Do‘stlik, do‘stlarni yo‘qotish, oldini olish, shaxslararo munosabatlar, sevishgan juftliklar, oilalar, saqlab qolish, ijtimoiy tarmoqlar, munosabatlarni saqlab qolish, xotiralar, sharoit va muloyimlik

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Bolalik va yoshlikda do’stlik biz uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi, ammo vaqt o’tib, u o’z ahamiyatini yo’qotadi. Nega ulg’aygach odamlar do’stlarini yo’qotishadi va buning oldini olish mumkinmi?

Do’stlik – bu ixtiyoriy ish. Uning zaif jihati ham shunda.

Aloqalar ierarxiyasida do’stlik oxirgi o’rinda turadi. Sevgilisi, ota-onasi, bolalari bilan munosabatlar – bularning barchasi do’stlikdan yuqorida turadi. Bu hayotda adolatli hisoblanadi va ilm-fanda o’z aksini topgan: shaxslararo munosabatlarni o’rganish, asosan, sevishgan juftliklar  va oilalarga tegishli.

Do’stlik – noyob munosabatdir, chunki qarindoshlar bilan munosabatlardan farqli o’laroq, biz kim bilan aloqa o’rnatishni o’zimiz tanlaymiz. Boshqa ishqiy munosabatlar va nikoh kabi ixtiyoriy munosabatlardan farqli o’laroq, do’stlikning rasmiy tuzilmasi yo’q. Siz bir oy davomida ikkinchi yarmiz bilan ko’rishmasdan va gaplashmasdan tura olmaysiz, lekin do’stlaringiz bilan bunaqa emas.

Shunga qaramay, olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, do’stlar inson baxti uchun juda ahamiyatli ekan. Vaqt o’tishi bilan do’stlik, insonning do’stlariga bo’lgan talablari ham o’zgaradi.

Do’stlikning ixtiyoriy tabiati uni hayot to’siqlari oldida  zaiflashtirib qo’yadi. Odamlar ulg’ayarkan, ustunlik do’stlik tomonda bo’lmaydi: oila va ish birinchi o’ringa chiqadi. Agar ilgari siz do’stingizni sayrga chaqirish uchun qo’shni podyezdga o’tgan bo’lsangiz, endi siz u bilan “bir necha soat birga o’tirish”, oyida bir marta pivo ichish uchun oldindan kelishib olasiz.

Do’stlikda odamlar faqatgina shuni istaganlari va  bir-birlarini tanlaganlari uchun do’st bo’lib qolishadi. Ammo bu do’stlikni uzoq vaqt saqlab qolishga to’sqinlik qiladi, chunki siz hech qanday afsus va majburiyatlarsiz uchrashishni to’xtatishingiz mumkin.

Butun hayot davomida – bolalar bog’chasidan qariyalar uyigacha – do’stlik insonning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilaydi. Lekin ulg’ayish jarayonida, odamlar o’z ustuvor yo’nalishlarini o’zgartiradilar va do’stlik ham – yaxshi yoki yomon tomonga o’zgaradi.  Afsuski, oxirgisi ko’proq sodir bo’ladi.

Do’stona munosabatlar qanday o’zgaradi

Yoshlik – do’stona munosabatlar o’rnatishning eng yaxshi vaqti. Aynan shu davrda do’stlik yanada to’liq va qadrli bo’ladi.

Bolalikdagi do’stlar – birga o’ynash qiziqarli bo’lgan butunlay boshqa bolalardir. O’smirlar esa o’zlarining his-tuyg’ulari bilan ko’proq o’rtoqlashishadi, bir-birlarini qo’llab-quvvatlaydi. Ammo o’smirlik cho’gida do’stlar hali ham o’zlarini va boshqalarni sinab ko’rishadi, «yaqin odam» degan tushuncha nima ekanligini anglashadi.  Do’stlik ularga bunda yordam beradi.

Vaqt o’tishi bilan, o’smirlikdan yoshlikga o’tib, odamlarning  o’zlariga bo’lgan ishonchi ortadi, ular o’z nuqtai nazarlarini muhim narsalarga qaratadigan odamlarni izlay boshlaydilar.

