Farzandlar, a'lo, baholar, o‘qituvchilar, ota-onalar, muvaffaqiatli hayot, universitet, o‘qish, imtihon, baholar haqida so‘rashmaydi, sog‘liqqa zarar, darslar, charchoq, tirishqoqlik, vaqt yo‘q, universitet tashqarisida, maktab

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

O’qituvchilar va ota-onalar yaxshi o’qish, dunyodagi barcha eshiklarni ochib berishini ta’kidlaydilar. Yuqori baho bu muvaffaqiyatli hayotning kalitidir. Bu haqiqatan ham shundaymi?

Ko’pchilik uchun universitetdagi o’qish, baholar hamma narsani hal qiladi degan qat’iy ishonch bilan o’tgan.

O’qituvchilar va ota-onalar yaxshi o’qish dunyodagi barcha eshiklarni ochib berishini ta’kidlaganlar.  Ko’pchilik ko’r-ko’rona ishonadi va ularning so’zlariga ishonishgan.

Ko’pchiligimiz faqatgina imtihonda yuqori ball olish uchun o’zimizni yarim o’lik holatiga olib kelgan vaqtlarni eslaymiz.

Bizga bularning barchasi biror ma’noga egadek tuyulardi, endi esa … Biz, ehtimol, farzandlarimiz ota-onasi kabi qattiq o’qishlarini xohlamagan bo’larmidik.

Bu juda g’alati tuyuladi, ammo hozir sizga o’z dalillarimizni taqdim etishga harakat qilamiz:

1. Hech kim hech qachon bizdan baholarimiz haqida so’ramagan.

Hech bir ish beruvchi hech qachon universitetdagi baholarimiz bilan qiziqmagan!

Hech bir rezyumeda «baholari» degan ustun uchramaydi, ammo barchasida hech istisnosiz, majburiy – «ish tajribasi» degan punkt mavjud.

Bundan ham ajablanarlisi shundaki, bizning kompyuterda ishlash mahoratimiz va sportdagi yutuqlarimiz yangi ishga joylashishda, bizga reyting daftarchasidagi baholardan ko’ra ko’proq «vazn» beradi.

2. Universitetda o’qitishgan hamma narsalarni unutamiz

Bizning xotiramiz ajoyib tarzda yaratilgan, biz imtihondan so’ng darhol barcha materiallarni unutishga moyilmiz. Biz birinchi marta amaliyotga kelganimizda, universitetda o’tkan yillar mobaynida hech narsa o’rganmaganimizni anglaymiz.

Garchi, baholarimiz buning teskarisini aytayotgan bo’lsa-da, boshimizda qayerda va qanday qo’llashni bilmaydigan  bilim parchalari aralash-quralash bo’lib yotardi. 

Ma’lum bo’lishicha, universitetdagi 5 yillik o’qish boshqa «kamroq» o’qimishli kishilarga nisbatan bizga hech qanday ustunlik bermadi.

Oxir-oqibat, ba’zida, amaliyotning dastlabki ikki oyida a’lo baholar ortidan quvgan avvalgi 5 yil mobaynidagidan ko’ra ko’proq foydali bilimlarni “egalladik” va ko’proq professional malakaga ega bo’ldik.

Shu yillar mobaynida shunchalik zo’r berib o’qish kerakmidi?

3. «Yaxshi baholar» sog’liqqa zarar yetkazardi.

Agar kimdir hammasini «yozda» qo’lga kirita olsa, unda hamma ham bunday odamlar sirasiga kirmaydi. Boshimizga bilim “kirgizish” uchun, ba’zida materialni yoddan «suv qilib ichish» kerak. Sessiya oldi biz kuniga 12-15 soat o’qirdik. Darslarda va jamoat transportida qanday qilib «o’chib qolganimizni» eslaymiz, chunki to’yib uxlamasdik.

Surunkali charchoq tufayli, bizning mahsuldorligimiz kamayib, bilimlar kallaga kirmasdi, qo’llar «ishga bormasdi”,  kun xuddi tumandek o’tardi.

