Haqiqatdan ham fazoviy manzaralarning ixlosmandlari uchun Marsda o'zi yurar apparat tomonidan olingan suratlar.

  •  
  •  
  •  
  •  

2012 yilning oltinchi avgustida Curiosity roveri Mars yuzasiga qo’ndi. U Qizil sayyoraning iqlimi va geologiyasini o’rganish bilan bir qatorda, yana bir muhim savolga javob topishga yordam berishi kerak edi: qachonlardir sayyorada hayot bo’lganmikin?

Curiosity butun ish faoliyati davomida ko’plab qiziq kashfiyotlarni amalga oshirdi: masalan, tuproqda metan manbaini topdi, sayyoradagi organikaning yoshini va suv irmoqlari quriganidan so’ng qolgan loy yoriqlarini aniqladi. Shuningdek, u tuproq tahlilini olish uchun mo’ljallangan burg’ining sinishini boshdan kechirib, hozirgi kungacha davom etayotgan chang bo’ronida omon qoldi.

Curiosity apparatining xizmat qilish muddati taxminan Yerdagi ikki yilga (Marsdagi bir yil) mo’ljallangan bo’lishiga qaramay, oqibatda u rejalashtirilgan ish muddatining qariyb uch barobarga oshirdi. Ehtimol, u hattoki “o’rindoshining” kelishini ham ko’ra olar. Biz rover kameralari tomonidan olingan eng yaxshi suratlarni jamladik.

1. Eolida tog’i (Sharp tog’i), Geyl kraterining markaziy cho’qqisi

2. Curiosity o’zining yurish qismini shunday ko’radi

3. Eolida tog’ etaklaridagi Bagnold barhanlari

4. Curiosity manipulyatori

5. Vera Rubin tizmasidagi yemirilish izlari (Eolida tog’i)

6. Curiosity Mars yuzasida o’zidan keyin izlar qoldirmoqda

7. Curiosity qo’ngan Geyl krateri panoramasi

8. Qum barhani ustidan chang quyuni o’tmoqda

9. Marsdagi barhanlar

10. Eolida tog’ etaklari

11. Eolida yonbag’irlaridagi mineral jilg’alar

12. Filtrlar yordamida olingan surat minerallar mavjudligini ko’rsatmoqda

13. Eolida tog’ etagidagi qatlamlanishlar

14. Myurrey tog’ligidagi qiya tepalik

15. Eolidadagi mineral jilg’alar ko’p “Bog’ shahri”

16. Eolidaning pastki qismida joylashgan Naukluft platosining manzarali surati

17. Myurrey tog’ligidagi stolsimon tog’lar

18. Tuproqning gorizontal qatlamlanishi qachonlardir bu yerda suyuq suv oqqanidan dalolat bermoqda

19. Tosh plitasidagi chamasi qotgan loy qoldirgan yoriqlar

20. Geyl krateridan Quyosh botishining ko’rinishi

21. Ehtimol Mars suvlari qoldirgan yana bir loyli yoriqlar bo’lagi

22. Eolida tog’ etaklarida Curiosity o’rganmoqchi bo’lgan geologik qatlamlar ko’rinmoqda

23. Eolida pastki qiyaligidagi Ayrsonning besh metrli tepaligi

24. Curiosity Marsga kelgan vaqtida (chapda) va 6 yil o’tgach (o’ngda) olgan selfi

Nafaqat rover, balki atrofdagi holat ham o’zgargan – bunga butun Marsni qamrab olgan chang bo’roni sababdir.