•  
  •  
  •  
  •  

Sochlarni tartibga keltirishga oid bo‘lgan eng qiziq va ayollar uchun foydali maslahatlarini taqdim etamiz.

Har bir qizning shaxsiy go‘zallik sirlari mavjud. Biroq murakkab muammolar uchun sodda va elegant yechimlar topishga mo‘ljallangan resursda ekanligimiz bois ayollarning haqiqiy maslahatlari haqida gaplashishni taklif etamiz. Ko‘pchilik qizlarni havotirga soladigan narsadan boshlaymiz. Bu soch turmaklaridir.

Qanday qilib soch turmagiga kam vaqt sarflash, sochlarni og‘ritmasdan jingalak qilish, bir necha daqiqa ichida ideal soch turmagini tayyorlash kabilar har bir zamonaviy qiz bilishi kerak bo‘lgan bilimlardir.

1. Sochingizni ployka yoki staylerda jingalak qilayotganingizda sochning uchidan emas, o‘rtasidan boshlang. Turmak uzoq vaqt o‘zining chiroyli ko‘rinishini saqlab qoladi.

2. Bejirim, jilvador jingalaklarni dazmol (yassi ployka) orqali tezda amalga oshirish mumkin.

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 03124527-gif_605x341_3a19a8.gif

3. Vaqtinchalik peshonaga tushirib qo‘yilgan sochni oddiy yig‘imni oldiga tushirish orqali tayyorlash mumkin.

4. Ikkitali soch yig‘imi sochlarni uzunroq ko‘rsatish imkonini beradi.

5. Sochlaringizni siz va sochlaringiz uchun og‘riqsiz jingalak qilish usuli. Buning uchun bor-yo‘g‘i rezinka zarur. Yana bu bilan↓tunda xotirjam uxlash mumkin.

6. Soch to‘g‘nag‘ichlari sochlar uchun ko‘rinmas aksessuar o‘rnini bosa oladi.

7. Keng tarqalgan fikrlarga ko‘ra, soch to‘g‘nag‘ichlarini to‘lqinsimon qismini pastga qarata to‘g‘nash lozim.

8. Ikki daqiqa ichida sochni katta hajmli qilib yig‘amiz: bor-yo‘g‘i kichik moslamadan foydalaning.

9. Agar sochlaringizni jingalak qilish qiyin bo‘lsa, uzoq vaqtga yetadigan turmakni yaratish uchun alyumin folga va dazmoldan foydalaning.

10. Sochlarga to‘lqinsimon ko‘rinish berishning yana bir tezkor usuli sochlarni o‘rash va uning ustidan yassi dazmolni yurgizishdir.

11. Uzun sochlar yoki tezda yog‘li bo‘ladigan sochlar uchun layfxak: sochlarni har kuni yuvish kerak emas. Bor-yo‘g‘i ularni yuvib, quriting va sochlaringizning old qismini chiroyli ko‘rinishga keltiring.

12. Sochlaringiz to‘lqinsimonlikka moyil bo‘lsa, ularni sochiq bilan ikkitomondan bosgan holda quriting. Hech qanday sirpanuvchi harakatlarni amalga oshirmang!

13. Sochni jingalak qilishning turli usullaridan foydalaning, bu

14. Agar sochlaringiz silliq va juda «bo‘ysunmas» bo‘lsa, oddiy to‘g‘nag‘ich o‘rniga spiral shpilkalardan foydalaning (ular deyarli sochga o‘ralib qoladi). Ular bilan turmagingiz kun kech bo‘lguniga qadar yaxshi holda turadi.

15. Soch uchun lak o‘rniga choy: agar jingalak qilishdan avval sochlarni choy bilan namlab olinsa (bir stakan qaynagan suvga 2 choy qoshiq choy/ 50 ml qaynagan suvga bir paketchadagi choy ), jingalaklar o‘z ko‘rinishini uzoqroq saqlab qoladi.

16. Tish cho‘tkasi turmakni tartibliroq ko‘rinishida katta ahamiyatga ega. Sochni tartibga solishda qo‘llanilidagan vositadan seping va to‘zg‘ib yotgan sochlarni tarab yuboring.

17. Ajoyib g‘oya: kichik o‘ramlardan tez tayyor bo‘ladigan va chiroyli obodok. Uni bajarish juda oson, juda bejirim ko‘rinadi.