Farzandlaringiz kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishlari uchun o'rgatishingiz mumkin bo'lgan ko'nikmalar bormi? Bor! Biz sizga ular haqida so’zlab beramiz.

  • 1
  • 2
  •  
  •  
    3
    Shares

Ularga barcha imkoniyatlar haqida aytib bering

Balki ular millioner bo’lishni istamaydi? Nima bo’lganda ham, boy bo’lish –hayotdagi asosiy maqsad emas. Bu haqida gapirganimda, musiqiy asboblarni yasashni yaxshi ko’radigan  va keyinchalik bu hunarini ko’p millionlik biznesga aylantira olgan, yigit hikoyasi esimga tushadi.  Farzandlaringizga sevgi haqida gapirib bering, ular nimani yoqtirishi va nima xohlashini bilib oling. Dunyo bizga o’zimiz xohlagan hayotni yashash imkonini beradi. Pul topish esa – ularning eng yaxshisi emas.

Maktabda ta’lim olish shart emas

Farzandingiz oddiy bolalar kabi bo’lishini istasangiz, unga odatiy ta’lim bering. Mening katta o’g’lim 12 yoshida ishlay boshlagan va shu sababli o’rta maktabni tashlagan. U reklama korporatsiyasiga joylashdi va ularga film tayyorlashda yordam berdi. U safarga otlandi va bir necha oy mobaynida  Mayya qabilasi bilan yashab, ular haqida kitob yozayotgan ayol bilan birgalikda bir loyiha ustida ishladi. 

Keyin hujjatli film suratga olish uchun Kubaga yo’l oldi. Shundan keyin ko’plab qiziqarli kasblarda o’zini sinab ko’rdi. Ularning hech birini men unga sotib olib bermaganman – bu uning tanlovi va hayoti edi.

Ularni ishni sevishga o’rgating

Boy bo’lish qiyin. Shuningdek, unga erishish ham. Sizdan juda ko’p kuch va uzoq vaqt davomida ter to’kib ishlash talab qilinadi. Agar farzandlaringiz moliyaviy farovonlikka erishishini istasangiz, bu haqida unutishlariga yo’l qo’ymang.

“Richi Rich” kinosidan lavha

Farzandlaringiz kelajakda muvaffaqiyatli bo’lishlari uchun o’rgatishingiz mumkin bo’lgan ko’nikmalar bormi? Bor! Biz sizga ular haqida so’zlab beramiz.

Baxt pulda emasligini aytishga shoshilmang. To’g’ri, pulda emas, lekin aksariyat hollarda ular ortiqchalik qilmaydi. Charlz Tips, tavakkalchi investor, yozuvchi va blogger, bolalarning millioner bo’lishlari uchun ularda qaysi fazilatlarni shakllantirish kerak ekanligi haqida so’zlab berdi. Quoradagi  mavzusida, Charlz juda ko’p boy kishilar bilan muloqot qilgani va o’zi ham uch farzandni voyaga yetkazgani uchun  nima haqida gapirayotganini yaxshi bilishini aytdi.

Ularni odamlarni sevishga o’rgating

Boy bo’lishning yagona yo’li – boshqa odamlarning muammolarini hal qilishni o’rganishdir. Shunda ularning o’zi sizga pullarini berishni xohlaydilar. Siz boshqa odamlarni sevishingiz, kamida hurmat qilishingiz va farzandlaringizni ham, xuddi shu narsaga o’rgatishingiz kerak. Ularning do’stlarini muhokama qilmang va har doim yangi orttirgan tanishlaridan mamnun bo’ling.

Ularni saxovatli bo’lishga o’rgating

Ko’p narsaga erishishni xohlagan kishi, ko’p narsa berishi ham kerak. Bir kuni men o’g’lim bilan ofisdan uncha uzoq bo’lmagan joyda sayr qilib yurgandim.  Sal nariroqda biz ko’rinishidan daydi musiqachiga o’xshash bir odamni ko’rib qoldik. U qoshiqlarda musiqa chalardi va buni yaxshigina uddalardi. Biz unga yaqinlashib, suhbatlasha boshladik. Ma’lum bo’lishicha, uni hozirgina San-Kventin qamoqxonasidan ozod qilishgan ekan. Men bu bayram qilish uchun ajoyib imkoniyat ekanini aytdim.

Biz uni ofisimga olib keldik, u dush  qabul qildi va tushlik qilib oldi. Unga tunda biror xonani ijaraga olishi uchun biroz pul berdim. Uyga ketayotib, o’g’limga biz daydiga bergan pul, unga  bag’ishlagan vaqtimiz oldida hech narsa ekanligini aytdim. Vaqt – sizning eng katta boyligingiz va sizda uni boshqalarga foyda keltirish uchun sarflash imkoniyati bo’lsa, buni o’sha zahotiyoq amalga oshiring.

Ularga yolg’on, o’g’irlik va xiyonatni ko’rsating

O’z misolingizda emas. Lekin ular dunyo yolg’on gapiradigan, birovdan foydalanadigan va o’g’irlik qiladigan odamlar bilan to’la ekanligini bilishlari kerak. Ularga bu haqda ayting va o’zlarida his qilishlariga imkon bering.  Boshqa yo’li yo’q.

Ularni odamovi qilib tarbiyalang

Ularning bolaligini kelajak uchun barbod qilishga tayyormisiz? Isbot uchun uzoqqa borish shart emas –  deyarli barcha muvaffaqiyatli odamlar bolaliklarida odamovi bo’lishgan. Bunday qurbonliklarga borish kerakmi – o’zingiz hal qiling.

Va nihoyat, farzandlaringiz munosib insonlar bo’lishi kerak. Menimcha, farzandlarimga axloqiy va ma’naviy  tamoyillarini o’rgatishning eng samarali usulini ishlab chiqdim. Har safar qiyin vaziyatlarda mendan yordam berishimni so’rashganida, ularga ilojini o’zlari topishlarini kerakligini aytaman. Shavqatsizlikmi? Bo’lishi mumkin.

Biroq, bu ularga mustaqil bo’lishga va o’z hayotlarini o’zlari uchun muhim bo’lgan  ma’naviy qadriyatlar atrofida qurishga yordam beradi. Maktablar va universitetlarni unuting. Ular bolalaringizni hayotga tayyorlamaydi.