Agar shtopor bo‘lmasa, musallasni ro‘zg‘orda mavjud bo‘lgan vositalar yordamida ochish mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Agar shtopor bo‘lmasa, musallasni ro‘zg‘orda mavjud bo‘lgan vositalar yordamida ochish mumkin.

1. Mix sug‘uruvchi bolg‘acha va mixlar

Probkaga 2 ta mixni uchi biroz kirgan holda qoqing. Endi esa ularni tortib oling.

2. Qayrilmali burama va arqon

Probkaga qayrilmali buramani mahkamlang, boshqa tomoniga esa arqonni bog‘lab, o‘zingiz tomonga torting

3. Bolg‘acha va burama mix

Mixlar bilan amalga oshirilgan jarayon takrorlanadi. Burama mixni qotirib, probkani mix sug‘uruvchi bolg‘acha bilan tortib oling.

4. Xitoycha tayoqchalar

Probka shisha ichiga tushishi uchun tayoqchalar bilan itaring. Musallasning ozginasi to‘kilishi mumkin, shuning uchun quruq sochiqchalar tayyorlab qo‘ying.

5. Marker

Tayoqchalar bilan amalga oshirilgan harakatlarni takrorlang.

6. Sochiq va devor

Shisha idish tagini sochiq bilan o‘rang va devorga uring. Biroz vaqt o‘tib, probka bosim ostida o‘zi chiqib ketadi. Biroq urishga qattiq berilib ketmang, shisha idish sinib ketishi mumkin.

7. Velosiped ilgagi

Ilgakni burab, o‘zingizga torting. Ehtiyot bo‘ling, jarayon davomida musallas sachrashi mumkin.