Xavf-hatar (favqulodda) chamadoni – har qanday kutilmagan vaziyatda kerak bo‘ladigan birlamchi buyumlar to‘plamidir.

  •  
  •  
  •  
  •  

Biz istiqomat qilayotgan dunyo haqida aslida hech narsa bilmaymiz. Bankomat naqd pul bermasa nima qilishni, do‘konlar bir haftaga yopilsa, nima bilan ovqatlanishni, krandan suv kelmasa, nimani ichishni, shahar dushmanlar bilan o‘rab olinsa, qayerga qochishni bilmaymiz.Harbiylar o‘zlari haqida qayg‘ura oladilar, ularni bunga o‘rgatishgan. Biroq fuqarolar bu vaziyatda nima qilishlari, qayerga qochishlari kerak? Eng asosiysi, o‘zlari bilan nima olishlari kerak? Bu maqola so‘nggi savolga bag‘ishlangan.

Fuqarolar chamadoni odatda hajmi 30 litr bo‘lgan ryukzak bo‘lib, u kiyimlar, gigiyena predmetlari, dori-darmon, asbob, kundalik hayotda o‘zini himoya qilish predmetlari va oziq-ovqatlarning minimal miqdorini o‘z ichiga oladi.

Favqulodda ryukzakdagi barcha buyumlar yangi (yoki vaqti-vaqti bilan yangilanadigan) bo‘lishi va kundalik hayotda ishlatilmasligi kerak.

Fuqaroning favqulodda ryukzagi bir narsa – xatarli zonadan maksimal darajada tez evakuatsiya qilinish uchun mo‘ljallangan. Zilzila, toshqin, yong‘in, xavfli jinoyat holati, harbiy harakatlar markazi va boshqalar xatarli zona deb ataladi. Favqulodda ryukzak har bir oilada bo‘lishi kerak. Agar bu fikrga qo‘shilmasangiz, davomini o‘qimasangiz ham bo‘ladi.

Chamadon

Birinchi navbatda chamadonning o‘zini aniqlab olish kerak. Ryukzak bu maqsadda foydalanish uchun eng mos keladigan buyum sanaladi. Avtomobilda emas, piyoda yurish kerak bo‘ladigan vaziyatni ko‘z oldingizga keltiring. Misol uchun, yo‘llarda tirbandlik bo‘lishi va evakuatsiyani piyoda bosib o‘tish kerak bo‘lishi mumkin. Ryukzakni osib olib, yo‘limizda davom etamiz.

Ryukzakni joylashtirish haqida ham gapirish joiz. U qadar katta bo‘lmagan, ekpeditsiya uchun mo‘ljallangan ryukzaklarni «og‘ir buyum pastda» tamoyili asosida emas, barcha buyumlarni bir xilda joylashtirish asosida yig‘ish kerak bo‘ladi. Ryukzagingizda pastki bo‘lma – «yerto‘la» yoki qopqoq bo‘gani ma’qul.

Buyumlarni shunday joylashtiringki, ularni topish oson bo‘lsin. Agar ryukzakni yomg‘irdan himoya qilish yopinchig‘i bo‘lsa, bu yanada yaxshi. Agar u mavjud bo‘lmasa, uni alohida sotib olish mumkin. Va albatta, ryukzak og‘ir sharoitlarda 30 daqiqa osib yurilganidan keyin 30 daqiqada yirtilib ketmasligi uchun sifatli bo‘lishi lozim.

Buyumlar ro‘yxati

Endi esa ryukzakda bo‘lishi kerak bo‘lgan buyum va mahsulotlarning batafsil ro‘yxatini ko‘rib chiqamiz. Ro‘yxat qisman Nyu-York favqulodda vaziyatlar xizmatining tavsiyalariga asoslangan. Balki sizning mamlakatingizda yoki sizning oila uchun ro‘yxatni qisqartirish yoki kengaytirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, yoshi katta va bolalar uchun.

Demak, yuqorida tasvirlangan favqulodda vaziyatlar uchun ichida mana bunday mahsulotlar solingan ishonchli ryukzak tayyor turishi kerak.


1. Suv o‘tmaydigan o‘ramda muhim hujjatlar nusxasi. Pasport, avtomobilni boshqarish huquqini beradigan hujjat, ko‘chmas mulk, avtomobilga egalik huquqini beradigan hujjatlarning nusxasini avvaldan tayyorlab qo‘ying. Hujjatlarni shunday joylashtirish kerakki, ularni olish oson bo‘lsin. Hujjatlar orasida yaqinlar va qarindoshlarning surati bo‘lgani ma’qul.

