Kerakli vaqtda videoregistrator yaxshi guvohga aylanadi va aybsizlikni isbotlashda yordam beradi. Shuning uchun qurilmani sinchiklab tanlash kerak.

  •  
  •  
  •  
  •  

Tuzilishi

Hozirda turli tuzilishga ega videoregistratorlarni sotib olish mumkin. Har birining o‘ziga xos afzallik va kamchiliklari bor.

An’anaviy

Kamera, boshqaruv bloki va ekran bir korpusda joylashgan. Bu oddiy tuzilish registrator uchun bitta quvvatlash simining yetarli ekanligi bilan afzallikka ega. Agar ekran yig‘ilmaydigan bo‘lsa, u juda qo‘pol. Bu uning kamchiligi.

Modulli

Kamera va asosiy blok, kam hollarda ekranning o‘zi ham alohida qismlardan iborat. Ixcham kamera diqqatni tortmaydi, boshqaruv bloki esa birlamchi sozlamalardan keyin bardachokda joylashadi va zarur bo‘lganida osonlik bilan undan olinadi. Biroq kamchiliklar ham bor: simlarning ko‘pligi va narhining qimmatligi.

Ko‘zgu

Registrotorning barcha jozibador tomoni orqani ko‘rinish ko‘zgusida yashiringan, u shtatliga mahkamlanadi. Kamera orqada joylashgan, ekran esa ko‘zguning ostida va o‘chirib qo‘yilgan vaqtda umuman ko‘rinmaydi. Mashina tashqarisida foydalanishning imkonsizlik va narhnin qimmatligi ixchamlilik va qulaylikka qarshi turuvchi hususiyatlardir.

Gibrid qurilmalar

Navigator va detektorli radar bilan birlashtirilgan videoregistratorlar. Ekshen-kamera sifatida avtomobil tashqarisida foydalaniladigan modellari ham uchraydi. Afzalliklari qatorida, ularning hammasiga xos bo‘lgan universallikni aytish mumkin, biroq buning uchun qimmat narh to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Kengaytma

Matritsa kengaytmasi – suratga olish sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy shart, demak kutilmagan holatlarda haqlikni isbotlash imkonidir. Uch asosiy standart bor:HD, Full HD, Super HD. Eskirgan VGA deyarli uchramaydi, zamonaviyroq 4K dan esa qimmatliligi, yoziladigan fayllarning katta hajmi va protsessorga katta zo‘riqish sababli foydalanilmaydi.

  1. Bu standartdagi videoregistratorlar 1 280 × 720 kengaytali roliklarni suratga oladi. Bu hozirda zarur bo‘gan eng kichik o‘lcham – hatto byudjet qurilmalar ham aynan shu kengaytmadagi matritsalar bilan jihozlanadi. Undagi kadrlar sifatsiz bo‘lmaydi, obyektlarning aniq chegarasi mavjud bo‘lgan suratga ega bo‘ladi.
  2. Full HD. Full HD’da ko‘rsata oladigan bunday qurilmalar 1 920 × 1 080 kengaytmasida suratga oladi, yo‘l holatining yanada aniq rasmiga ega. Videoda barcha obyekt, yozuv, yo‘l va raqam belgilari aniq ko‘rinadi.
  3. Super HD.Bunday videoregistratorlar videoni 2 304 × 1 296 kengaymasida suratga oladi. U yanada ko‘proq detallarni beradi va kadrning zarur bo‘lgan parchasini katalashtirish va undagi muhim detallarni ko‘rish imkonini beradi.

Full HD registoratorlar hozirda eng maqbul hisoblanadi. Bunda odatiy HD hali ham ommaviy va byujdet chegaralangan holatda eng a’lo tanlov hisoblanadi.

Agar videoregistratordan barcha zaruriy ma’lumotlarni olish istagida bo‘lsangiz, Super HD modellariga e’tibor qarating. Bunday qurilmalar yanada tezkor va kattaroq hajdagi hotira kartasini talab qiladi, rasmning kinematografik sifati bilan xursand qiladi.

Bu shartni baholashda e’tiborli bo‘ling. Hozirda yuqori ko‘rsatkichlarga ega ko‘plab arzon videoregistratorlarni uchratish mumkin. Ishlab chiqaruvchilar interpolyatsiya past sifatdagi videoni kattaroq kengaymadagiga (yoki sodda qilib aytganda cho‘zish orqali) erishishmoqda. Bunday qurilmalar bilan siz sifatli bo‘lmagan, yuqori sifatdagi xira rasmni ko‘rishingiz mumkin, biroq u yerda hech qanday detallashtirish bo‘lmaydi.

