Biz lablarni qanday himoya qilish, qachon shifokorga borish va qaysi dori eng shirini ekanligini aniqladik.

  •  
  •  
  •  
  •  

Lablarda ko’plab qon tomirlari va asab tolalarini uchlari joylashgan bo’lib, u yerdagi teri yupqa hamda yog’ bezlari va yog’li qatlamga ega emas. Aynan shuning uchun lablar juda sezuvchandir. Ayrim maqsadlar uchun bu juda yaxshi, ammo nozik teri yorilib, lablar cho’l manzarasiga kirmagunicha, albatta.

Bu holat nega yuz berishini aniqlaymiz.

Lablar nega yoriladi:

Sovuq

Ko’cha juda sovuq bo’lsa, himoyalanmagan lablar buni darhol his etadi. Lablardagi tomirlar torayadi va ustki qavatni oziqlantirishdan to’xtaydi. Hech qanday himoya bo’lmasa (og’iz yopilmasa va maxsus kosmetika ishlatilmasa), ayoz lablar terisining ustki qatlamidagi namlikka ham ta’sir qiladi. Namlikni yo’qotgan yupqa teri quruq va nozik bo’lib qoladi.

Issiq

Issiq havo qon tomirlarini toraytirmasa-da (bari aksincha), organizmning umumiy suvsizlanishiga sabab bo’ladi. Tilda, tomoqda va albatta, lablarda quruqlik hissi paydo bo’ladi. Namlik yetishmasligi nozik terining mo’rtligini oshiradi va yoriqlar kelib chiqadi.

Lablarni yalash odati

So’lak quriganidan so’ng lablar namlikni va tabiiy surtmani yo’qotadi, shuning uchun kuchliroq yoriladi. Agar sizda lablarni yalash yoki tishlash odati bo’lsa, bu holat qaysi payt kuchliroq namoyon bo’lishini kuzating. Odatda, bunga oddiy stress sabab bo’ladi.

Allergiya

Qandaydir mahsulotni yeyish vaqtida butun og’iz otashdek yonayotganini hech sezganmisiz? Ehtimol, lablarga ham shikast yetkazadigan oral allergiya sindromi shundan paydo bo’lar.

Xavfli yegulik

Ayrim yeguliklar allergiyaga sabab bo’lmaydi, ammo shusiz ham ko’rinishni buzadi. Masalan, ko’p miqdorda sirka solingan taom (salatlar yoki konservalangan mahsulotlar), tarkibida kislotalar ko’p bo’lgan ayrim mevalar (sitruslilar, kivi), achchiq ziravorlar, tuzlangan yengil tamaddilar terini qo’zg’atib, quritadi va darhol yoriqlar bilan qoplanishiga olib keladi.

Sifatsiz kosmetika

Yaroqlilik muddati o’tgan yoki shunchaki sifatsiz kosmetika mahsulotlari hali hech kimga foyda bermagan.

Biroq, ba’zan hattoki sinalgan belgilarning mahsulotlari ham lablarning yorilishiga olib keladi. Bundan tashqari, atayin shunday muammolar bo’lmasligi uchun yaratilgan maxsus gigiyenik lab bo’yog’i olinganida ham quruqlik paydo bo’ladi. Demak, bu lab bo’yog’i shunchaki sizga to’g’ri kelmagan.

Lab bo’yog’idan keyin lablar o’zini qanday his qilayotganini kuzating. Vositani kuniga uch marta surmasangiz, teri quruqligidan tortilib qolyaptimi? U holda sizga yordam beradigan boshqa lab bo’yog’ini oling. Ehtimol, uzoq vaqt izlashga to’g’ri kelar.

Qattiq piling

Yuvinish paytida lablar uchun mo’ljallangan qattiq skrablar yoki cho’tkalardan muntazam foydalanilsa, yupqa terini shikastlash va xunuk yoriqlarga ega bo’lish mumkin. Shuning uchun ehtiyotkor bo’ling.

Infeksiyalar

Lablarga arar yetkazadigan eng keng tarqalgan infeksiya – oddiy gerpes virusi yoki oddiy qilib aytganda lablardagi shamollashdir. O’tkirlashish holati, agar bakterial infeksiya qo’shilmasa, muammosiz o’tadi.

Ayrim holatlarda lablar, ayniqsa burchaklar zamburug’li infeksiya – kandidoz tufayli yoriladi. Bu og’iz bo’shlig’ida rivojlangan oddiy til oqarishidir. Ko’pincha bu kasallik bolalarda uchraydi.

