To'nkarilib ketgan suvli butilka yoki finjondagi qahva noutbukning kuni tugadi degani emas. Tezkor harakat qilsh orqali kompyuterni qutqarib qolishingiz mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Agar noutbuk basseynda, daryoda, vannada yoki dush ostida qolgan bo’lsa, unga yordam berishning imkoni yo’q. Bu maqola faqatgina suyuqlik kam, u bilan aloqa esa qisqa vaqt davom etgan taqdirda foyda berishi mumkin.

1. Agar noutbuk elektr tarmog’iga ulangan bo’lsa, zudlik bilan uni o’chiring

Quvvatlash moslamasini rozetkadan va kompyuteringizdan uzing, so’ngra noutbukka ulangan boshqa barcha kabellarni ajrating. Suv va elektr toki ham texnika, ham siz uchun xavfsiz birikma hisoblanmaydi.

2. Noutbukni to’nkaring va o’chiring

Apparat ichiga suv tushganligi ehtimoli bo’lsa, u tashqariga oqib chiqishi uchun kompyuter klaviaturasini pastga qaratib o’giring.

Bir vaqtning o’zida yoqish tugmasini bosing va ekran o’chmagunicha ushlab turing. Bu qurilmani o’chirishning eng tezkor usuli. Hozir saqlanmagan hujjatlarni o’ylaydigan vaqt emas. Asosiysi – qisqa tutashuvning oldini olish uchun noutbuk ichida elektr tokining harakatini to’xtatishdir.

3. Barcha moslamalarni o’chiring

Barcha tashqi moslamalarni noutbukdan ajrating. Fleshkalar, xotira kartalari, USB-modem, hattoki batareya — hammasini yo’qoting! Kompyuterga suv tushgan holatda faqat u emas, boshqa aksessuarlarga ham zarar yetishi mumkin.

4. Noutbukni arting

Endi noutbukni qayta o’girmagan holda yaxshilab arting. Bu maqsad uchun paxtadan ishlangan sochiq to’g’ri keladi: u har qanday suyuqlikni yaxshi shimib oladi. Shuningdek, qog’oz salfetkalardan ham foydalanish mumkin.

Bunday narsalar bo’lmasa, qo’lingizga tushgan har qanday narsa bilan apparatni qutqaring.

Klaviaturaga alohida e’tibor qarating: suv klavishalar ostiga oson kiradi. Portlar va sovutish uchun teshikni artishni unutmang.

5. Kulgili konstruksiyani quring

Dastlab ventilyatorni polga qo’ying. So’ngra ustidan karton yoki plastik qutini kiydirib, uning ustki va yon tomonlarida shamol o’tishi uchun katta teshiklar hosil qiling. Qutining ustiga sochiq yoping va uning ustiga klaviaturasi pastga qaratilgan noutbukni qo’ying. Qurilma butkul qurishi uchun ventilyatorni ikki sutkaga yoiqb qo’ying.

Yong’in chiqmasligi uchun ventilyatorni uzoq vaqt nazoratsiz qoldirmang. Uni tunda va uydan chiqayotganda o’chiring.

6. 48 soatdan keyin qurilmani ishlatib ko’ring

Agar ikki sutkadan keyin noutbuk yoqilsa, muhim ma’lumotlardan tashqi moslamalarga nusxa ko’chiring. Chunki, yetkazilgan shikastlar darhol namoyon bo’lmasligi mumkin. Ehtimol, suv bilan aloqaning asoratlari bir necha kun yoki haftalardan keyin o’zini oshkor etar va kompyuter ishdan chiqadi. Umidni yo’qotmang, ammo hotirjam ham bo’lmang.

Noutbukka qahva, vino yoki choy to’kilgan bo’lsa nima qilish kerak

Qo’shimchali suyuqliklar noutbuk ichidagi moslamalar uchun suvga nisbatan xavfliroqdir. Qahva quyqasi, shakar va bu ichimliklardagi boshqa aralashmalar tarkibiy qismlarni ifloslantirish va oksidlash orqali ularga qo’shimcha zarar yetkazishi mumkin. Oxir-oqibat noutbuk klavishalari yopishqoq bo’lib qolishi va ishdan chiqishi mumkin.

Muammolarning oldini olish uchun quritishdan avval noutbuk ichini tozalagan ma’qul. Buni apparat ichini ochib, barcha iflosliklarni qog’oz salfetka yoki bir oz spirtga botirilgan paxta bo’laklari yordamida o’zingiz bajarsangiz bo’ladi. Lekin mustaqil bo’laklarga ajratish kafolatni yo’qotishini unutmang.

Turli noutbuklarning kopuslari dizayni va tarkibiy qismlarga ajratish tartibi bo’yicha kuchli farq qilishi mumkin. Agar qurilmangiz ichini hech qachon ochmagan bo’lsangiz, tarmoqda xuddi shunday model bilan ishlash yo’riqnomasini izlab ko’ring.


Agar quritilgan noutbuk boshqa yonmasa yoki uni o’zingiz tozalashni istamasangiz, xizmat ko’rsatish markazlariga professional yordam so’rab murojaat qilsangiz bo’ladi.