Ijtimoiy psixologlarning ta'kidlashicha, har qanday post, bu – dunyoga yuborilgan ma'lum murojaat. Postlarning yo'qligi ham xuddi shunday. Lifehaq.uz ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning asosiy turlari hamda ularning profili qanday zaif tomonlar haqida so'zlab berishi mumkinligini hikoya qiladi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Bizning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiradigan ma’lumotlarimizni ehtimoliy ish beruvchilar va HR-menejerlar o’rganishadi, sahifalarimizga sobiq oshiqlarimiz va hozirgi sevgilimizning sobiq oshiqlari kirishadi. Akkauntlarimiz bank mutaxassislari tomonidan kredit berishdan avval sinchkovlik bilan o’rganiladi. Biz ham o’zimiz haqimizdagi ma’lumotlarni hech qizg’anmasdan taqdim qilamiz va ular qaysi zaif tomonlarimiz to’g’risida so’zlab berishi mumkinligi haqida o’ylamaymiz.

1. Kamnamo foydalanuvchi

Bunday akkaunt egasi ortiqcha ma’lumotni, odatda hattoki do’stlari bilan ham  o’rtoqlashmaydi: akkauntda atigi bir nechta surat va guruhlarga a’zolik bo’ladi. Sahifa egasi introvert bo’lishi mumkin va bunday odam uchun hayotini namoyish etish va o’zi haqidagi ma’lumotni bo’lishish qiyin kechadi.

Bundan tashqari, bu kabi yashirin hatti-harakat foydalanuvchi hissiy qiyinchiliklar kechinmasida qolganini anglatishi ham mumkin. Ehtimol foydalanuvchi tushkun kayfiyatda bo’lib, tashqi olam bilan aloqaga chiqishni istamayotgandir.

2. Biz baxtli juftlikmiz



Psixologlarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarda birgalikda tushgan suratlarni ko’p joylashtiradigan odamlar aslid munosabatlar borasida o’zlariga ishonishmaydi. Tarmoqlardagi ko’plab juftlikning birga tushgan suratlari ortida kimgadir baxtli va sevimli ekanligingizni ko’rsatish va isbotlash ehtiyoji yotadi. Bu kimdir sobiq oshiqlar, ehtimoliy raqibalar, omadsizroq dugonalar bo’lishi mumkin.

Baxtli juftliklar qanchalar baxtiyor ekanliklari va bir-birilaridan zavqlanishlarini doim butun dunyoga oshkor qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarga chalg’imaydilar. Ular shunchaki bunda ma’no ko’rmaydi.

3. Janob va xonim “selfi”

Profilda selfilar sonining ko’pligi foydalanuvchining o’ziga past baho berishiga dalolatdir. Yana xudbinligini ham ko’rsatadi. Bu kabi suratlar “Qarang, dunyo markazida kim turibdi”, – degan xabarni yuboradi. Bunday akkaunt sohibi atrofdagilarning layklar va xushomad shaklidagi e’tirofi va ma’qullashiga juda katta ehtiyoj sezadi hamda chindan ham chiroyli ekanligiga o’zini ishontirishga urinadi.

4. “Hayotdan mamnunman”

https://avatars.mds.yandex.net/get-zen_doc/198938/pub_5d7b628cb5e99200aead1078_5d7b71b3027a1500ac3e336e/scale_1200

Bunday foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqlardagi suratlariga qaraganda uning hayoti mutlaqo sokinlik va quyoshdan iborat baxtdek tuyuladi. Shirin hayot suratlari ketma-ket joylanaveradi. Har bir surat go’yoki “Qarang, men qanchalar baxtiyor va boy hayot bilan yashayapman! Qarang, imkoniyatlarim qanchalar keng!”, deb baqirayotgandek ko’rinadi.

Bu suratlar ortida atrofdagilarga o’zining boyligini ko’rsatib qo’yish, “nufuzini” namoyish etish istagi yashiringan. Ko’pincha “shirin hayot”ning bu kabi namoyishi – shunchaki o’zidan hamda ma’nosiz voqealar hissidan qochishga bo’lgan urinishdir.

