Oyoqlar charchamasligi va og‘rimasligi uchun oyoq kiyimni to‘g‘ri tanlashni o‘rganing. Oyoq kiyim do‘konida qanday qilib o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslikni o‘rgatamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Oyoqlar charchamasligi va og‘rimasligi uchun oyoq kiyimni to‘g‘ri tanlashni o‘rganing. Oyoq kiyim do‘konida qanday qilib o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslikni o‘rgatamiz.

 

– 1 –

Oyoq kiyimni kunning ikkinchi yarmida xarid qilgan ma’qul, chunki kechga tomon oyoqlar shishishi mumkin. Issiq kunda ham ular odatda hajm jihatidan kattalashishi mumkin. Ertalab sotib olingan oyoq kiyim kechki payt siqishi mumkin.

– 2 –

Oyoq kiyimni kiyib ko‘rish vaqtida u bilan kiymoqchi bo‘lgan paypoq bilan kiyganingiz ma’qul. Krossovkani kiyib ko‘rish vaqtida kapron paypoq kiymang.

– 3 –

Agar tovoningiz turli uzunlikda bo‘lsa, o‘lchami kattaroq bo‘lganiga qarab xarid qilgan ma’qul.

– 4 –

Oyoqning katta barmog‘i va oyoq kiyimning uchi orasidagi masofa taxminan 0,5–1,5 smni tashkil qilgani ma’qul.

– 5 –

Oyoq kiyimni kiyib, do‘kon bo‘ylab yurib ko‘ring. Poshna qanchalikmahkamturganinitekshiring. U oyog‘ingizni siqmayotganinga ishonch xosil qiling. Keyinchalik oyoq kiyim kengayib, yumshoqroq bo‘lishiga umid qilmagan ma’qul. Bunday bo‘lmasligi ham mumkin.

– 6 –

Oyoq kiyim haqidagi ta’rif va ko‘rsatilgan o‘lchamga to‘liq ishonmang. Turli ishlab chiqaruvchilarda u biroz farqlanishi mumkin. Kiyib ko‘rgan vaqtingizdagi oyoq holatiga qarab ish tuting.

– 7 –

Qadoqlar xosil bo‘lmasligi uchun yurish vaqtida xalqit berishi mumkin bo‘lgan choklar, metal detal yoki boshqa narsa yo‘qligini bilish maqsadida ichki tomonni darhol ko‘zdan kechiring.

– 8 –

Poshna sirpanmasligi yoki siz tanlagan oyoq kiyim yaxshi amortizatsiyani ta’minlab berishini tekshiring.