Kattalar ba’zi ishlarni bajarish murakkab bo‘lsa ham har kuni so‘zsiz amalga oshirish kerakligini juda yaxshi tushunadilar.

  •  
  •  
  •  
  •  

Umumiy resurs mushtariylari ana shunday har kuni bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxatini tuzishgan, biz uni sizlar bilan bo‘lishamiz.

Bolaligimizda har bir kun ota-onalarimizning bir ovozda aytgan «Tishlaringni tozala!», «Bo‘tqangni yeb ol!», «O‘yinchoqlaringni yig‘ishtir!» kabi qoidalar bilan boshlanadi. Biroz ulg‘aygayamiz, biroq g‘amxo‘r ota-onalarimiz chaynalgan plastinka repertuarini o‘zgartirib, yana quyidagi yo‘nalishda davom etadilar: «Uyg‘on, darsingga kech qolasan!», «Kuldondagi kulni to‘kib qo‘y!», «Qalpog‘ingni kiyib ol!». Keyin esa hayotimizni o‘z qo‘limizga olamiz va endilikda kim nimani qay ko‘rinishda bajarishimizni aytmasligidan «esankirab qolamiz». Quyidagi har kuni bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar ro‘yxati bizga yordamga keladi:


1. Siz uchun qadrli bo‘lgan odamlarga muxabbat va mehringizni izhor etish. Hayot vaqtni g‘azab va xafagarchilikka sarflash uchun juda qisqalik qiladi. Birgina tabassum, ezgu so‘z yoki ertalabki bo‘sa kunni nafaqat siz, balki yaqinlaringiz uchun ajoyib qilishga qodir. Bu imkoniyatni boy bermang.

2. 10–15 daqiqani tozalik uchun ajratish. Butun bir uyni tozalashgaharakat qilish, har bir changni artish uchun qo‘lingizga latta olib yugurish kerak emas. Biroq kunlik kichik tozalov ishlari uyni toza, boshingizni tartibda saqlashga yordam beradi.

3. Bir stakan suv ichish.Ichib bo‘ldingizmi? Takrorlang!

4. Har kuni maqsadingiz sari bir qadam tashlash. To‘g‘ri yo‘nalishdagi doimiy harakat har kuni juda kichik intilishlarda ham yetarli darajada uzoqqa yetib olish imkonini beradi.

5. Biron yangi narsa o‘rganish.Miyaning yemirilishi o‘sha kuni hech qanday yangi bilimga ega bo‘lmaganingizda boshlanadi. Bu kunni iloji boricha ortga surishga harakat qiling.

6. Otjimaniye qilish.Tanani kerakli holatda ushlab turish uchun eng yaxshi mashq. Tezlik bilan barcha energetiklardan ko‘ra ko‘proq kuch beradi.

7. Har kuni hech bo‘lmasa bir kishini maqtash (albatta bunga arzigulik ish qilsa). Bunday qilinsa, siz yil davomida o‘zingiz sezmagan holda 365 nafar kishini baxtli qilgan bo‘lasiz. A’lo darajadagi natija!

8. O‘zimiz uchun besh daqiqalik sukunatni tashkil etish. Ushbu ahmoqlik orasidahech bo‘lmasa, besh daqiqa ajratish.

9. Muloqot qilish.Monitor orqali emas, haqiqiy muloqot nazarda tutilyapti. Bugun chat, ijtimoiy tarmoq va elektron tarmoqlar sababli barchadan uzoqlashish juda oson. Tabiiy muloqot juda kamayib ketgan.

10. Meditatsiya qilish yoki hech bo‘lmasa hayotingizdagiijobiy narsalar to‘g‘risida o‘ylash. Har kuni kechki payt o‘ringa yotishdan avval bir necha sekin nafas olishni amalga oshiring va ijobiy to‘lqinga sozlaning. Bu jismoniy mashqlar uyg‘unligida yaxshi uxlash va kun bo‘yi quvvatga ega bo‘lishga yordam beradi.

11. Sevimli jismoniy mashg‘ulot turi bilan shug‘ullanish.Rekord qo‘yish uchun haakat qilish yoki zamonaviy fitnes-modaning barcha injiqliklariga rioya qilish shart emas. Biroq 30 daqiqani (ko‘p bo‘lsa, yana yaxshi) ko‘nglingizga yoqadigan mashg‘ulotlardan biri: kundalik sayr, yugurish, suzish, yoga, trenajyor bilan shug‘ullanish holatingizni keskin o‘zgartirib yuboradi.

12. Super qahramon bo‘lib ko‘rining. Unga aylanguningizga qadar

13. Sabzavot va mevalarni yeyish. Salatlar, ragu, sho‘rva, bog‘ va dala mahsulotlaridan tayyorlangan boshqa taomlar. Britaniya olimlari ham boshqa olimlar kabi bir ovozdan bu foydali ekanligini ta’kidlashari kamdan kam sodir bo‘ladigan holat.

14. Xona tashqarisida vaqt o‘tkazish. Piyodayuring, velosiped uching, it bilan sayr qiling. Bir so‘z bilan aytganda monitor yonidan turing va o‘pkangizni havoga to‘yintiring.

15. Hayotingizning navbatdagi bir kuni uchun minnatdorchilik bildirish. Har kuni yangi tong otishi yangi hayot imkoniyatini beradi, bundan foydalanish yoki foydalanmaslik faqat bizga bog‘liq.

Reddit mushtariylariga odam har kuni umrining so‘nggiga qadar bajarilishi kerak bo‘lgan savollariga berilgan javoblar orasida deyarli shular eng mashhurlari bo‘lgan. Layfxaker mushtariylari qanday javoblarni tanlagan bo‘lishardi?