Tanangiz bilan g‘alati narsalar sodir bo‘lishni boshlaganida holatingiz haqida shubhalana boshlaysiz. Homiladorlikning birinchi belgilari qanday va jismoniy hamda emotsional o‘zgarishlarga qanday reaksiya qilish kerak?

  •  
  •  
  •  
  •  

Tanangiz bilan g‘alati narsalar sodir bo‘lishni boshlaganida holatingiz haqida shubhalana boshlaysiz. Homiladorlikning birinchi belgilari qanday va jismoniy hamda emotsional o‘zgarishlarga qanday reaksiya qilish kerak?

Ba’zida atrofdagilar uchun tushunarsiz bo‘lgan holat – yuzingizdan kulgu arimaydi, ba’zida esa sababsiz ko‘z yoshlar sizga azob beradi, ba’zi vaqtlarda doimiy ravishda uyqu bosadi. Bu nima: xushxabar belgisimi yoki boshqa narsa? Hayz ko‘rishning kechikishi shubhangizni yanada orttiradi. Testning ijobiy natijalari, ginekolog ko‘rigi tez orada ona bo‘lishingizni tasdiqlaydi.

Homiladorlikning ilk haftalarida tanangiz sizga muayyan signallar beradi. Ba’zida ular noqulayliklar tug‘diradi, shuning uchun ularning tabiatini tushinish va yengib o‘tishni bilish kerak.

Emotsional barqaror bo‘lmaslikning sababi va jismoniy og‘riqlar gormonal fonning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Muayyan gormonlar organizmdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatib, onani bolani yetishtirishga tayyorlaydi. Bular quyidagi jarayonlar:

  • surunkali gonadotropin;
  • progesteron;
  • estrogen.

Homiladorlikning ilk odatiy belgilari

Homiladorlikning ilk odatiy belgilari ko‘pchilik bo‘lajak onalarda kuzatilishi mumkin. Biz qonda XGCH darajasining ortishi yoki UTTda bachadonda homilaning ko‘rinishi kabi homiladorlikning aniq isbotlari haqida so‘z yuritmaymiz. Gap organizmdagi gormonal o‘zgarishlar sabab yuzaga kelayotgan tanangizdagi o‘zgarishlar haqida bo‘ladi.

Ulardan o‘ziga xoslari quyidagilar:

  • sut bezining shishishi;
  • ko‘ngil aynishi;
  • jig‘ildon qaynashi;
  • bazal haroratning ortishi;
  • charchoq.

Ko‘pincha homiladorlikning ilk davrida ayollar ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi va charchashdan shikoyat qiladilar.

Ko‘ngil aynishi

Ko‘plab ayollarni homiladorlikning ilk oylarida ko‘ngil aynishi bezovta qila boshlaydi. Bu normaga zid emasligini tushunish lozim. Aksincha, erta toksikozdan aziyat chekkan ayollarda tug‘ruq jarayoni muvaffaqiyatli kechadi degan fikr ham bor. Odatda toksikoz 15-20 haftalarda o‘tib ketadi.

Ko‘ngil aynishida ovqatlanish rejimiga amal qilish yordam beradi:

  • kun davomida 5-6 marta kam-kamdan ovqatlanish kerak;
  • mevalar, salatlar,V6 vitaminiga boy mahsulotlardan tez-tez yeyish kerak;
  • yalpiz, melissa va malina barglari qo‘shilgan choy ichish foydali.

Jig‘ildon qaynashi

Bo‘lajak onalarning ko‘pchiligi yoqimsiz jig‘ildon qaynashini his etishadi. U qorin bo‘shlig‘i organlarining siqilishi, oqibatda ularning diafragmaga bosimi natijasida yuz beradi. Jig‘ildon qayashini moychechak va yalpizli choy, yanchilgan zanjabil yoki dolchin yordam beradi. Yog‘li taomlar iste’mol qilmagan, ko‘p yemagan ma’qul.

Charchoq

Charchoq hissi

  • qon bosimining pastligi;
  • foliy kislotasi va temirning yetishmasligi;
  • quvvatga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq.

Charchoq bilan kurashish tamoyili oddiy: kuch kamayib ketganini his etsangiz, ko‘proq dam olishga harakat qilish.

Sut bezlarining shishishi

Ko‘pincha ayollar ko‘krak uchidagi sezuvchanlikning ortishi, sut bezlarining ortishini sezishadi. Ko‘krak uchi atrofi rangi to‘qlashadi, unda Montgomeri bezlari (o‘ziga xos bo‘rtmalar) yuzaga kelishi mumkin.

Bu o‘zgarayotgan gormonal fonning normal belgilari bo‘lib, ulardan havotir olish kerak emas.

Tana bazal haroratining ortishi

Tananing bazal harorati uyg‘ongan zahoti karovatdan turmagan holda o‘lchanadi (o‘lchash uchun optimal vaqt tongda soat 7).

Homiladorlikka hos bo‘lmagan belgilar

Homiladorlikka oid bo‘lmagan belgilar har doim ham kuzatilavermaydi. Ular vaziyatga bog‘liq. Bularga kutilmaganda “sho‘r narsa yeyish xohishi” yoki kundalik narsalarning asabga tegishi kabilarni kiritish mumkin.

Hid bilishning ta’sirchanligi

Masalan, har kunni tongni qahva ichimligi bilan boshlagan bo‘lsangiz ham, endi uning hidi ko‘ngil aynitishni boshlaydi.

Taomlarga bo‘lgan xohishning o‘zgarishi

Siz muayyan mahsulotga bo‘lgan kuchli ehtiyojni his etasiz. Odatiy holat: homilador ayol tunda o‘z erini apelsin olib kelish uchun yuboradi.

Keskin tovushlarni “ko‘tara olmaslik”

Masalan, eshikning g‘ichirlashi kutilmaganda yoqmay qoladi va asabingizga tegadi.

Kayfiyatning o‘zgarishi

Balki atrofdagilarning gap-so‘zlarini ko‘nglingizga yaqin olib, tez hafa bo‘ladigan, ta’sirchan bo‘lib qolganingizni sezayotgandirsiz.

Yana bir marta takrorlaymiz, homiladorlikka xos bo‘lgan va xos bo‘lmagan belilarning hech biri

Ko‘plab yangi hislar bilan normal kechayotgan homiladorlik davolanishni talab etmaydi. Ochiq havoda doimiy ravishda sayr qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, yaxshi kayfiyat bola tug‘ilishini xursandchilik bilan kutish imkonini beradi.

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - f821ff6370d22556f903e4632e364efb.jpg