Faoliyatini endi boshlayotgan suratkash uchun yaxshi fotoapparat tanlash

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Siz faoliyatni endigina boshlayotgan suratkashsiz. Balki sizda cho‘ntak fotokamerasiga suratga olish tajribasi yoki hatto smartfonga olingan suratlarni joylashtirib boradigan, yuzlab obunachilarga ega Instagram akkauntiga egadirsiz. Biroq muayyan vaqt kelib, ko‘proq narsani istab qolasiz: ijodiy fotografiya bilan shug‘ullanish, to‘y suratlarini tasvirga olish orqali pul ishlab topish yoki texnikangiz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yuqori sifatli tasvirlar olish. Nima bo‘lganida ham katta fotografiyaga yo‘l haqiqiy, jiddiy, professional fotoapparat sotib olinadigan do‘kon orqali o‘tadi. Bu yerda esa…

Har qalay, hodislarning rivoji turlicha bo‘lishi mumkin: professionallar uchun ko‘zguli fotoapparat xarid qilish mumkin, sotuvchi-maslahatchi tomonidan taklif etilgan kamerani olish, yakuniy tanlovni biroz ortga surish, kamchiliklari bo‘lmagan yangi mo‘jizali fotoapparat chiqishini kutish. Biroq biz soddaroq qarorni taklif etamiz: ko‘plab fotokameralarni sinab ko‘rib, yuzlab fotoishqibozlari bilan muloqot qilib, bozordagi narxlarni diqqat bilan o‘rganib, faoliyatini endigina boshlayotgan suratkash uchun ideal darajada mos keladigan uch modelni tanlab oldik. Nima uchun aynan ular? Maqolada aynan shu haqida so‘z yuritamiz. Nima bo‘lganida ham maqolani oxirigacha varaqlab, ushbu fotoapparatlarni ko‘rish mumkin.

Dastlab, keling qanday fotoapparat tanlashni aniqlab olaylik. Fotografiya va ijodiy foto suratga olishni o‘rganish uchun qanday funksiyalar kerakligini bilib olamiz. Birinchi – qo‘lda amalga oshiriladigan sozlamalar. Kamerada ular bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, qo‘lda amalga oshiriladigan barcha sozlamalar qulay joylashgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun barcha “sovun qutilari”ni chetga surib qo‘yamiz. Arzon kichik kameralar ko‘pincha asosiy sozlamalarni qo‘lda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

Kichik kameralar foydalanishda qulay va sodda, biroq “ko‘zgu” kameralaridagi ijodiy salohiyatni ta’minlamaydi.

Ikkinchi — xira fonda suratgaolishimkoniyati. Asosiyobyektni orqa va oldingi plandan ajratish – jula keng tarqalgan usul bo‘lib, u har qanday suratkashda bo‘lishi kerak. Biroq kadrda bunday xiralikni har qanday kamera ham ta’minlab bera olmaydi. Eng avvalo tasviri sensorining hajmi – matritsa muhim sanaladi. U qanchalik katta bo‘lsa, shuncha yaxshi. Ko‘zguli kameralarda odatda katta matritsalar qo‘llaniladi: 24×36 mm formatidagi yoki APS-C (deyarli 23,5 x 15,6 mm). Ko‘zguli fotoapparatlarning sifatli tasvir oluvchi sifatida mashhurligi ham aynan shu yerdan kelib chiqqan. Biroq bu yerda ko‘pchilikni adashtiradigan omil bor: ko‘zguli kameralar tuzilishida ko‘zgu tasvir sifatiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi, u optik ko‘rinishni qidiruvchining ishi uchun zarur.

Ko‘zguli kamera. Kesishmada ko‘zgu ortiga yashiringan katta matritsa ko‘rinib turibdi. Ko‘zgu u optik ko‘rinishni qidiruvchining ishi uchungina zarur.

