•  
  •  
  •  
  •  

Olimlar bolalar so‘z yordamida emas, o‘z ota-onasining harakatlar vositasida o‘rganishini isbotlashgan. Agar bolaga saboq berishni istasangiz, uni shaxsiy tajribangizda amalga oshiring.

Bolalar ota-onasida ularning genlarinigina meros qilib olishmaydi. Kattalar harakatini kuzatib, bolalar shaxsiy sifatlar, masalan qat’iyat va maqsad sari initilishni ham o‘zlashtirishadi.

Massachusets texnologik instituti olimlari katta odam mashaqqatlarni yengib o‘tayotganini ko‘rgan bola oqibatda qandaydir vazifani bajara turib maqsad sari intilish hislatini namoyon qilishini aniqlashgan.

“Atrofdagi olamni o‘rganayotgan va unda o‘z xulq-atvorini o‘zgartirishni istagan bola mantiqiy xulosaning bir xil mexanizmlarini qo‘llaydi, – deya tushuntiradi bu tadqiqotni o‘tkazganlardan biri, kognitiv-olim Lora Shuls. – Harakatlarimiz bolalar xulq-atvoriga qanchalik ta’sir etishini tushunmaymiz. Bizlarni kuzatib, o‘zlariga tegishli xulosa chiqarishadi”.

Tadqiqotda 13 yoshdan 18 oygacha bo‘lgan 262 ta bola ishtirok etgan. Ular uch guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhda ilmiy xodim o‘zini ikkita o‘yinchoqni yig‘ishtirayotgandek ko‘rsatgan. Ikkinchi guruhda esa odim ikki o‘yinchoqni yig‘ishtirib olgan. Uchinchisida umuman hech nima qilmagan.

Shundan keyin har bir bolaga musiqali o‘yinchoq berilgan. Bolalarga unda musiqa qo‘yishni ko‘rsatishgan, biroq buni qanday amalga oshirishni o‘rgatishmagan. O‘yinchoqni qanday qilib ishga tushirishni ko‘p topgan bolalar birinichi guruhda bo‘lgan.

Boshqacha qilib aytganda, katta odamning maqsad sari harakat qilishini kuzatgan bolalar bu vazifani bajara olgan. Ular xarakterning mazkur qirrasini o‘zlashtirishgan.

Hozirgi kunda tadqiqotni o‘tkazgan olimlar bolalar bilan suhbat yoki imo-ishora bilan tushuntirishning qay biri bolalarga ko‘proq ta’sir o‘tkazishini aniqlashgan urinmoqdalar. Ular mazkur tadqiqot maqsadga intiladigan bolani tarbiyalashda ota-onaga yordam berishiga umid bildirishyapti. Buning uchun hayotda hamma narsa ko‘ringani kabi oson bo‘lmasligini namoyish etish zarur.