Agar ayol kishi o‘zini xunuk deb hisoblasa, uning kayfiyati buziladi, kun uchun mo‘ljallagan ishlari chipakka chiqadi. Buni bila turib ham o‘zingizni ortiqcha vazn uchun koyiysiz, ko‘zlaringiz va bo‘yningizdagi xol bilan omadingiz chopmagan deb hisoblaysiz. Qanchadan qancha hushomad qilishlari, oyna oldida soatlab vaqtingizni o‘tkazishingiz, sezilar-sezilmas kamchiliklaringizni yo‘qotishga qancha harakat qilishingizning ahamiyati yo‘q. Baribir tashqi ko‘rinishingizdan minnatdor emassiz. Buni qanday hal qilish kerak?

  •  
  •  
  •  
  •  

Ayollarning juda oz qismi o‘zining go‘zalligi haqida baralla ayta oladi. Qolganlari esa kamchiliklarini osonlikcha topib, o‘zlarini yetarli darajada xushro‘y deb hisoblamaydilar.

1976 yilda R. Lerner ayollarda o‘zlarini chiroyli deb hisoblashlari uchun tanalarining qaysi qismi muhim ekanligini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Aniqlanishicha, ayollar uchun eng muhimi yuz, bel, ko‘krak, og‘iz va tishlar ekan. Soch, vazn va kiyim ham katta ahamiyatga ega. Shunday ekan, tashqi ko‘rinishingizdagi kamchiliklar aynan shu kategoriyalarga tegishli.

Sochlaringiz tushunarsiz «xorg‘in» rangdami? Ortiqcha vazn, ko‘krakning katta yoki kichikligi, yoki kerakli shaklda emasligi muammosi mavjud bo‘lsa kerak? Yoki belingiz yetarli darajada ingichka emas, balki lablaringiz judayam ingichkadir? Umuman olganda sizga nimadir yoqmaydi.

Axir sizga nimadir yoqmaydi deya aytishdan oldin yoqadigan narsalarni aniqlab olish kerak. Siz aniq fikrlar bilan dunyoga kelmaysizku, u holda siz semiz yoki sochlaringiz rangi xunuk deb baholash uchun asos bo‘lgan idealni qayerdan oldingiz?

Faylafsuf Devid Yumning aytishicha:

Narsalarning go‘zalligi uni anglayotgan ongda mavjud bo‘ladi.

Barcha kamchiliklar ham irim-sirimlarga to‘la ongda joylashgan.

Tana va unga ideallar orqali nazar solish

Hammamiz muayyan darajada ijtimoiy taqlidga moyilmiz. Bolaligimizdayoq atrofimizdagi xulq-atvor namunalarini takrorlaymiz. Dastlab ota-onamizga taqlid qilamiz, keyin esa tengdoshlar, film qahramonlari, sevimli ijrochilar va h.k.

Biz televideniye, internetdagi ma’lumotlar oqimi bilan o‘ralganmiz, chiroyli deb hisoblangan ko‘plab rasmlarni ko‘ramiz va ijtimoiy taqlidda davom etamiz. Go‘zallik ideallari esa doimiy ravishda o‘zgaradi, bu holat ayollar hamda qizlarni o‘zgarish va moslashishga majbur qiladi.

Masalan, XX asrda ozg‘in ham emas, semiz ham bo‘lmagan, o‘rta vaznli ayollar go‘zallik ideali sanalgan. 1900 yillar boshida esa ozg‘inroq qomatli, sport bilan shug‘ullanganlar tanasi ko‘rinishi urfga kirdi. To‘lachadan kelgan xonimlar esa irodasi kuchsizlar deya qabul qilina boshladi.

XX asrning 50 60 yillarida biroz ozg‘inlar emas, judayam oriq bo‘lgan ayol modellar urf bo‘lgani bois, ayollar yangi ideallarga mos bo‘lish uchun qat’iy parhezlarga amal qilib, o‘zlarining tabiiy qomatlaridan voz kechdilar.

Anoreksiya tufayli sodir bo‘lgan bir necha o‘lim holatlari oqibatlar to‘g‘risida o‘ylashga majbur qildi, bu ideal turli tashkilotlar sababli o‘tmishga ravona bo‘ldi. Masalan, «Vogue» jurnali ovqat xazm qilish bilan muammolari bo‘lgan modellardan voz kechdi, Ispaniya va Italiyaning moda olamidagi tashkilotlari modellar uchun tana hajmining minimal indeksini belgilashdi.

Baribir go‘zallik tabiiy emas

Demak, modellardan suyakka aylanish talab etilmaydi, vaziyat aksincha tus olgan, biroq ularning go‘zalligini tabiiy deb atash mushkul: kerakli rakurs va yorug‘lik, makiyaj va Photoshopda ishlov berish. Ayollar jurnallari va kataloglari terisida bitta ham ajin, xol va tuklar bo‘lmagan, ideal shakldagi yuz, katta ko‘zlar, lablari aniq shaklga ega bo‘lgan hamda qomatida umuman kamchiligi bo‘lmagan modellar suratlariga to‘la.