Do’stlikka yangi, ancha murakkab yondashuvga qaramasdan, yoshlarda hali ham do’stlari uchun yetarli vaqt bo’ladi. Yoshlar ko’pincha haftada 10 dan 25 soatgacha bo’lgan vaqtni do’stlari bilan o’tkazishadi. Universitetlarda hamma narsa, talabalar orasidagi – ma’ruzalar va ular orasidagi tanaffuslar, kursdoshlar bilan bayramlarda, seminarlar va boshqalarda muloqotga qaratilgan. Albatta, bu nafaqat universitetda tahsil oluvchilarga tegishli. Barcha yoshlar to’ylar, bolalar tug’ilishi yoki ota-onalar bilan suhbatlashish kabi do’stlar bilan muloqot qilishdan chalg’itadigan narsalardan qochishadi.

Yoshlikda do’stona munosabatlar ancha kuchli bo’ladi: barcha do’stlaringiz bir maktabga qatnaydi yoki yaqin atrofda yashashadi. Vaqt o’tishi bilan, ta’lim muassasalarini tark etganingizdan so’ng, ish joyingiz yoki yashash joyingizni o’zgartirasiz, va aloqalar sustlashadi. Universitetda o’qish uchun boshqa bir shaharga borish do’stlar bilan hayrlashishning dastlabki tajribasi bo’lishi mumkin.

19 yil davomida bir necha juft do’stlarni kuzatgan olimlar, bu davrda odamlar o’rtacha 5,8 marta boshqa joyga ko’chishini aniqladilar.

Ushbu tadqiqot boshlig’i Endryu Ledbetter (Andrew Ledbetter) ko’chishlar masofaviy muloqot texnologiyalari yaxshi rivojlangan va mavjud bo’lgan, zamonaviy jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lib bormoqda deb hisoblaydi. Va biz buning o’zaro ijtimoiy faoliyatimizga qanchalik salbiy ta’sir qilayotgani haqida hatto o’ylab ham ko’rmaymiz.

 Hamkorlarimiz, ishimiz va oilamizdan farqli o’laroq, do’stlarimiz oldida hech qanday majburiyatimiz yo’q. Biz ko’chganda ularni tashlab ketishimiz haqida qayg’uramiz, lekin baribir bu ishni qilamiz.  Bu do’stlik xususiyatlaridan biridir.

Bizda birovga bog’lanib qolish yoki qolmaslikni tanlash erkinligi bor.

Do’stlik qanday qilib ikkinchi darajali bo’lib qoladi

Odamlar ulg’ayishganda, ularda ko’p qoldirib bo’lmaydigan, do’stlar bilan uchrashuvdan ko’ra muhimroq ishlar paydo bo’ladi. Farzandingizni erkalatish yoki ish bo’yicha muhim uchrashuvdan ko’ra, do’stingiz bilan uchrashuvni qoldirish yoki be’kor qilish ancha osonroq.

Achchiq haqiqat shundaki, yoshligingizda aynan do’stlik sizning kimligingizni anglashda yordam bergan, endi ulg’ayganizda esa sizga hayotda muhim qarorlar qabul qilishda yordam bergan odamlar uchun vaqtingiz yo’q.

Vaqtingiz asosan ishga va oilaga bag’ishlangan. Hamma ham oila qurib bola-chaqali bo’lmagan, lekin hattoki, yolg’iz bo’lganlar ham do’stlar bilan uchrashuv kamayib ketganini anglashmoqda.

Ammo do’stona munosabatlarni ikkinchi darajaga chiqarib qo’yuvchi – bu, albatta, to’ydir. Bunda o’ziga xos istehzoining biroz ulushi bor: to’yga ikki tomonning ham barcha do’stlari taklif qilinadi, bu do’stlarning o’ziga xos keng ko’lamli uchrashuvidir. Shuningdek, dramatik xayrlashuv.

Do’stlikni nima saqlab qolishi mumkin

Odamlar ulg’ayish jarayonida bir-birlariga yaqin bo’lib qolishi yoki yo’qligi, ularning munosabatlarni saqlab qolishga qanchalik harakat qilganliklariga bog’liq. Ledbetterning uzoq tadqiqotlari natijasiga ko’ra, 1983-yilda qalin do’stlar qanchalik ko’p oylarni birga o’tkazishsa, 2002-yilda ularning haliyam yaqin bo’lib qolish ehtimoli shunchalik yuqori bo’lar ekan. Demak, do’stlikka qanchalik ko’p e’tibor berilsa, shunchalik uzoqroq uni saqlab qolishingiz mumkin.

Boshqa tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, odamlar do’stlikka qanchalik ko’p e’tibor bersalar, shunga yarasha javob olishlarini his qilishlari kerak va do’stlariga qanchalik e’tiborli bo’lishlari do’stlikning bardavomiyligini belgilab beradi.

