Biz internetdan kim nimani xarid qilgani haqidagi suratlarni tomosha qilishni yoqtiramiz. Biroq bunday foto ketma-ketlik qaxramoniga aylanishni hech kim istamaydi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Internet-do‘konni tanlash va shopingni yangi darajaga olib chiqishda yordam beradigan oddiy qo‘llanmani e’tiboringizga havola etamiz.

 

 

Nomi barchaga tanish bo‘lgan yirik internet-do‘konlar bor. Biroq hayotingizda ilk marta ko‘rib turgan u qadar katta bo‘lmagan saytdan buyum sotib olish uchun nima qilish kerak?

 

«Aloqalar» bo‘limiga kiramiz. U yerda nafaqat elektron pochta, balki telefon raqami va pochta manzili ham (agar do‘kon yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, u majburiy), STIR raqami, hisob raqami, hisob ochilgan bank nomi va bank ko‘rsatilishi shart.

 

Ko‘pgina internet do‘konlarida xaridorlarning fikrlari bildirilgan sahifa mavjud. Biroq saytda yozilganlarga juda qattiq ishonish ham yaramaydi: fikrlar qalbaki bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biroz vaqtingizni sarflab, boshqa resurslardagi fikrlarni izlang. Ko‘pincha izlash qatorlarida do‘kon nomi va «fikrlar»ni yozishning o‘zi kifoya. Agar do‘konning instagram, tvitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasi bo‘lsa, xeshteglardan do‘kon nomini izlab ko‘ring, ya’ni kengaytirilgan izlash bilan ham shug‘ullanish mumkin. Agar xaridorlarning xarid borasida omadi kelmagan bo‘lsa, siz uni tezda topasiz. Suratdagi fikrlarga e’tibor qarating: ana shunda u saytdagi suratga to‘g‘ri kelish, kelmasligini bilib olamiz.

 

Barcha forumlarda berilgan faqat ijobiy fikrlar ham sizni sergak tortirishi kerak. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tabiatda barcha mijozlar maqtagan dzkonlar mavjud emas. salbiy fikrlar doim bo‘ladi, bu normal holat.

 

 

Ishonchli internet-do‘kon mijoz duch keladigan xatarlarni iloji boricha kamaytirishga harakat qilaji. Shuning uchun saytda xaridor uchun kafolatlar to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lishi kerak. Buyurtma uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringiz himoya qilinganmi? Xarid uchun shartnomaga kelishilayotganida imzolanadigan elektron kelishuv mavjudmi? Agar tovar sifatsiz bo‘lsa yoki yuborilayotganida shikast yetkazilsa, pulingizni qaytarib berishadimi? Tovarni olgandan keyin pulini to‘lasa bo‘ladimi? Firibgar do‘kon va bir kunlik saytlar bunday savollarga javob berishdan qochadilar, jiddiy qonuniy do‘konlar esa bu masalalarga avvaldan e’tibor qaratadilar.

 

 

To‘lash usullari turlicha bo‘lishi mumkin: bank orqali o‘tkazish, elektron to‘lov tizimlari, terminallar, bank kartalari va h.k yordamidagi to‘lovlar.

 

Agar saytda to‘lovni faqat oldindan va oddiy to‘lov tizimlari (ikkita tugmani bosish bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin) orqali amalga oshirish mumkin bo‘lsa, bu havotirga soladigan belgi. Rasmiy to‘lov tizimlari bilan hamkorlik qilish internet-do‘konlardan ko‘plab hujjatlarni taqdim etish va bir necha bosqichli tekshruvlardan o‘tishni talab etadi. Saytda to‘lovni amalga oshirishning qancha ko‘p shakli mavjud bo‘lsa, u bilan ishlash shuncha xavfsiz bo‘ladi.

 

 

 

Agar kerakli buyumni bozor narxidan ikki baravar arzonga topsangiz, bu yolg‘on bo‘lishi aniq. Sotuvchi past narxni tovarning noqonuniy o‘tkazilishi (kontrabanda, musodara qilingan, o‘g‘irlangan) deb tushuntirsa, u bilan aloqa qilish kerak emas. Bu foydali kelishuvni amalga oshirish imkoniyati emas, firibgar qurboniga aylanish ehtimolidir.