Ko‘zguda esa o‘zgacha holatga duch kelamiz: yuzingiz har qancha chiroli bo‘lmasin, unda kichik ajinlar, xol yoki boshqa kamchiliklar mavjud. Ularni aslida kamchilik deb bo‘lmaydi, ular tashqi ko‘rinishning tabiiy qismidir.

Bu qomatga ham tegishli. Yig‘ilmalar va sellyulit, terining tortilishi, yog‘lar tabiiy ko‘rinish olib tashlangan modellarning fotoshop qilingan qomati bilan taqqoslaganda xunuk ko‘rinishga aylanadi. Internetdagi biz suratlarini ko‘rgan «chiroyli» ayollarga o‘xshamaydi.

Siz o‘zingizni mashqlar va parhez bilan holdan toydirsangiz, tonnalab kosmetik moddalarni sursangiz hamda go‘zallik saloniga haftasiga uch marta borsangiz ham ideal bo‘lib qolmaysiz. Chunki siz surat emassiz, siz yashayapsiz, nafas olyapsiz, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarasiz, sizda o‘zingizga xosliklar mavjud, ular sizni xunuk ayolga aylantirmaydi, aksincha tashqi ko‘rinishingizni to‘ldiradi, unga yorqinlik, o‘ziga xoslik va individuallik beradi.

Yoqimli tarafi shundaki, bu o‘ylar ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti. Balki odamlar go‘zallikning bunday standartlaridan charchashgandir, balki tabiiy tashqi ko‘rinishga diqqat qaratish vaqti kelgandir.

Yaxshilik sari o‘zgarish

Dove kompaniyasi mana o‘n yildirki, noreal ideallarni yaratishda Photoshopdan foydalanishga qarshi «Real go‘zallik» kampaniyasini o‘tkazib kelyapti. 2004 yilda yirik tadqiqot o‘tkazdilar, aniqlanishicha, butun dunyodan so‘rovnomada ishtirok etgan 2 foiz ayollargina o‘zlarini go‘zal deb hisoblashgan, ularning 75 foizi esa OAV real go‘zallikni aks ettirishlarini istashgan.

Ana shundan so‘ng «Dove» odatiy ko‘rinishdagi real ayollar ishtirok etgan kampaniyani yo‘lga qo‘ydi. Mazkur ayollarning fotoshop bilan qayta ishlangan suratlari emas, tabiiylik va chiroy aks etgan rasmlari chop etildi.

Haqiqiy go‘zallik uchun kampaniya

Tabiiy go‘zallikni targ‘ib etuvchi roliklar hali ham suratga olinmoqda va sanoatning boshqa tomonlar namoyish etilmoqda. Mana, misol uchun o‘nlab o‘xshatishlar suratga olingan mashhur model ishtirok etgan rolik.

Ba’zi sayt va jurnallar ham fotoshop qilingan modellardan voz kechishga harakat qilishmoqda. Biroq ko‘pchilik odatiy standartlarga mos keladigan qizlarni ommaga taqdim etishni ma’qul ko‘rishadi.

Nima qila olasiz?

Siz jamoat fikriga ta’sir ko‘rsata olmaysiz, bunday qilish talab ham etilmaydi. Bajarilishi kerak bo‘lgan yagona narsa «noideal» tashqi ko‘rinishdan aziyat chekish va mavjud bo‘lmagan kamchiliklarni to‘g‘rilash – bu o‘zimizni qabul qilish va OAVdagi suratlarga qaramaslikdir.

O‘zingizga qarang va o‘zingizda bor bo‘lgan barcha narsani qabul qiling. Bu mushkul bo‘lishi mumkin, chunki o‘n yillar davomida sizni chalg‘itadigan ma’lumotlarni taqdim etib kelishdi. Biroq, buning imkoni bor. Siz kamchilik deb hisoblab kelgan har qanday jihat – burun yoki ko‘z shakli, bo‘yinning kaltaligi, keng yelkalar aslida sizning berkitish kerak bo‘lmagan qirralaringizdir.

Agar rostan ham sizda ortiqcha vazn mavjud bo‘lsa, jozibador bo‘lish uchun emas, salomatligingiz uchun parhez qilganingiz ma’qul.

Plastik operatsiyalar, ozish va boshqa choralar hayotingizni o‘zgartirmaydi, hatto tashqi ko‘rinishingizdan qoniqish olishga ham yordam bermaydi.

Agar siz o‘zingizning tabiiy go‘zlligingizni qabul qilsangiz va o‘z chiroyingizni ko‘ra olsangiz, 2 kilogramga semirdingizmi yoki yo‘qmi, pardoz qilishga ulgurdingizmi yoki ulgurmadingizmi, solyariyga borib kelish yoki bormaganingizdan qat’iy nazar o‘zingizni boringizcha jozibador his qilasiz.

Siz o‘zingizni go‘zal deb hisoblaysizmi?