Muvaffaqiyatli suratning to‘qqiz siri professional model tajribasiga ega bo‘lmay ham suratga chiroyli tushishda yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqdagi suratingizni almashtirishdan oldin mazkur xiylalardan foydalaning.

  •  
  •  
  •  
  •  

Muvaffaqiyatli suratning to‘qqiz siri professional model tajribasiga ega bo‘lmay ham suratga chiroyli tushishda yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqdagi suratingizni almashtirishdan oldin mazkur xiylalardan foydalaning.

O‘z rakursingizni toping 

Har safar ko‘zguda nima uchun aqlbovar qilmas darajada go‘zal ko‘rinib, suratda xunuk chiqishingizga xayron qolasizmi? Xafa bo‘lmang, gap sizda emas. Yoddatuting: kamerasizning 3D suratingizni 2D formatiga o‘tkazadi. Natijada tabiiy shakl va soyalar kamayadi, natijada batamom “yassi” surat vujudga keladi.

Aynan shuning uchun kameraga to‘g‘ri turish (axir “pasport uchun surat” iborasi bejiz muvaffqiyatsiz portret suratisi nonimiga aylanmagan) tavsiya etilmaydi. Obyektivga yarim burilgan qarang va albatta yaxshi deb hisoblagan tomoningiz bilan surat kashgaqarang. Ma’lumki, inson yuzi bir-biriga mutanosi bemas, bir tomon chiroyliroq ko‘rinadi. Bu subyektiv munosabat, biroq ko‘plab suratkashlar bu odatda chap tomon ekanini e’tirof etadilar.

Suratda hayotdagidan xunukroq ko‘rinishingizning sababi obyektiv ro‘parasida ko‘zgu oldidagi eng “chiroyli” holatingizni takrorlashga odatlangansiz. Ko‘zgu oldida ongli ravishda chiroyli holatda turishni mashq qiling. Kamchiligingizni yashirib, yutuqlaringizni ko‘rsatuvchi holatlarni eslab qoling. Oltin qoida shuki, kamaytirishni istasang, o‘sha narsani orqa fonga o‘tkaz, katta qilib ko‘rsatishni istagan narsani esa old planga joylashtir.

Boshqacha qilib aytganda, dahaningiz og‘ir deb hisoblasangiz, uni obyektiv oldida balandroq ko‘tarish, agar burningiz kattaligidan uyalsangiz, boshni juda egib yuborish kabi kamerani aldash uchun aksincha harakat qiling.

Burchak yarating

Yodda tuting, fotoapparat tabiiy soyalarni kamaytirib, nafaqat yuzdagi, balki tanadagi hamma egilgan chiziqlarni “tekislaydi”. “Oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar yonga” holatida bo‘lmang.

Eng chiroyli ko‘rinish – qomat polga nisbatan 45 gradusni xosil qilishi uchun biroz egilgan holatda turish, oyoqlarni chalishtirib, vaznni orqada turgan oyoqqa tushirish. Bir qo‘lni biroz ko‘tarib, u bilan boshni ushlash, ikkinchi qo‘lni esa bo‘ksaga qo‘yish.

 Oyoqlarni chalishtiring

Qizil gilamdagi mashhurlarning tana holatini diqqat bilan kuzatish lozim. Siz , ularning ko‘pchiligi kamera oldida turganida oyoqlarini chalishtirishiga hech e’tibor berganmisiz?

“Yulduzlarga xos” bu xiyladan foydalaning. Tananing bunday holati oyoqlarni uzaytirishga yordam beradi.

Bo‘yinni uzaytiring

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - image.png

O‘zingizni kamera oldida noqulay his etasizmi? Yelkangizni qisib, bo‘yningizni ichkariga tortgingiz keladimi? Agar suratga putur yetkazgingiz kelmasa, bunday qilmang.

O‘zingizni toshbaqadek tutish o‘rniga bo‘yningizni ko‘tarib, dahaningizni biroz oldinga cho‘zing, yelkalarni yuqoriga ko‘tarib, ularni orqaga tashlang.