 

 

Qoidaga ko‘ra ko‘plab intenet-do‘konlarni tekshirib ko‘rish uchun ilk 5 qadam yetarli bo‘lishi kerak. Kerakli buyumga qo‘rqmasdan(birinchi marta tovar haqini mahsulot qo‘lga kiritilgach to‘lash sharti bilan) buyurtma berishingiz mumkin. Agar xarid juda qimmat bo‘lsa va siz g‘ali ham o‘z vositalaringiz uchun havotir olayotgan bo‘lsangiz, tekshirib ko‘rishning boshqa usullari ham bor.

 

  • Busaytda do‘kon domeni qachon va kimning nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilganini ko‘rish mumkin. Agar domen biroz muddat oldin ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa va jimoniy shaxs chet elda istiqomat qilsa, bu o‘ylab ko‘rish uchun yaxshi bahona.

 

  • Sitata qilish indeksini bilib olish mushkul emas. Masalan, ushbu instrumentyordamidaturli resurlar to‘g‘risidagi fikrlarni bilish mumkin.Shuningdek sayt reytingini mana bu yerdan bilib olish mumkin (ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi). Yirik do‘konlarda sitata qilish indeksi bir necha mingni ko‘rsatadi, qalbaki saytda esa u nolga teng bo‘ladi.

 

Kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Federal soliq xizmati sayti orqali tekshiring. Buning uchun saytning «Elektron xizmat» bo‘limiga kirib, «O‘zingiz va kontragentni tekshiring” punktini tanlab, kompaniya STIR yoki asosiy davlat ro‘yxati raqamini kiriting. Shu yo‘l orqali kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan-o‘tmaganligi, u hozirda mavjudligi, yoki boshqa tashkilot ma’lumotlari saytdan foydalanayotganini bilish mumkin.

 

 

Siz do‘konga 100 foiz ishonch bildirsangiz ham bu xarid sizning ko‘nglizga yoqishini kafolatlamaydi. Umidingiz puchga chiqmasligi uchun quyidagilarni tekshirib ko‘ring:

 

  • Mahsulot o‘lchamlari. Surat mahsulotlarning haqiqiy o‘lchamlarini noto‘g‘ri ko‘rsatishi mumkin. Vijdonsiz sotuvchilar bundan foydalanib qolishadi. Suratda tovar yirik bo‘lib ko‘rinadi, unga berilgan mayda shriftdagi ta’riflarda esa haqiqiy o‘lchamlar ko‘rsatiladi. Agar siz buyurtmani qo‘lga kiritgach, pulni qaytarmoqchi bo‘lsangiz, sizga ta’rifni diqqat bilan o‘qish kerakligini muloyimlik bilan tushuntiradilar.

 

  • Kiyimning o‘lchami to‘plami. Bu yerda gap suratlarni chalkashtirib yuborishda emas, o‘z o‘lchamingizni tanlashda. Turli ishlab chiqaruvchilardagi o‘lcham to‘plami tartibi bir-biridan farq qilishi mumkin. Yorliqlar orqali bilish imkonsiz, sotuvchidan santimetrdagi o‘lcham jadvalini berishini so‘rang va kerakli o‘lchamni hisoblang.

 

  • Hatto hayotda ham odam ranglarni o‘zicha ko‘radi, monitor orqali qanday ko‘rishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Monitor rangni o‘zgartirib ko‘rsatadi, sizga malina rangida bo‘lib ko‘ringan buyum hayotda qizil bo‘lishi mumkin. Agar buyum rang turi siz uchun ahamiyatli bo‘lsa, tovarni sayt va tabiiy yorug‘likda taqqoslash uchun haqiqiy holatda rasmga olishini so‘rang. Bu rang turini topolmay qolish hatarini kamaytiradi.

 

  • Bu yegulik, kiyim yoki hatto maishiy tovarlar bo‘lsa ham, siz yoqtirgan buyum tayyorlangan material tarkibini diqqat bilan o‘rganish kerak. Suratda shoyi matosi trikotaj, plastmassa – sopol, telefon esa mashhur brendning nusxasi kabi ko‘rishi mumkin. Texnik xususiyatlar ta’rifida esa haqiqatni yozishadi. Sizning vazifangiz uni topishdan iborat.