•  
  •  
  •  
  •  

Ba’zida tashqaridan qaraganda muvaffaqiyatli odamlarning hech qanday tashvishi yo‘qdek ko‘rinadi. Biroq bu bor-yo‘g‘i aysberning yuzadagi qismidir.

Omadli odamlarning ishi reja bo‘yicha ketayotganga o‘xshaydi. Ular zarur narsani o‘zlari istagan vaqtda olishadi. Yo‘lda kerakli va to‘g‘ri odamlarni uchratadilar. Ular hayotdagi ustuvor maqsadlarini ancha avval aniqlab olishgan.

Biroq buning ortida ulkan mehnat yotibdi. Muvaffaqiyatli odamlar ular uchun ma’noga ega vaziyatdagina o‘zlari haqida ochiq ma’lum qilishadi. Ular barcha qadamlarni oldindan hisoblab chiqishadi. Shuning uchun vaqtlarining qolgan 99 foizini ishga bag‘ishlaydilar. Boshqa narsaga esa ularning vaqti yo‘q, ayniqsa, u muvaffaqiyatning cho‘qqisidan joy egallagan bo‘lsa.

Qattiq ishlagan va buning uchun kuchini ayamagan odamgina muvaffaqiyatga erishadi.

Omadli odamlar qoidasi

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - zhenschina.jpg

Agar maqsadingizga erishmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizni omadli odamlar bilan qurshab oling. O‘z ishida muvaffaqiyat qozonganlar bilan suhbat qurish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Ulardan o‘rganing. Tajribasidan foydalaning. Ishingizda asqotadigan hech bir narsani ko‘zdan qochirmang.

Ana o‘shanda hamma omadli odamlar oddiy, biroq samarali qoidaga to‘liq amal qilishiga ishonch xosil qilasiz.

Dastlab bajarishingiz kerak bo‘lgan ishni qiling. Keyin – o‘zingiz istagan narsani amalga oshiring.

Dam olishdan oldin sizni oldinga olib boradigan ishni bajaring. Muvaffaqiyatga erishish va istagan narsangiz bilan shug‘ullanish baxtiga muyassar bo‘lish uchun dastlab ishlash kerak. Axir bejish aytishmaydiku: ishga – vaqt, ermakka – soat kerak.

Sizga har doim ham oson bo‘lmaydi. Muvaffaqiyat yo‘lida mashaqqatlarga duch kelasiz, biroq eng qat’iyatlilargina maqsadga erishadi. Chekinmang, erinmang va hech qachon “qo‘lingizni tushirmang”.