Qo‘llarni nazorat qiling

Yon tomon bilan suratga tushayotganda qo‘llar holatiga e’tibor berishni unutmang. Yelkalaringiz nozik bo‘lmasa, bunday holatda suratga tushayotganda qo‘lingizni bel yoki bo‘ksangizga qo‘ying. Agar uni tanaga tekkizgan holda suratga tushsangiz, u aslidagiga qaraganda ikki marta to‘laroq ko‘rinadi.

Tabassum qiling

Ataylab kulsangiz ham bu hamma tishlarni kulib tabassum qilgandan ko‘ra tabiiy ko‘rinadi. Kulishni boshlashingiz bilan imo-ishora bu yuqumli tabassumni “o‘zlashtiradi” va yuzga o‘zgacha ko‘rinish beradi. Oxir-oqibat, kuladigan odamlar – eng chiroyli modellardir.

To‘g‘ri fon tanlang

Ko‘plab mayda detallar fonida portretga tushish yaramaydi, u e’tiborni yuzingizdan boshqa narsaga tortadi. Bir xil rangdagi yuzani tanlagan ma’qul.

Suratkashdan boshingizdan daraxt shoxlari o‘sib chiqmasligi, yelkangizda kutilmagan o‘tib ketuvchilar “uya qurmasligi”, orqangizda o‘rinsiz yozuvlar bo‘lmasligiga e’tibor berishini so‘rang.

Yorqin urg‘u qidiring

Surat o‘ta zerikarli ko‘rinmasligi uchun yorqin rang qo‘shing: qizil lab bo‘yog‘i, sochga taqilgan gul, sharf yoki to‘g‘nag‘ich. Bu suratga bir onda o‘zgacha ko‘rinish beradi.

 Aksessuarlardan foydalaning

Ko‘p hollarda yaxshi chiqqan suratni qo‘llarning beo‘xshov holati tufayli “savatcha”ga yuborishga to‘g‘ri keladi: bu tasvirda qo‘l jonsiz ko‘rinishda osilib turibdi, mana bunisida esa notabiiy bukilgan, uchinchisida bilak artroz tufayli qiyshayib qolganga o‘xshaydi. Agar tasvirga olish vaqtida qo‘lingizni nima bilan band etishni bilmasangiz, quyidagi fikrlar sizga qo‘l keladi:

  • Bokal. Agar kechada suratga tushayotgan bo‘lsangiz, musallas yoki shampan ichimligi solingan bokalni qo‘lingizga oling. Biroq kadrda alkogol shishasini qo‘choqlash – chiroyli emas, achinarli va kulguli ko‘rinadi.
  • Guldasta. Gullar har qanday qizga ko‘rk bag‘ishlaydi. Agar qo‘lingizga chiroyli guldasta tushib qolsa, undan aksessuar sifatida foydlansangiz bo‘ladi.
  • Jonivor. Mushukcha, kuchukcha, quyoncha va boshqa yoqimtoy hayvonlar bilan olingan suratlar (agar ularga g‘aroyib kiyimlar kiydirilgan bo‘lsa) – ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘p sonli “yurakcha” va “layklar” kafolatidir.
  • Marjon yoki sharf.Marjon va sharfni bo‘yningizga biroz torting, bu harakatsiz bo‘lgan qo‘llarni to‘g‘ri joylashtirish imkonini beradi.
  • Qo‘llar cho‘ntakda.Qo‘llarni cho‘ntakka solish fotosessiya jarayonida odob qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan holat emas. Aksincha!
  • Xlopushka va bengal olovi.Bengal olovini yoqin yoki xlopushkani torting. Muhimi – suratkash kerakli onni o‘tkazib yubormasa bo‘lgani.
  • Kitoblar. Yana nima aqlli qizlardan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishi mumkin?

Va, iltimos, guruh bo‘lib olinadigan suratlar uchun “qo‘llar beda” yoki “qo‘llar bo‘yin atrofida”dan ko‘ra ijodkorona biror narsa o‘ylab toping. Tasavvuringizga ko‘proq narsa kelmasa, yaxshisi qo‘llarni tepaga ko‘taring.

Yoqimli fotosessiya va muvaffaqiyatli suratlar tilaymiz!