi infratuzilmasi bunga imkon beradi.