Siz ikki qalin do’stning suhbati qanchalik asabga tegishiga hech e’tibor qaratganmisiz? Yillar davomidagi «o’z» hazillari, hikoyalari va voqealari bu suhbatni boshqalarga tushunarsiz qiladi. Ammo bu o’ziga xos til, do’stlik davom etishini ta’minlovchi narsaning bir qismidir.

Eng yaqin do’stlarni o’rganishda ularning munosabatlari kelajagi haqida bir so’zning nomini aytmasdan u haqida gapirib berganda, bu so’zni qanchalik topa olish o’yiniga qarab taxmin qilish mumkin.

Bunday muloqot va to’liq o’zaro tushunish qobiliyati do’stlarga munosabatlarni buzishi mumkin bo’lgan, hayotiy shart-sharoitlarning o’zgarishlaridan muvaffaqiyatli o’tishga yordam beradi. Haqiqiy do’stlar uchun tez-tez muloqot qilishning hojati yo’q, buni ba’zida qilish ham kifoya qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar – munosabatlarni saqlab qolish usuli

Do’stlar bilan muloqot qilish uchun vositalar bugun har qachongidan ham ko’proq. Do’stlaringiz bilan muloqot qilishda qanchalik ko’p voistalardan foydalansangiz (SMS, elektron pochta, messsenjerlar, kulgili fotosuratlar yoki videolarni yuborish va Facebookdagi qiziqarli havolalarni almashish) do’stona aloqalaringiz shunchalik mustahkam bo’ladi. «Agar faqat Telegramga yozishsangiz, do’stligingiz xavf ostida va ehtimol uzoqqa bormaydi.» – deydi Ledbetter.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali  tug’ilgan kun bilan tabriklash, do’stingizning tvitiga layk bosish – bu do’stlikni mustahkamlash mexanizmlaridir. Bular uning mavjudligini uzaytiradilar, lekin o’z-o’zidan, bu sun’iy qon aylanishini ta’minlovchi qurilma kabidir.

O’zaro munosabatlarni davom ettirishning bir necha yo’li bor va ba’zilari uchun onlayn muloqot qilishning o’zi yetarli. Birinchisi – aloqalarni shunchaki ular butunlay uzilib ketmasligi uchun saqlab qolishdir.

Ikkinchi usul – ma’lum yaqinlik darajasini saqlab qolishdir. Buni ham onlayn muloqot yordamida amalga oshirsa bo’ladi, ammo ko’proq e’tibor va vaqt talab qiladi. Ba’zan bu bilan munosabatlarni yaxshilash mumkin, agar ular o’ta yomonlashib ketmagan bo’lsa. Uzoq vaqt davomida gashlashmagan odamga yana yozish yoki unga elektron pochta orqali kechirim so’rab ta’sirli xat yuborish.

Keyin esa siz keying bosqichga o’tib, o’zingizga shunday savol berasiz: «Men bu munosabatlarni odatiy qila olamanmi?» – faqatgina onlayn muloqot endi yetarli emas. Chunki odamlar uchun «oddiy» muloqot ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalardan yoki elektron pochta orqali yozishdan ko’ra ko’proq ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar va boshqa onlayn aloqa vositalari sizga juda ko’p munosabatlarga ega bo’lishga imkon beradi, lekin ular ahamiyatsiz va sayoz. Bundan tashqari, ular ancha vaqt oldin yo’qolib ketishi (balkim shunday bo’lishi kerak bo’lgan hamdir) mumkin bo’lgan munosabatlarni saqlab qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringizning uzun ro’yxatida anchadan beri gaplashmagan va hattoki yozishmagan odamlar haliham bor.  Maktabdosh do’stingiz, savdo seminari ishtirokchisi bo’lgan qandaydir yigit, 15 yil oldin birga lagerda bo’lgan o’rtog’ingiz.

Ko’pchiligi siz uchun xotira bo’lib qolgan, ular bilan hech qachon suhbatdosh bo’lmaysiz, ammo ular do’stlaringiz ro’yxatida osilib turaveradi.  Maktabdosh do’stingizning o’g’li birinchi bor Evropaga tashrif buyurganligini bilish sizga nimaga kerak? Ajoyib, barakalla. U siz uchun butunlay begona va sizni  umuman qiziqtirmaydi. Lekin hozirgi kunimizda bunday aloqalarning onlayn munosabatlari hech qachon tugamaydi. 