Yallig’lanish yaqqol ifodalangan, lablar qizil rangda bo’lsa va og’risa, lablarning quruqligi o’z holicha o’tib ketmasa yoki yoriqlar atrofida oq karash bo’lsa, shifokor qabuliga borish zarur.

Infeksiya davolangan zahoti yoriqlar ham o’tib ketadi. Bunday vaziyatda qanday va nimani davolash kerakligini dermatolog aytadi, chunki davolash sizda aynan qanday infeksiya rivojlanganiga qarab tayinlanadi.

Og’iz burchaklarida yoriqlar qayerdan paydo bo’ladi

Lablarning burchaklaridagi yoriqlar – eng yoqimsiz holatdir, chunki ular qattiq og’riqdi, og’iz ochishga yo’l bermaydi va uzoq vaqt tuzalmaydi.

Ular paydo bo’lishining asosiy sabablari huddi lablar quruqligidagi holatga o’xshaydi, ammo qo’shimcha omillar ham mavjud.

  1. Surunkali kasalliklar, Masalan, qandli diabet yoki har qanday teri kasalliklari.
  2. A yoki V2 vitaminlari, ehtimol temir moddasining yetishmasligi. Biroq bu holat faqat noto’g’ri ovqatlanishdan kelib chiqadi. Shu bois, teri muammolaridan aziyat chekmaslik uchun sog’lom yegulik va to’laqonli ratsionga o’ting. Organizmda temir miqdorini aniqlash uchun oddiy qon tahlili topshiring.
  3. Namlik. Agar lablarning burchaklari so’lakdan doim nam bo’lib tursa, ehtimol jag’ning noto’g’ri joylashuvi sababchidir. Stomatolog maslahatini oling. Balki buni tuzatishning imkoni bordim.

Yorilgan lablarni uy sharoitida davolash

Lablar quruqshab, g’adir-budur bo’lib qolgan bo’lsa, yoqimsiz alomatlar o’tib ketishi uchun bir oz harakat qilish kerak.

Birinchidan, kuchli istak bo’lishiga qaramay, lablarni tishlash yoki terining qattiq qismlarini yulib olish mumkin emas. Buning oqibatida terini kuchliroq shikastlaymiz va qavatlashishni davom ettiramiz.

Ikkinchidan, lablarni maxsus balzamlar yoki lab bo’yoqlari bilan namlantiring. Barmoqlar bilan tegib, lablarga balzam bilan birga yana mikroblarni ham surmaslik uchun bankalardagi vositalarni xarid qilmang.

Uchinchidan, shag’am, vazelin asosida ishlangan tabiiy va imkon qadar oddiy vositalarni sinab ko’ring. Tarkibda aralashmalar qancha ko’p bo’lsa, aynan shu balzam sizga to’g’ri kelmasligining ehtimoli ham shuncha kattadir.

Yorilgan lablarga yana nima surtish mumkin

Agar do’konlardan yordam beradigan aynan o’sha lab balzamini izlashdan charchagan bo’lsangiz, oddiy vositalardan foydalaning.

Oddiy tabiiy asal – yaxshi namlantiruvchi vosita. Uni lablarni yalab olmaslik uchun uyquga yotishdan avval surtgan ma’qul.

Agar asalga allergiyangiz bo’lsa, kakao, kokos, bodom, chakanda (oblepixa), na’matak, kalendula moylarini sinab ko’ring. Ular namlikni saqlaydi, terini yumshatadi va yoriqlar tezroq tuzalishiga yordam beradi.

Lablar yorilishining oldini olish

Asosiy profilaktika oddiy:

  1. Og’iz quriganini his etgan zahoti suv ichish.
  2. Xonalarda havoni namlantiruvchi vositalardan foydalanish.
  3. Lablarni quyoshdan UB-filtrli krem yoki lab bo’yog’i bilan himoyalash.
  4. Lablarni sovuqdan gigiyenik yog’li lab bo’yog’i yoki vazelin bilan himoyalash.
  5. Qishda va kuzda qor, yomg’ir va shamoldan og’izni sharf bilan yopish.
  6. Faqat sifatli kosmetikadan foydalanish.
  7. Qo’zg’atuvchi mahsulotlar iste’molini cheklash.
  8. Xotirjamlikni saqlash va asabiylashmaslikni o’rganish.