•  
  •  
  •  
  •  

44ta eng chiroyli turk aktyori

Aktyorlik kasbida iste’dod juda muhim bo’lishiga qaramay, tashqi go’zallik ham katta ahamiyat kasb etadi. Turli davrlarda xalqaro go’zallik etalonlari o’zgargan, har bir mamlakatda esa go’zallik borasida aniq tushunchalar mavjud. Bugun sizga ham jahon, ham Turkiyadagi turli reytinglarda yetakchi bo’lgan eng maftunkor turk aktrisalari haqida so’zlab bermoqchimiz. Eng go’zal turk aktrisalari allaqachon butun dunyoga nom taratgan va ularning chiroyi esa millionlab odamlarni hayratga soladi!

1. Jansu Dere — “Turkiya faxri”

Ajoyib ro’yxatimizni turk kino dramatrugiyasining nozik va jozibali xonimi – Jansu Deredan boshlashga qaror qildik. Bu go’zal turk aktrisasi va modeli ikki ishni bir vaqtda olib borishga va ikkalasida yutuqqa erishishga ulguradi. Uning xobbisi – sayohatlar va suratga olish. Aytish kerakki, u usta suratchi. Qobiliyatli odam hamma narsada qobiliyatli, deb bekor aytishmagan.

Uning dilbar yuzi Avon kosmetik markasining bezagiga aylangan, 2012 yilda esa u Loreal Paris xalqaro markasini taqdim etadigan birinchi turk go’zali bo’lgan.

2. Beren Saat — “Turkiya olmosi”

Turk kinosining yana bir hayratga soluvchi go’zali eng talabgor va mashhur aktrisa – Beren Saatdir. Muxlislari uni “Turkiya olmosi” deb chaqiradilar. Uning tabassumi erkaklarning aqlini shoshiradi, aktyorlik mahorati esa nomdor turk rejissyorlarini mamnun qiladi.

Beren nafaqat chiroyli, balki aqqli hamdir. U ko’p o’qiydi va siyosat, san’at, tarixga qiziqadi. Shuningdek, aktrisa ikkita xorij, ya’ni ingliz va ispan tillarini biladi.

3. Nurgul Yeshilchay — “Sharq Afroditasi”

“Muhtasham yuz yil” tarixiy turk serialida katta yoshdagi “Ko’sem Sultonni” ijro etgan maftunkor turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay bir zumda vatanidan tashqarida mashhurlikka erishib, uzoq yillar davomida sharqning eng go’zal ayollari ro’yxatlarida yetakchilik qilib kelmoqda.

Bu sharq Afroditasi diplomat bo’lish xohlagan va hattoki Eskishahar shahridagi Anatoliya universitetida diplomatiyadan ta’lim ham olgan. Biroq bu ish natija bermagan, uni ko’proq kinoda ishlash maftun qilgan va u rad eta olmagan. Va to’g’ri qilgan, zero uning chiroyi, latofati, nozikligi va iste’dodi hammaning muhabbati, e’tirofi va e’tiboriga loyiq.

4. Ezgi Eyubo’g’li — “Latofan va noziklik xonimi”

Bu aktrisani va modelni farishtanamo qiyofasi va yumshoq xarakteri tufayli bemalol “latofat va noziklik xonimi” deb atash mumkin. Shunga qaramay, Ezgi Eyubo’g’li o’ziga juda ishongan va maqsad sari intiluvchi qiz. Uning “Miss Turkiya” tanlovida ikkinchi o’ringa erishgani bu haqiqatni tasdiqlaydi.

U balerina bo’lishni orzu qilgan va buning uchun ikki yil Istambuldagi Mimar Sinan san’at universitetida balet sohasida o’qigan. Natijada, unda dramaturgiya va kino sanoatiga qiziqish uyg’ongan. Va bu ajoyib, zero u aktrisa bo’lmaganida, dunyo shu qadar tabiiy nazokat va go’zallik sohibasiini bilmagan bo’lardi.

5. Songul Oden — “Turkiya atirguli”

Uning ismi turk tilidan tarjima qilganda “so’nggi atirgul” ma’nosini anglatadi. Shu bois, uni ko’pincha ajoyib “Turkiya atirguli” deb chaqiradilar. Zero, uning chiroyi, nozikligi va maftunkorligi shunday nomga loyiq. Songul yoshligidanoq kim bo’lishini bilgan, shuning uchun maktabdan keyin Turkiya teatr san’ati akademiyasi bitirgan va turk seriallari va filmlarida suratga tusha boshlagan.