Xotiralarni o’z holiga qo’ying

Ulg’aygach biz turli sohalardan keraklicha do’stlarni to’playmiz: turli kasblardan, turli shaharlardan, hech qachon bir-birlari haqida eshitmagan – odamlarni. Bunda do’stlikni uchta toifaga bo’lish mumkin: faol, uyqu rejimidagi va xotiralardagi.

1.       Faol do’stlik – bu tez-tez uchrashadigan, istagan payt qo’ng’iroq qilib va u bilan gaplashadigan, emotsional quvvat va dalda oladiganingizdir. 

2.       Muzlatilgan do’stlik, yoki uyqu rejimidagi do’stlik, bu siz amalda u odam bilan muloqot qilmay, balki uni do’st deb o’ylashingizdir. Mabodo uchrashsangiz, masalan, u odam yashaydigan shaharga borsangiz, albatta u bilan uchrashib, uzoq vaqt yurakdan suhbatlashasiz.

3.       Xotiralardagi do’stlik – bu siz u odam bilan umuman muloqot qilmasligingiz, lekin shu bilan birga uni esizdan chiqarmasligingizdir. Bir vaqtlar u bilan muloqot juda yaqin bo’lgan va do’stlik sizga ko’p narsalar bergan. Shuning uchun siz uni haligacha vaqti-vaqti bilan eslab turasiz va uni do’st deb hisoblaysiz.

Ijtimoiy tarmoqlar doimo «do’stlarni xotiralarda» saqlashga imkon beradi. Bu «yozgi lagerdagi do’st» effektidir. Lagerda qanchalik yaqin bo’lishingizdan qat’iy nazar, siz uyga ketgandan va maktabga chiqqaningizdan so’ng bu do’stlikni saqlab qola olmaysiz.

Yozgi lagerdagi va maktabdgi siz – bu ikki xil insonlar va Internetda aloqalarni saqlab qolishga harakat qilish, faqat yoz va ajoyib do’stlik haqidagi mo’jizaviy xotiralarni buzadi xolos.

Sharoit va muloyimlik – do’stlikning asosiy dushmanlari hisoblanadi

Do’stlik hayotiy sharoitlarga juda ta’sirchandir. Qilishimiz kerak bo’lgan barcha narsalar haqida o’ylab ko’ring: ish, bolalar va keksa ota-onalarimizga g’amxo’rlik qilish … Do’stlaringiz esa o’zlari haqida o’zlari qayg’urishlari mumkin, shuning uchun biz ularni tig’iz kun tartibidan chiqarib tashlashimiz mumkin.

Yoshlik ulg’ayishga almashgan sari, do’stlikni to’xtatishning asosiy sabablari hayotiy sharoitlar va muloyimlik bo’lib qoladi.

Uiton kollejining (Wheaton College) ijtimoiy munosabatlar bo’yicha professori Emili Langan (Emily Langan) tatqiqotlari, kattalar o’z do’stlari bilan yanada muloyim bo’lishlari kerakligini his qilishlarini ko’rsatdi.

Kattalar do’stlarinng o’z ishlari borligini tushunishadi va ulardan o’zlariga ko’p vaqt yoki e’tibor talab qila olmaydi. Afsuski, bu har ikki tomonda ham sodir bo’ladi va odamlar buni xohlashmasa ham, bir-birlaridan uzoqlasha boshlaydilar. Oddiygina, o’zlarining muloyimliklari tufayli.

Lekin do’stlikni mo’rt qiluvchi narsa, uni moslashuvchan ham qiladi. So’rovnomalardan birining ishtirokchilari do’stlar bilan uzoq vaqt davomida muloqot qilmasalar ham, aloqalar uzilib ketmagan deb hisoblashdi.

Bu juda optimisitik qarash. Ota-onangiz haqida bir necha oylar mobaynida hech narsa eshitmasangiz, ular bilan munosabatlaringiz normal deb o’ylamaysiz. Lekin do’stlar bilan bu shunday: hatto yarim yil gaplashmagan bo’lsangiz ham siz do’st hisoblanishingiz mumkin. To’g’ri, ulg’aygach do’stlarimizga suyanishni to’xtatishimiz achinarli, ammo bu munosabatlarning boshqa, kattalar hayoti cheklovlariga asoslangan ko’rinishini anglash imkonini beradi.  

 Bunday munosabatlar mukammallikdan uzoq, lekin hayotiydir.

Oxir oqibat,  do’stlik – bu hech qanday majburiyatlarsiz munosabatlardir. Siz o’zingizni u odam bilan aloqa o’rnatishga, shunchaki birga bo’lishga qaror qilasiz.