•  
  •  
  •  
  •  

Vaqt yetishmasligiga doimiy ravishda e’tibor qaratish va shoshqaloqlik surunkali havotir holatiga sabab bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bu qarorlar qabul qilish qobiliyatini susaytiradi.

Bizga band bo‘lib ko‘rinish yoqadi

Bir majlisdan boshqasiga o‘tganda, xatlarga javob berish va ishlar rejasidan bandlarni o‘chirib tashlash natijasida olinadigan quvvat biz uchun yoqimli. Bizga muhtoj ekanliklarni his etamiz, tabiiyki, buni tez-tez his etgimiz keladi. Biroq me’yorni bilish kerak va bandlikni shoshqaloqlik bilan alishtirmaslik lozim. So‘nggisi butun jamoaning mahsuldorligiga zarar keltirishi mumkin.

Ko‘pincha doimiy shoshadigan odam uning harakatlari atrofdagilarga qanday ta’sir ko‘rsatishini anglamaydi. U o‘zini samaraliroq ishlashga harakat qilayotgandek sezadi. Aslida u hammani asabiylashtiradi.

Boshqalar gapini bo‘lish, tinchlanishni so‘rash, istalgan vaqtda hamkasblarni ishdan chalg‘itish va noreal muddatlar qo‘yish jamoa ishini izdan chiqaradi.

Bundan tashqari zo‘riqish yuqumli bo‘lishi mumkin. Yaqinda miya hujayrasining yangi turi – “ko‘zguli neyronlar” aniqlandi. Ular kimningdir harakatini kuzatib turganimizda faollashadi va biz ham uni bajaramiz. Masalan, kimdir og‘riqni his etayotganini ko‘rganimizda yoqimsiz holatni his etamiz. Demak, biz “ko‘zguli” zo‘riqishni ham his etishimiz mumkin.

Ko‘pgina kompaniyalarda har bir xodim hamkasbiga qaraganda band ekanini namoyish etishni istaydigan raqobat madaniyati shakllangan. Tabiiyki, bu vaziyatda ruhiy salomatlik aziyat chekadi. Yaxshiki, shoshqaloqlik natijasida paydo bo‘ladigan havotir tashqi bosim emas, odatga asoslangan. Odatlarni esa o‘zgaritirish mumkin.

Ishdagi shoshqaloqlikni qanday qisqartirish mumkin

Tezkor ish va qo‘ng‘iroqlar bizni ko‘pincha havotirga soladi. Bu vaziyatda besh vazifa qoidasi qo‘l kelishi mumkin. Unga ko‘ra, besh vazifa bilan chegaralanish lozim:

  • ayni vaqtda ishlayotgan ikki vazifa;
  • keyin bajarish rejalashtirilayotgan ikki vazifa;
  • bajarishga ulgurmaydigan vazifa (u bilan shug‘ullanishingiz kutilayotgan bo‘lsa ham).

Har bir o‘z ish jarayonini o‘zi nazorat qila olishiga qaramay, jamoaning umumiy maqsadlari haqida unutmaslik lozim.

Har bir vazifani kiyim o‘lchami (S, M, L, XL) kabi yoki uni bajarish uchun ketadigan kun va soatlar bilan baholashga harakat qilib ko‘ring. Aynan shu yo‘l loyihaning barcha ishtirokchilari uchun ishning real tezligi va muddatini tanlay olasiz. Yodda tuting, har bir vazifa katta maqsadga mos kelishi va sizning kundalik maqsadingizga muvofiq bo‘lishi lozim.

Chek-list

  1. Loyiha ustida ishlash tezligi va uni tugatish muddatini aniqlayotganda turli xodimlar fikrini inobatga olishni unutmang.
  2. Muloqot usullari, ish vaqti va majburiyatlarni aniq chegaralang hamda bu qoidalarga amal qilmaslikka yo‘l qo‘ymang.
  3. Jamoa bilan ishdagi zo‘riqish darajasi, kerak bo‘lsa jadval va majburiyatlarga o‘zgartirishni muhokama qilish uchun har oy vaqt ajrating.
  4. Yodda tuting, muvaffaqiyat ish hajmi bilan emas, uning natijasi bilan o‘lchanadi.