Mening bir tanishim ishlamaydi, bor vaqtini ulkan uch qavatli uyida oxiri ko'rinmaydigan ta'mirlash va qayta rejalashtirish ishlariga sarflaydi. Shuningdek, farzandi bilan ko'pincha – yiliga besh marotaba dam olishga boradi, turmush o'rtog'i esa ertalabdan kechgacha oila manfaati uchun ishlaydi. Dugonamning sevgilisi u qadar yoqimli odam bo'lmasada, ular juda inoq hayot kechirishadi. Aynan dugonamning namunasida men turmush o'rtoqlar bir-birini yarim og'iz so'zdan tushunadigan mustahkam munosabatlarni qurish yo'lini anglab yetdim. Shunchaki aqlliroq bo'lish va erkaklar olamini tushunish kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

Aslida hammasi juda oddiy, o’rganing:

O’ta jiddiy bo’lmang


Erkaklar tanishuv chog’ida jiddiy munosabatlarni qurish haqida mutlaqo o’ylamaydilar. Ular yoqimli muloqot, yengillik va hursandchilikni istaydilar. Shu bois darhol uning shaxsiy erkinligini cheklamang hamda zudlik bilan uzuk va to’yni talab qilmang. Shaxsiy hududga bostirib kirish har doim salbiy qabul qilinadi. Romeongizni cho’chitib yubormaslik va istagingizga erishish uchun erkaklar hududiga asta-sekin, pog’onama-pog’ona kirib borish zarur.

Kechirimli bo’ling


Hammamiz xato qilamiz, ammo erkaklar hech qachon o’z xatosini tan olmaydilar. Ayniqsa, yoqimsiz chiyillagan ovozda unga “men aytgandimku, aytgandim”, deb qaytaraversangiz. U minglab aybdorlar va millionlab sabablarni topadi, lekin o’z xatosini tan olmaydi. Va, bu yomon emas! Shunchaki, erkak kishi ayolining nazdida eng yaxshi va aqlli bo’lib qolishni istaydi. Xo’sh, o’zingizni erkin qo’yib, vaziyatga uning nigohida qarashga sizga nima to’sqinlik qiladi? Unga kesatmasdan, janjal qilmasdan va qahramon obrazini buzmasdan munosabat qilish mumkin.

Sha’ma qilmang, to’g’risini ayting


Erkaklar ko’pincha bizning sha’malarimiz va qog’ozga o’rog’liq iltimoslarimizni tushunishmaydi. Masalan: “Lyuda zo’r yangi mashinalik bo’libdi!”, – deysiz, u sizni tushunib, ertasigayoq eshigingiz oldida yangi qizil “ferrari” turishiga umid qilgan holda. Lekin u tushunmaydi, erkaklarga soddalik va qisqalik kerak: “Yangi mashina olib ber va iloji bo’lsa mana shunisini”… Tom ma’noda barmog’ingiz bilan ko’rsating va hech qanday arazlar bo’lmaydi. Sizga darhol salbiy yoki ijobiy javob qaytarishadi.

Xushomadlarga ziqnalik qilmang


Sizningcha xushomadlar faqat biz, qizlarga havodek zarurmi? Yo’q, aslida juftlaringiz ularga ko’proq ehtiyoj sezishadi. Ular bizning qoyil qolishimizni juda xohlashadi va bu qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Zero, ularning olami raqobatga asoslangan bo’lib, bir-birlariga erishgan yutuqlarini maqtanishni yaxshi ko’rishadi. Agar sizning maqtovingiz bir necha marotaba, tag’in begona odamlar orasida aytilsa, u siz uchun tog’larni talqon qilishga tayyor bo’ladi! Aynan shuning uchun dugonamning uyiga kelganimda, u choy ustida turmush o’rtog’ini maqtayverganida men doim hayratdan yoqa ushlayman. Menga xuddi u o’zining pastakkina qorin solgan eri emas, balki romanlardagi qahramon haqida so’zlayotgandek tuyuladi.

Uning do’stlari bilan tanishing


Erkakning do’stlari bilan muloqotini cheklash kerak emas. Shunchaki unga o’z makoni va maslakdoshlari bilan aloqalari zarurdir. Yaxshisi ular bilan do’stlashib oling va boshqa hech qachon sevgilingiz kim bilan va qayerda yurganidan havotir olmaysiz.

Va, oxirida: kasal erkak Koinot markaziga aylansin


Uning “o’lim arafasidagi” holatini tanqid qilmaslik va ustidan kulmaslik zarur. Buning o’rniga jiddiy qiyofada uning o’yinini o’ynang. Ishoning, u tezda tuzala boshlaydi, siz esa dunyodagi eng g’amxo’r va sevimli ayolga aylanasiz.

Qiyin emasku, to’g’rimi? Erkaklar olami va psixologiyasiga oid bu bilimlar qancha eshiklarni ochishini hisobga olsak, menimcha bu maslahatlarni maktabda dasr sifatida o’tish kerak. Axir, nima bo’lganda ham biz turlichamiz va ba’zan munosabatlarni Mendelson marshigacha olib borish og’ir kechadi. Keyinchalik mustahkam oilani qurish esa – yanada qiyin. Keling o’rganamiz?