Bu dilbar ayol bir necha marta eng yaxshi ayol obrazi uchun mukofotlangan. Eng asosiy mukofot – tomoshabinlar muhabbati, rejissyorlar e’tirofi va hamkasblar hurmatiga esa allaqachon sazovor bo’lgan.

6. Berguzar Korel — Sulton Sulaymonning rafiqasi

Albatta, ro’yxatimiz Turkiya aktrisalari orasidagi hayolni zabt etuvchi go’zal – Berguzar Korelni ham kiritidik. U aktyorlar oilasida tug’ilgani uchun taqdiri darhol hal bo’lgan. Qizning o’zi bunga qarshilik qilmagan va turk me’mori Sinan nomidani Universitetda aktyorlik mahorati sinfi bo’yicha teatr bo’limini muvaffaqiyat bilan tamomlagan.

U Sulton Sulaymon rolini ijro etgan mashhur turk aktyori Xalit Ergenchning rafiqasi sifatida tanilgan. Shu bois, xalq orasida unga Sultonning go’zal rafiqasi nomi berilgan. Biroq, uning baxtli turmushi shaxsiy iste’dodiga to’sqinlik qilmagan va ko’p sonli mukofotlar bunga yaqqol misoldir.

7. Xande Ataizi — eng jilvakor turk aktrisasi

Malohatli turk kino va teatri aktrisasi Xande Ataizi yangi obrazlari va uslublari bilan muxlislarini hayron qoldirishdan charchamaydi. Uning go’zalligi haqiqiy maftunkorlik va bashanlik bilan boyigan. Bu holat tanqidchilarning zavqi va hamkasblarining rashkiga sabab bo’ladi.

Uning karerasi erta boshlangan, u yoshligidayoq “Rusxar” nomli kinofilmida suratga tushgan. Biroq, yosh Xande Ataizining bor go’zalligi ko’rsatib berilgan “Farishtalar shahri” filmi unga haqiqiy mashhurlikni olib keldi.

8. Sinem Kobal — yoqimtoy aktrisa va teleboshlovchi

Otasi “malika Sinem” deb chaqirgan go’zal bolaligidan moda va uslubga qiziqqan, raqs va balet maktabiga qatnagan. Biroz kattaroq bo’lgach u o’zini reklama biznesida sinab ko’rishga qaror qilgan va juda ajoyib tarzda reklama roliklarida suratga tusha boshlagan.

Shu tariqa, uning teleboshlovchilik va keyinchalik aktrisa sifatidagi faoliyati boshlangan. Uning nozikta’bligi, latofati va chiroyi esa faqat qo’l kelgan.

9. Faxriye Evjen — Choliqushi

Ko’pchilikning mehrini qozongan asarning aynan shu afsonaviy obrazi go’zal Faxriye Evjenga xalqaro mashhurlik va tomoshabinlar muhabbatini olib keldi. Bu qiz gumanitar fanlarni yaxshi ko’radi va ularning orasida ko’proq tarixga e’tibor qaratadi. U 2014 yilda Bosfor universitetining tarix fakultetini ham tamomlagan. Faxriye go’zallik va aql bir-biriga mutanosib narsalar ekanligini isbotlaydi.

10. Tugba Melis — “Turkiyaning eng yaxshi modeli – 2011”

Turk modeli va aktrisasi Tugba Melis 2011 yilda Turkiyaning eng yaxshi modeli milliy tanlovida birinchi o’rinni egallaganida ham, “Jahonning eng yaxshi modeli” tanlovida kumushni qo’lga kiritganida ham bir necha marta Turkiya faxriga aylangan.

Uning tashqi qiyofasi, malohati va o’zini tutishiga hatto qirolicha ham havas qiladi, uning go’zal qomati esa mamlakatdagi barcha qizlarning tinchini buzadi.

11. Merve Bolug’ur — qat’iy nigoh va kuydiruvchi ehtiros

Bu go’zal bir qarashi bilan erkaklarning qalbini junbushga keltiradi. Uning ismi Merve Bolug’ur, ya’ni kuydiruvchi ehtiros, dadillik, hayajon va muhabbat. Bu halokatli go’zalning chiroyi, iste’dodi va aqli hamjihatlikda ajoyib, o’ziga ishongan, maqsadga intiluvchan va mustaqil ayolni yuzaga keltirgan. Aktrisa bo’lish shunchaki qaror emas, uning orzusi bo’lgan. Buning uchun u Mujdat Gezen san’atlar markazida aktyorlik mahoratidan tahsil olgan.