Shuning uchun faliyatini endigina boshlayotgan suratkashlar uchun mo‘ljallangan ro‘yxatga klassik ko‘zguli fotoapparatlar bilan bir qatorda fotoapparatlarning yangi turi – optikasi o‘zgaritiriladigan kichik tizimli kameralar, yoki boshqacha qilib aytganda ko‘zgusiz fotoapparatlarni kiritgan bo‘lar edim.

Ko‘zgusi bo‘lmagan kameralar katta matritsaga ega, o‘zgartiriladigan optika bilan ishlaydi va ko‘zguli fotoappartlardan hajm jihatidan kichik

Gap o‘zgartiriladigan optika haqida gap borar ekan, u haqida ikki og‘iz so‘z yuritamiz. Ko‘zgulida ham, ko‘zgusizda ham bo‘lajak tasvirning kelajagi qo‘llanilayotgan obyektivga 50 foiz bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, aynan o‘rnatilgan obyektiv kamera tasvirni qanchalik yaqinlashtirishi va uzoqlashtirishini aniqlaydi. (“Fotoapparat uchun obyektivni to‘g‘ri tanlaymiz” maqolasini o‘qing). “Zum” atamasi bunday kameralarga nisbatan umuman qo‘llanilmaydi. Siz kameraga deyarli istalgan obyektivni qo‘shimcha ravishda sotib olishingiz va o‘rnatishingiz mumkin… Bu yerda kelajakda rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar bor. Biroq birinchi obyektivni tanlashga keyingi maqolalarda to‘xtalib o‘tamiz, ungacha fotokamera modelini tanlash mavzusini ko‘rib chiqamiz.

Almashtiriladigan optika istalgan murakkablikdagi syujetni tasvirga olish imkonini beradi

 

Professional, yarim professional va ishqibozlar modellari

Barcha ko‘zguli va ko‘zgusiz fotoapparatlarni uch guruhga ajratish mumkin: “professional”, yarim professionalva “ishqibozlar”. Xarid uchun katta byudjetga ega bo‘lib, professinal toifadagisini sotib olgingiz keladi. Biroq ishtiyoqingizni biroz “sovutish” uchun avtomobil olami bilan qiyoslashni amalga oshirmoqchiman. Professional fotoapparat bu borada yo‘ltanlamas va sportkarlarga emas, og‘ir yuk mashinalari, ekskavatorlarga yaqin turadi. U o‘zlashtirishda ekskavator kabi murakkab. Uning asosiy kamchiligi – maxsus ko‘nikmalarsiz sifatli natija ololmaslikdir.

Canon EOS 1D X ko‘zguliprofessional fotoapparati

Nikon D4S ko‘zguliprofessional fotoapparati

Bu yerda gap maxsus funksiyalarda ham emas – barcha fotoapparatlar bir xil funksiyalardan foydalanib, bir xil tamoyil asosida suratga oladi.Prfessional va yarim professional kameralar boshqaruvi malakali suratkashlarga mo‘ljallangan. Har bir muhim funksiya uchun o‘z tugmasi yoki dastak bor, sozlamalar esa muayyan tugmani bosish va muayyan selektorning aylanishi bilan o‘zgaradi. Ya’ni, sizga nafaqat kerakli funksiyadan foydalanish imkoniyati, balki u yoki bu sozlamadan qanday foydalanishni bilishingiz ham shart emas. Bir marta zamonaviy qurilish bo‘lmasida ana shunday his bilan o‘tirganman: yuzlab tugma va dastaklar bor, ular nima uchun kerakligi umuman tushunarsiz.

Professional va yarim professional kameralar ko‘plab tugma va selektorlar yordamida boshqariladi

“Havaskorlar uchun ko‘zguli fotoapparatlar” — bu odatiy yengil mashinalarning o‘xshashi. Ular boshqaruvda sodda, tasvirlar sifati bo‘yicha yomon emas. Bundan tashqari, suratlar sifati uchun javob beradigan matritsa havaskorlar va yarim professional fotoapparatlarda ham bir xil bo‘lishi mumkin. Bunday texnikaning ham premium-klassi ham bor. Bu qimmatbaho mashinalar analogidir. Biroq bunday fotoapparatlar to‘g‘risida boshqa maqolada so‘z yuritamiz. Bugun esa haqiqatan ham sifatli kamerani arzon narhga olishni tanlayapmiz.

