Samolyot ko'tarilishi va qo'nishidan sal avval styuardessalar yo'lovchilardan elektron qurilmalarni parvoz rejimiga o'tkazishni so'rashadi. Biroq, hamma ham bu ko'rsatmani bajarmaydi, chunki ko'pchilik shunchaki buni tushunmaydi: qanday qilib ularning bir necha yuz dollarlik smartfoni o'nlab million dollar turadigan yuqori texnologik samolyotning ishiga halaqit qilishi mumkin?

  •  
  •  
  •  
  •  

Keling, bu qoidaga amal qilish nima uchun shu qadar muhimligini ko’rib chiqaylik.

Umuman parvoz rejimi nega kerak?

Telefonda parvoz rejimida ma’lumotlar uzatishning barcha xizmatlari (Wi-Fi, GSM, Bluetooth va boshqalar) o’chadi. Sodda qilib aytganda, telefon yoki planshet radio qabul qiluvchi sifatida ishlamay qo’yadi. Agar smartfoningiz parvoz rejimiga o’tkazilmagan bo’lsa, undan chiqayotgan signal samolyotdagi yuqori ta’sirchanlikka ega elektron vositalarga halaqit beruvchi shovqinlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Umuman parvoz rejimi nega kerak?

Smartfon shunchaki “uxlaganda” ham (Siz undan qo’ng’iroq qilmaysiz va SMS yubormaysiz), u baribir tarmoqni izlashda davom etadi, undan chiqayotgan signal chastotasi esa samolyotdagi muhim moslamalar ishining chastotasiga aralashib ketishi mumkin. Hattoki, Sizga uyqudagi gadjet havf tug’dirmaydigandek tuyulsa ham, uni parvoz rejimiga o’tkazing.

Agar qurilmangizda “parvoz rejimiga o’tish” funksiyasi bo’lmasa (masalan, Sizda o’ta zamonaviy model emas), uni shunchaki o’chirib qo’ying.

Bu shovqinlarning havfi nimada?

Ma’lumki, ko’tarilish va qo’nish – parvozning eng murakkab bosqichlari bo’lib, ular davomida uchuvchilar harakatlarini yerdagi parvozlar boshqaruvi markazi bilan kelishishi kerak. Bularning barchasi samolyotdagi navigatsiya tizimi yordamida amalga oshiriladi. Sizning qurilmangiz chiqarayotgan signal radioaloqaga halaqit qilishi mumkin va uchuvchi dispetcher tomonidan aytilgan muhim ma’lumotni eshita olmaydi. Natijada, avariyaviy havfli vaziyat yuzaga keladi.

Samolyot bortida qanday elektron vositalardan foydalanish mumkin?

  • Parvoz davomida GSM, Wi-Fi, Bluetooth (elektron soatlar, fotoapparatlar, videokameralar, diktofonlar, eshitish apparatlari, kardiostimulyatorlar va h.k.) ma’lumotlarni almashish funksiyalariga ega bo’lmagan istalgan elektron qurilmalardan foydalanish mumkin.
  • Shuningdek, ma’lumotlar alishish funksiyalariga ega qurilmalardan (smartfon, planshet, elektron kitoblar, raqamli audio / videopleyerlar va hk.) ham parvozning barcha bosqichlarida foydalanish mumkin – faqat aviarejimda.
  • Yuqorida sanab o’tilgan qurilmalarda aviarejimni faqatgina parvoz vaqtida (odatda ko’tarilishdan so’ng bir necha daqiqa o’tgach) va kema ekipajining xabaridan so’ng o’chirish mumkin. Ko’tarilish, pasayish, qo’nish va rulni boshqarish bosqichlarida aviarejimni o’chirishga ruhsat berilmaydi.

Ro’yhatlar va qoidalar aviakompaniyaga qarab o’zgarishi mumkin, ma’lumotlarni rasmiy saytlarda aniqlashtiring.

Izoh

Bir nechta ishlab turgan telefon samolyot navigatsiyasiga ta’sir qilmaydi. Lekin, bortda o’tirgan barcha 300 ta odam gadjetlaridan faol foydalanishni boshlasa, yer bilan aloqada qiyinchiliklar seziladi.

Keling, boshqalarning mehnatini qadrlaylik va uchuvchilar uchun qiyinchilikni yuzaga keltirmaylik. Axir, smartfoningizni aviarejimga o’tkazish uchun atigi bir necha soniya kifoya.

Asosiy surat: depositphotos.com