Aktrisa mashhur Maybelline kosmetika uyining Turkiyadagi yuzi hisoblanadi va ko’pincha reklama roliklarida suratga tushadi.

12. Jeyda Duvenji — havodek musaffo. Kapalakdek yengil

Sharq go’zali Jeyda Duvenji aktyorlik faoliyatiga asta-sekin kirib kelgan. Avvaliga Jeyda iqtisodchi bo’lishga uringan va Manmar universitetida tahsil olgan. So’ngra Belgiya universitetidagi film ishlab chiqarish fakultetiga o’qishga kirgan. Biroq, bu yo’nalish ham to’g’ri kelmagan.

Chamasi, taqdirning o’zi lobar Jeydani aktyorlik karerasi tomon yetaklardi. Hammasiga “Miss Turkiya – 1997” tasodifiy tanlovi sabab bo’lgan. O’shanda jozibali Jeyda uchinchi o’rinni egallagan va unga barcha, jumladan kino dramaturgiyasi eshiklari ham ochilgan.

13. Nur Aysan (Fettaxo’g’li) — muhtasham aktrisa va teleboshlovchi

Ushbu mustaqil, o’ziga ishongan yosh ayol, iste’dodli turk aktrisasi va teleboshlovchisi Nur Fettaxo’g’li chinakamiga erkakshoda xarakteri, qat’yati va maqsadga intiluvchanligini o’zi tug’ilib, bolaligi o’tgan uzoq Germaniyada orttirgan.

Biroq, bu holat uning juda nozik va yoqimtoy bo’lishiga halaqit qilmaydi. Endi aktrisada hamma narsa bor: sevimli ishi, ajoyib oilasi va albatta, tomoshabinlar muhabbati. Aynan tomoshabinlar yordamida u Yevropa ko’lamidagi yulduzga aylangan.

14. Xulya Avshar — tengi yo’q aktrisa va xonanda

Mazkur barcha jihatdan ajoyib turk aktrisasi, xonandasi va teleboshlovchisi tomoshabinlarga “Muhtasham yuz yil” tarixiy serialidagi shafqatsiz va qo’rqmas Sofiya Sulton roli orqali tanilgan. Biroq, Turkiyaning bu maftunkor ayoli va juda qobiliyatli aktrisasi kinoda qariyb 70ta asosiy rollarni ijro etgani kamchilikka ma’lum.

Bundan tashqari, u Moskva xalqaro kinofestivalining asosiy sovriniga ega chiqqan birinchi turk aktrisasidir. Go’zallik va mahorat – qudratli kuch.

15. Maryam Uzerli — sohibjamol va xavfli Xurram Sulton

Ushbu go’zal, mallasoch hurliqoni dunyo Xurram Sulton ismli qahramon orqali tanidi. Xususan, Maryam Uzerli bu rolni ijro eta boshlaganida hali ommaga tanilmagan turk-nemis aktrisasi va modeli edi. Uning yuz ifodasi takrorlanmas, uning chuqur moviy ko’zlari tubsiz, sochlari hashamatli bo’lib, odamni o’ziga jalb etadi.

U ukrainalik Sultonxonim obrazini ijro etish uchun Turkiyaga ko’chib kelgan va kinoda suratga tushishga, sevib qolishga, homilador bo’lishga, sevgilisi bilan ajrashishga va ajoyib qizaloqni dunyoga keltirishga ulgurdi. “Muhtasham yuz yil” serialidan so’ng jizzaki va ehtirosli go’zal aynan turk filmlari va seriallarida suratga tushish uchun Istambulga qaytdi.

“Go’zallik – bir lahzalik mangulikdir”, degan edi Albert Kamyu.

Shunday ekan, sayyoradagi barcha ayollar gullab, ko’z o’ngingizda yosharishlari uchun ayollar go’zalligiga e’tiborli bo’lishda, undan zavq olishda, hayrat to’la nigohlar, tabassumlar va xushomadlarni sovg’a qilishda davom etaylik. Bugun esa sizga nafaqat eng chiroyli turk aktrisalari, teleboshlovchilari va modellari, balki birinchi navbatda, ayollar haqida so’zlab berdik.

Ro’yxatimizdan yana qaysi chiroyli turk aktrisalari o’rin olishi kerakligi borasida fikrlaringizni kutib qolamiz.

44ta eng chiroyli turk aktyori