2. Kredit karta va naqd pullar. Sizda har doim (istalgan vaqtda) pul zaxirasi bo‘lishi kerak.

3. Uy va avtomobil kalitlarining nusxalari

4. Joy xaritasi va barcha oila a’zolariga ma’lum qilingan favqulodda vaziyatda aloqada bo‘lish usuli va uchrashuv joyi.

5. Ma’lumot olish uchun mo‘ljallangan aloqa qurilmasi. U qadar katta bo‘lmagan FM-diapazonini va UKV ni qabul qiladigan  Sotuvda u qadar qimmat bo‘lmagan quvvatlantirish uchun dinamo-mashinali radiopriyomniklar bor. Radio eshitish moslamasi sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi. Radio uchun qo‘shimcha batareya. Qimmat bo‘lmagan telefon va uning quvvat olish qurilmasi.

6. Bir necha fonarcha,batareya va lampochka.

7. Kompas i soat. Ular suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.

8. Multitul— ko‘p funksionalli asbob. Odatda yig‘ma qisqich shaklida bo‘ladi, uning ushlagichida qo‘shimcha asboblar (pichoq, arracha, ochqich, qaychi va b.) yashiringan.

9. Pichoq va boltacha.

10. Signal beruvchi vositalar (xushtak, falshfeyer).  

11. Axlat uchun 120 litr hajmdagi beshta qog‘ozxalta. Agar bo‘laklarga bo‘linsa, chodir ham uning o‘rnini bosishi mumkin.

12. Qalin skotch o‘rami.

13. Sintetik arqon, diametri — 4–5 mm, uzunligi — 20 m.

14. Bloknot va qalam.

15. Igna va ip.

16. Zaruriyat bo‘lganida foydalanish uchun dorilar qutisi. Dorilar miqdori nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilarga yordam berish uchun ham mo‘ljallangan.

  • bint, leykoplastir, yod, paxta;
  • aktivlashtirilgan ko‘mir (suvsizlanish);
  • «Paratsetamol» (isitma tushiruvchi);
  • «Suprastin» (allergiya);
  • «Immodium» (ich ketish);
  • «Ftalazol» (ichaklar infeksiyasi);
  • «Albutsid» (ko‘z uchun tomchilar);
  • Kukunli antibiotiklar.

17. Siz doimiy ravishda qabul qiladigan dorilarning bir haftalik miqdori, dozalash va qo‘llash usullari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shifokorlaringizning ismi va telefoni. Dorilarning yaroqlilik muddatini kuzating (joylashtirayotganingizda taqvimga dorilar ishlab chiqarilgan muddatni yozib qo‘ying).

18. Ichki kiyim ikki bosh. Paxtalik dastro‘mol. Qo‘shimcha shalvor, ko‘ylak yoki kofta, yomg‘irda kiyiladigan uski kiyim, to‘qilgan sharf, qo‘lqop va qalpoq. Ishonchli va qulay oyoq kiyim..

19. Kichik-chodir, gilamcha, yotish maxsus buyum.

20. Gigiyena vositalari: tish cho‘tkasi, sovun, sochiq (supermarketlarda presslanganlari sotiladi), tualet qog‘ozi, bir necha quruq salfetka o‘rami, bir necha dastro‘mol, nam salfetkalar. 21.Ayollar – shaxsiy gigiyena vositalari. Ustara va manikyur uchun to‘plamni olish mumkin.

21. Bolalar uchun zarur buyumlar

22. Idish-tovoq: qozon, flyaga, qoshiq, krujka (yaxshisi metaldan yasalgani 0,5 l), yig‘ma stakan.

23. Gugurt (turistlar uchun mo‘ljallangani bo‘gani ma’qul).

24. Bir necha kunlik ovqat zaxirasi. Tayyorlamasadan iste’mol qilish mumkin bo‘lgan, kam joy egallaydigan, uzoq vaqt saqlanadigan mahsulotlar. 1 2 kunga yetadigan, vaqti-vaqti bilan yangilab turish mumkin bo‘lgan ichimlik suvi . Yuqori quvvatli shirinliklar (buning uchun harbiy guruhlar tomonidan shu kunga qadar foydalaniladigan Snikers juda mos keladi). Bir xovuch so‘riladigan shirinlik.

25. Mahsulotlar:

  • 2 banka yaxshi tushyonka;
  • pechenye;
  • sho‘rva tayyorlash uchun qog‘oz qutidagi kukun;
  • go‘sht va baliqli konservalar;
  • agar ryukzakda joy bo‘lsa, istalgan yorma —makaron, quruq sabzavotli yarim tayyor mahsulotlar.

26. Aroq yoki tibbiyot spirti

27. Eng zarur mahsulotlar o‘rab bo‘lingach, oilaga tegishli qimmatli buyumlar. Chodir, karemat va yotish uchun joy shart emas, biroq olganingiz ma’qul. Ularsiz ryukzak hajmi 30 litrdan ko‘p bo‘lmaydi.