Havaskorlar ko‘zguli fotoapparati interfeysi

 

Fotoapparatni xarid qilishda pulni qanday tejash mumkin?

Ko‘prog‘ini olib, kamroq to‘lash – bu qanday yoqimli! Kamera xarid qilishda narxning o‘ndan ellikkacha bo‘lgan foizini tejab qolishning bir necha yo‘llari mavjud. Qanday qilib? Juda oson! Birinchi usul – kamerani yangi bo‘lmasa ham “qo‘ldan” sotib olish. Men bu usulni maslahat bermayman. Gap shundaki, hatto tajribali mutaxassis ham cheklangan vaqt mobaynida fotoapparatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlay olmaydi. Chunki u murakkab texnika. Eng kichik nosozlikni ta’mirlash ham qat’iy usul bilan amalga oshiriladi – kameraning “yarmi”ni almashtirish, bu esa xizmat haqi bilan juda qimmatga tushadi.

Shuning uchun qo‘shimcha muammolar “sotib olmaslik” uchun fotoappartani yangi holatda, do‘kondan, original kafolat taloni bilan xarid qilgan ma’qul. Tejashning eng xavfsiz usuli – eng so‘nggi model qatoridagi modelni emas, bitta oldingisini sotib olish kerak. Ko‘pincha bunday kameralar qandaydir qo‘shimcha funksiyasi bilan farq qiladi va asosiy funksiyalar to‘plami va tasvir sifati bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘ladi. Narxdagi tafovut esa sezilarli bo‘lishi mumkin.

 

Tavsiya etiladi

Yuqorida tasvirlangan omillarni hisobga olib, “faoliyatini endigina boshlayotgan fotograflar uchun”bugungi kunda eng sifati suratlar oladigan, qimmat narxga ega bo‘lmagan va boshqaruvda tushunarli bo‘lgan fotoapparatlarning uch modelini tanladik. Sizga ko‘proq ma’qul bo‘lganini tanlang!

CANON EOS 650D

  • 3 x 14.9
  • 18 Mp, KMOP
  • Chiqarilish sanasi: 2012 yilning 8 iyuni

Canon EOS 650D – 18-megapikselli, KMOP-sensorli kamera bo‘lib, ko‘zgulifotografiyanio‘zlashtirishniboshlayotganlaruchunmoskeladi.YEOS 650D 3,0” sensorli JK-ekran o‘zguruvchan burchakka ega.

NIKON D5200

  • 1 Mp, KMOP
  • 505g.
  • Chmqarilish sanasi: 2012 yil 6 noyabr

Nikon D5200 KMOP texnologiyasi asosida ishlangan 24 megaikselli APS-C matritsa bilan jihozlangan. Avtofokus tizimida Multi-Cam 4800DX AF datchigidan foydalaniladi. , Datchik avtofokusning 39 nuqtasini birlashtiradi, ulardan 9 tasi —…

SONY A5000

  • 4 x 15.6
  • 1 Mp, KMOP
  • 210g.
  • Chiqarilish muddati: 2014 yil 7 yanvari

Ko‘zgusiz Alpha A5000 NEX kameralarining barcha afzalliklarini o‘zida jamlab, tashqi jihatdan havaskorlarning ko‘zguli kamerasini yodga soladi.A500020,1 megapiksel kengaytmali APS-C matritsa, qayriladigan 3-dyuymli displeyga ega…

Georgiy Politsarnov

Prophotos.ru. bosh muharriri. Fototexnika va fotografiya sohasi eksperti, 2007 yildan beri foto qurilmalar sinovi bilan shug‘ullanadi.

Fotoshkola.net.dagi qator o‘quv kurslari muallifi sanaladi.