Bugun biz o’zimizning qat’iyatimiz, tirishqoqligimiz – kuch bilan o’zimizni ko’nglimiz behuzur bo’ladigan ishni qilishga majbur qilganimizdan hayratlanamiz. Va negadir bu “qahramonligimiz” ni yana qayta takrorlashimiz deyarli imkonsizligiga ishonchimiz komil.

4. Boshqalar  uchun vaqt yo’q edi

Universitetda foydali tanishlar tarmog’iga ega bo’lish uchun ko’plab imkoniyatlar mavjud edi. Lekin buni qilmadik.

O’qish va o’qish haqidagi hayollar deyarli barcha vaqtimizni olardi, bizga hatto shaxsiy ishlar va do’stlar bilan uchrashuvlar uchun vaqt yo’q edi.

Ehtimol, universitet taklif qiladigan eng qimmatli imkoniyat – tanishlar tarmog’idir.

Universitet – yangi aloqalar va yangi tanshuvlarga ega bo’lish hamda ularni saqlab qolish qobiliyatini tekshirish uchun tramplindir.

Navbatdagi qiziqarli fakt shuni tasdiqladiki, o’qish paytlari «davraning guli» bo’lgan odamlar bugungi kunda hayotda o’z o’rinlarini topib olishgan.

Agar bizda yana bir imkoniyat bo’lganida edi, ehtimol o’qishga kamroq e’tibor qaratib, talabalar harakatlariga, tadbirlar, kechalarga ko’proq vaqt sarflashni afzal ko’rgan bo’lardik. Va «qizil diplom»ni  hech ikkilanmay «eng kirishimli inson» unvoniga almashtirgan bo’lardik.

5. Bugun bizga pul keltirayotgan barcha narsani, biz universitet tashqarisida o’rganamiz

Samarali ta’lim faqatgina qiziqish bo’lgan taqdirda bo’lishi mumkin. Zamonaviy ta’lim boshni, haqiqiy hayotda hech qachon qo’llanilmaydigan ilojsiz nazariy faktlar bilan to’ldirib, o’sha qiziqishni so’diradi.

Ba’zan, «Discovery» kanalidagi dasturlarni tomosha qilib, biz dunyo haqida bir soat ichida 15 yillik  ta’limdan ko’ra ko’proq narsani bilib olamiz. 

Xuddi shunday, biz ingliz tilini unga qiziqish paydo bo’lganda 1,5 yil ichida o’rganamiz. Garchi, maktabda 8 yil va universitetda esa yana 5 yil uni o’rganishga «harakat» qildik.

Farzandlarimiz maktabga borganlarida berishga arziydigan maslahatlar:

1.       4 va 5 orasidagi farq shunchalik kichikki, uning hayotingiz sifatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi amrimahol. Lekin 5 ga o’qish uchun, ko’proq vaqt va kuch sarflashingiz kerak. Bu shunga arziydimi?

2.       Sizning hisoblaringizni qog’oz parchasidagi baholar emas, balki egallagan mahoratingiz to’laydi.Turli sohalardagi tajribangiz qanchalik ko’p bo’lsa, siz shunchalik katta qiymatga ega hisoblanasiz. 

3.       Qizil diplom sizga nufuzli tanishlar orttirishda sezilarli imtiyozlarni bermaydi. Yangi tanishlar va boshqa odamlar bilan muloqotga ko’proq e’tibor bering, aynan ular sizga dunyoning barcha eshiklarini ochishi mumkin, lekin diplomingiz emas.

4.       Boshqalar sizdan kutayotgan narsa bilan emas, balki siz uchun muhim narsa bilan shug’ullaning. Faqat qiziqish orqali barcha buyuk yutuqlaringiz amalga oshishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, ushbu maqola kelajakda o’zida bo’lajak ishbilarmon yoki tadbirkorni  ko’rishni istaganlar uchun mo’ljallangan.