5. “Jonli jurnal”

Bunday foydalanuvchi o’z sahifasida tanlamasdan hamma narsa bilan o’rtoqlashadi: taom retseptlari, yangiliklar, suratlar, o’z kayfiyati, hayotidagi tavsilotlar va shaxsiy suratlar. Psixologlarning aytishicha, akkauntni bunday yuritish holati uning muallifi o’zini yolg’iz va jamiyat tomonidan rad etilgandek his qilishidan yoki shunday bo’lishidan qo’rqib, budut olam uchun “o’ziniki” bo’lishga urinishidan darak beradi.

Agar sahifada begona maqolalar, fikrlarning qayta postlari ustunlik qilsa, bu foydalanuvchi ijodkor shaxs emasligidan va begonalarning g’oyalarini ko’rsatishni afzal ko’rishini bildiradi. Yana bir variant – u uyatchan va shunchaki o’zini ommaviy oshkor etishga uyaladi.

6. Axir men onaman!

Sahifa bola, u erishgan yutuqlar, birinchi aytgan so’zi va bosgan qadami, birga o’tkazilgan rivojlantiruvchi mashg’ulotlarning suratlari, bolalar bog’chasidagi tadbir videosi va hokazolar bilan to’lib ketgan. Chamasi, akkaunt sohibasi atrofdagilarni va birinchi navbatda o’zini tug’ruq ta’tilida hayot borligiga ishontirishga urinmoqda.

Bu bola yordamida ijtimoiy o’zini ilgari surish va o’ziga ishonchni mustahkamlashga bo’lgan urinishdir. Biroq, bunday ona ham o’zini va ham ona bo’lishdan tashqari u yana ayol, rafiqa, sevikli yor, professional ekanligini unutganligini sezmaslik qiyin. Agar shunday sahifaning sohibasi bo’lsangiz, vaqti-vaqti bilan o’zingizga quyidagi savollarni berib turishingiz zarur6 “Bularning ichida men qayerdaman? O’zim nimani hoxlayman? Nima haqida orzu qilaman?”.

7. “Mukammal tana”

Bunday profillarda eng omadli rakurslardan olingan mukammal sport tanasini ko’rasiz. Gap professional sportchilar haqida emas, balki tashqi ko’rinishiga shaydo bo’lgan oddiy odamlar to’g’risida bormoqda.

Bu holat odam o’z tanasidan qanchalar qoniqmasligi va ehtimol u haqida noto’g’ri tasavvurga egaligining ko’rsatkichidir. Bunday odamlarda muntazam ravishda o’zini yaxshilash ehtiyoji baland bo’ladi. Shu tariqa sport mashg’ulotlari, plastik jarrohlik, parhezlar qo’llaniladi. Shuningdek, bu raqobatning bir shakli. Akkaunt egasi go’yoki “Sizning qorningiz ham shunday tarangmi, menikidek bitseps va tritsepslar bormi?”, – deb so’rayotgandek tuyuladi.

8. “Jozibador”

Bu kabi akkauntlarda sahifa egalarining eng yaxshi rakursda va ko’pincha yarim yalang’och ko’rinishda olingan talay suratlarini ko’rish mumkin. Qizlar bu orqali “Men faol izlamoqdaman”, degan xabarni dunyoga jo’natadilar. Jins qanday bo’lishidan qat’iy nazar, bunday holat o’ziga past baho berish hamda profilning egasi layklar shaklida ma’qullash va rag’batni kutayotganini anglatadi.

9. “Ulfatlar yuragi”

Agar profilda shunday suratlar ko’p bo’lsa, bu akkaunt egasiga ma’lum ijtimoiy guruhga mansub bo’lish, shu guruh odamlari tomonidan qabul qilingandik yoqishini bildiradi. Bu uning ijtimoiy ilgari surilish usuli. Shuningdek, ichki bo’shliq va yolg’izlik ko’rsatkichidir.

30dan ortiq yoshda bu kabi suratlarning ko’pligi infantillikdan dalolat berishi mumkin. Zero, o’z jamoasini va unda o’z o’rnini izlash o’smirlik davriga xos harakatdir.

Go’yoki har bir post yoki uning yo’qligi xuddi tashxizdek tuyulishi mumkin. Aslida bunday emas. Psixologlarning fikricha, agar kishi avatarkasini kamdan-kam o’zgartirsa, sahifasini bir ma’noli ma’lumotlar bilan to’ldiravermasa va o’z hayotini gadjetning yonayotgan ekrani orqali ko’rishni emas, balki to’laqonli yashashni afzal ko’rsa, bu uning yetukligi va o’zini yuqori barqaror baholashidan darak beradi.