Bugun kameralarning model qatorlari bilan tanishuv o‘tkazamiz va faoliyatini endi boshlayotgan suratkash uchun qaysi fotoapparatni sotib olish ma’qulligi haqida hikoya qilaman! Demak, boshlaymiz!

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Bugun kameralarning model qatorlari bilan tanishuv o‘tkazamiz va faoliyatini endi boshlayotgan suratkash uchun qaysi fotoapparatni sotib olish ma’qulligi haqida hikoya qilaman! Demak, boshlaymiz!

Dastlab suratkashlik borasida qaysi darajaga erishishni istashingizni aniqlang. Havaskorona suratga olishni istaysizmi yoki rivojlanish va fotosessiyalar, tadbirlarni suratga olmoqchimisiz? Yakuniy qarorga kelishingiz bilanoq fotoapparatni tanlashga kirishish mumkin.

 

Fotoapparatlarning uch turi, ularning afzalligi va kamchiligi

Kameralarning uch turi mavjud:

  • Sovundonlar;
  • Optikasi almashtiriladigan ko‘zgusiz fotoapparatlar;
  • Ko‘zguli fotoapparatlar.

Sovundonlar afzalligi:

  • Hajm va og‘irlikning kamligi;
  • Faqat avtomatik suratga olish. Suratga olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish shart emas;
  • Narxning arzonligi.

Sovundonlar kamchiligi:

  • Kadr tuzilishini boshqarish imkoniyatining mavjud emasligi;
  • Almashtiriladigan obyektivning mavjud emasligi;
  • Qo‘l rejimining mavjud emasligi.

Ko‘zguli kameralarning afzalligi:

  • Har qanday sharoitda ham sifatli surat olish imkoniyati;
  • Sifatli matritsaning mavjudligi;
  • Qo‘l sozlamalarining mavjudligi;
  • Almashtiriladigan optika.

Kamchiliklar:

  • Og‘irlik va katta hajm – ba’zida 1 kg dan ko‘proq;
  • Qimmat. Narxi 500 AQSH dollaridan boshlanadi.

Ko‘zgusiz kameraning ko‘zgulisidan asosiy farqi

Ko‘zgusiz kameralarning ko‘zgulilaridan asosiy farqi borasida sharh o‘tkazmoqchiman. Bu ko‘rinishni izlash turidir. Ko‘zguli fotokameralarda u optik, gibridlarda esa displeyli (elektron)dir.

Tasvir holatini kuzatuvchiningafzalligini ko‘rib chiqamiz. Qayd etish joizki, ushbu ikki turdagi fotokameralarning kamchiligi o‘zaro qarama-qarshi bo‘ladi.

Tasvir holatini kuzatish elektron moslamasining afzalliklari:

  1. Yaxshi texnik jihatlar va narxning arzonligi;
  2. Tasvirning yirikligi;
  3. Bunday fotoapparatning hajmi kichikroq;
  4. Kameraning istalgan holatida suratga olish imkoniyati: oldinga qarab, pastroq tushirib yoki bosh ustida ko‘targan holda;
  5. Lo‘kidonning ishga tushishi u qadar eshitilmaydi, chunki ishlaydigan ko‘zgu mavjud emas.

Optik tasvir holatini kuzatish moslamasining afzalligi:

  1. Tasvir qidiruvining tabiiy ranglari;
  2. Avtofokus yanada to‘g‘ri va tezkor;
  3. Murakkab sharoitlarda, masalan quyosh nuri yorqin bo‘lganida tasvir yaxshi ko‘rinadi va aniqligicha qoladi;
  4. Matritsaning kam qizishi, kichik shovqinlarnigina e’tiborga olib, tasvirni detallashtirish imkonini beradi;
  5. Displeyning o‘chirilishi akkumulyator ish qobiliyatini uzaytirishga yordam beradi.

Qayd etish joizki, ba’zi fotoapparatlarda ikkita suratga olinadigan obyekt holatini kuzatish uchun xizmat qiladigan moslamasi bo‘ladi. Barcha kameralar obyekt holatini kuzatish uchun xizmat qiladigan optik moslamaga ega bo‘ladi, faqat ba’zi modellargina displeyli moslama bilan jihozlangan bo‘lib, bu har qanday holatda ham suratga olishda yordam beradi.

Agar fotografiyada qadam-baqadam rivojlanish hamda aqlbovar qilmas suratlarni olish istagida bo‘lsangiz, ko‘zguli fotoapparat xaridi aynan sizbop bo‘ladi.

Ko‘zguli fototexnikalar turlari

Ko‘zguli fotokameralarning uch turi va yuqori pog‘onadagi asosiy model qatorlari bilan tanishamiz. Yuqoridan pastga kichikroq modellarga qarab, Nikon va Canon model qatorlaridagi eng yangilarini o‘rganamiz.

Havaskorlar uchun arzon fotokamera

  • Nikon D3100 – oilani suratga olish uchunhavaskorlarning odatiy ko‘zguli fotoapparati. Asosiy kamchiligi – ko‘p funksiyalar ekran menyusiga o‘tkazilgan, bu esa ishni murakkablashtiradi.
  • Nikon D5100 – vazifasi kengaytirilgan ko‘zguli fotoapparat. U fotografiyada tajribava fototexnikaning vazifasi borasida o‘z talablariga ega bo‘lganlar uchun mos keladi.
  • Nikon D7100 – ancha rivojlangan texnika. Aynan himoyalangan korpus, xotira kartasi uchun 2 ta slot va soniyasiga 6 kadrli tezkor suratga olish imkoniyati bu model va shunga o‘xshagan boshqa fotoapparatlarni ancha rivojlangan texnikaga aylantiradi.
  • Canon EOS 1000D – kichik ekran va 12 MP kengaytma matritsali oddiy fotokamera.
  • Canon EOS 600D. Aylanadigan ekran va Full HDformatida video tasvirga olishi bilan ajralib turadi.
  • Canon EOS 650D. Avtofokusning 9 nuqtasi va soniyasiga 5 kadrga ega.

Havaskorlarning ilg‘or fotokamerasi

  • Nikon D610 – ISOda suratni 3200 birlikkacha detallashtirish, qulay korpus va tinch suratga olish rejimi.
  • Canon EOS 6D Wi-Fi modul bilan jihozlangan va kengaytirilgan ijodiy salohiyatga ega.
  • Canon EOS 7D – suratga olinadigan obyekt holatini kuzatish uchun xizmat qiladigan moslama 100 foizlik qamrovi, fokus olishning 19 nuqtasi, lo‘kidonning maksimal tezligi 1/8000s.

Professional fotoapparat

  • Nikon D810 –foto suratga olish uchun, avtofokusning 39 nuqtali tizimi, yanada aniqroq tasvirga olish va suratlar sifatni yo‘qotmay turib tahrirlanishi mumkin.
  • Canon EOS 5D mark III – asosan videooperatorlaruchun mo‘ljallangan, avtofokusning 61 nuqtali tizimi, rangni yaxshi berish.

Albatta, tanlovingiz byudjetingizga bog‘liq bo‘lishini unutmaslik lozim. Qayd etish kerakki, agar Canon sovundoniga suratga olgan bo‘lsangiz, ko‘zguli fotokamera sotib olishda ham aynan shu brendni tanlagan ma’qul.

 

Tanlovda obyektiv muhim o‘rin egallaydi!

Asosiy o‘ziga xoslikni qayd etish lozim. Agar tanlovingiz obyektivi o‘zi bilan birga bo‘lgan qimmatbaho kitli Nikon D810 bo‘lsa, suratlar sifati istalganidek bo‘lmaydi. Nikon uchun qanday obyektivlar zarurligi haqida boshqa maqolada tanishishingiz mumkin.

 

Nima uchun sohaga yangi kirib kelayotganlar uchun qimmat fototexnika sotib olish yaramaydi?

  1. Kundalik suratga olishda qo‘llaniladigan fotokameraning afzalliklari 1 foizga teng, fotoapparat narxini 50 foizdan yuqoriga ko‘tarib yuboradi;
  2. Agar foto san’atda oddiy ko‘nikma va atamalarni o‘zlashtirmagan bo‘lsangiz, qimmat texnikani sotib olish hech qanday ma’noga ega bo‘lmaydi;
  3. Faoliyatini endi boshlayotgan suratkash bir xil modeldagi obyektivlarida olingan tasvirlardagi farqni ajrata olmaydi;
  4. Suratga olish talablariga ega bo‘lmasangiz, nima uchun ko‘proq to‘lash kerak?
  5. Qimmat fototexnikani sotib olganda qo‘shimcha aksessuarlar arzon bo‘lmasligini unutmaslik lozim;
  6. Yodda tuting!Muhimi – fototexnika emas, suratkash va uning g‘oyalaridar!

 

Nima yaxshi: Canon yoki Nikon?

Canon va Nikon fototexnikaning yetuk ishlab chiqaruvchilari sanaladi va eng yaxshi brend nomi uchun mana bir necha yildirki musobaqalashishmoqda. Har bir kompaniyaning afzallik va kamchiliklarini xolis taqqoslash mumkin emas, chunki har ikkala ishlab chiqaruvchi u yoki bu yo‘nalishda yutuq va kamchiliklarga ega. Sharh o‘tkazish va har ikkala fotokameraning kamchilik va yutuqlarini aniqlash lozim. Demak, Nikon yoki Canon?

Canon ning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Canonfototexnikasi aksessuarlarning bir xil sifatda bo‘lishigi qaramay, Canon raqibiga qaraganda 10 foizga arzon;
  • Video tasvirga olish borasidagi afzallik Canon da qolmoqda;

Nikonning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Yorug‘lik yetarli bo‘lmaganida ham suratga olish va sifatning biroz yo‘qolishi bilan a’lo darajadagi suratlarga ega bo‘lish imkoniyati;
  • Avtofokus! Nikon tezroq va yaxshi fokus oladi hamda raqobatchisiga qaraganda fokus olishning ko‘p miqdorda nuqtaga egaligi. Canon uchun bu band qo‘lda suratga olishga majburan o‘tishda ham haqiqiy muammoga aylanishi mumkin.

 

Muallif fikri

Amaliyotda Nikonda ham Canonda ham suratga olganman. Bir narsani aytish joizki, u yoki bu brenddagi har qanday ko‘zguli fotoapparat mohir qo‘llarda o‘zini munosib ravishda tutadi, bu fakt!

Maslahat. Havaskorlarning arzon fotokamerasidan boshlang, bu masalan NikonD3100 yoki ancha ilg‘orNikonD7100 bo‘lishi mumkin, biroq byudjetingiz ko‘tarmasa, undan nariga o‘tmang. To‘plamda kitli obyektiv bilan birga oling, bu har doim foydali xarid bo‘ladi!

Mazkur sharhni ijtimoiy tarmoqlarda tanishlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang. Foto san’atining asosiy tilsimlarini ma’lum qilamiz!

fotorika.ru materiallari asosida

Timur Mustayev