Kuzatish burchagi

Videoregistr ishining natijasi bog‘liq bo‘lgan yana bir muhim shart. Kuzatish burchagi qanchalik katta bo‘lsa, yo‘l va yo‘l chekkasining shunchalik ko‘p qismi kadrda namoyon bo‘ladi. U gorizontaliga kamida 120 gradus, yoki diagonaliga 145 bo‘lishi lozim. E’tibor bering, ba’zi ishlab chiqaruvchilar diagonal burchakni ko‘rsatishadi,chunki u ko‘proq bo‘ladi.

Bundan tashqari, ba’zida ishlab chiqaruvchilar eng kichik kengaytmalarda yozish jarayonida mumkin bo‘lgan maksimal kuzatish burchagini ko‘rsatadilar. Masalan, Full HD’da yozish jarayonida 90-100 gradus qamrab olinadi, biroq HD yozish sifati tanlansa, burchak aytilgan 120 gradusgacha kengayadi.

Yana shu ham yodingizda bo‘lsin, o‘ta katta kuzatish burchagi (gorizontal bo‘yicha 170 gradusdan boshlab) ham kadrning chetini dumaloq shaklga soladi, natijada baliqning ko‘zi effekti yuzaga keladi. Bunday burchak shahar bo‘ylab yurishda asqotadi, chunki u qadar katta bo‘lmagan tezlikda yo‘l qirg‘og‘i va qo‘shni chiziqlarni ham qamrab oladi. Katta yo‘l bo‘ylab yuqori tezlikda yurishda esa bunday kuzatish burchagiga ega qurilmaning zarari ko‘proq bo‘ladi.

Turi va mahkamlash mexanizmi

Mahkamlashning eng keng tarqalgan turlari – bu vaakumli moslama va ikkitomonlama 3M skotch. Ba’zi videoregistratorlar jamlamasida birvarakayiga ikkita qotirish moslamasi bo‘ladi. Bunday holatda vaakumli moslama yordamida eng qulay holatni topib, keyin esa uni skotch bilan mustahkamlash zarur bo‘ladi.

  1. Vakuumli moslama shunisi bilan qulayki, registratorning joylashuvini osonlik bilan o‘zgartirish va tezlik bilan olib tashlash imkoni beradi. Biroq qurilmaning o‘lchamlarini kattalashtiradi.
  2. Ikki tomonlama skotchgaoshiq-moshiq tuzilishi imkon bersa, registrator bir marta o‘rnatiladi. Bunday variant ixchamroq bo‘lib, orqani ko‘rsatuvchi oynaga o‘rnatishni ko‘zda utadi, kuzatshga halaqit bermaydi, shuningdek mashina o‘g‘rilarining e’tiborini kamroq tortadi va qishda o‘rnidan qo‘zg‘almaydi.

Videoregistratorda turli tomonlarga aylanadigan mexanizm bor-yo‘qligiga e’tibor bering. Bu YHX xodimining harakatini yozib olish uchun kamerani haydovchi oynasi yoki qoidani buzuvchi tomoniga tezlik bilan yo‘naltirish imkonini beradi.

Oshiq-moshiq qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik ixcham bo‘lib, harakatlanish vaqtida silkinishlar, o‘z navbatida rasmning titrashi kam kuzatiladi.

Quvvatlanish

Barcha videoregistratorlar bortdagi tarmoq orqali ishlaydi. Quvvatlanish adapteri chekish qurilmasi yoki olib yuriladigan rozetkaga ulanadi. Keyin kabel ro‘paradigi oyna bo‘ylab, registratorni o‘rnatish joyiga qurilma yo‘lagi yoki boshqa usul bilan yotkaziladi.

Videoregistratorlarning ko‘pchiligi shaxsiy akkumulyator (o‘ziga mahkamlangan yoki undan ajraladigan) bilan jihozlangan, u qurilmani quvvatlaydi, agar mashina to‘xtasa, bu ba’zi hollarda yuz beradi, akkumulyator sig‘imi bunday vaziyatlar uchun bir necha daqiqa davomida ishlash uchun yetadi. Biroq ba’zi registratorlar avtomobil tashqarisida ham kamera kabi to‘laqonli ishlaydi, YHH ishtirokchilari yoki YHH xodimlarining ularning mashinasidagi ishni ko‘rish jarayonlarini ham suratga olish imkonini beradi.

Yana bir muhim holat – quvvatlagich ulagichi. Ba’zi modellarda u qotirish joyiga o‘rnatilgan, boshqalarida esa alohida ulanadi. Birinchi variant qulay, u simlarni tashib yurish, kabelning yoki ulagichning uzilishidan xalos etadi.

Qo‘shimcha funksiyalar

Shubhasiz, videoregistratorda yana ko‘plab o‘lcham va funksiyalar bor. Shunisi qiziqki, ularning ko‘pligi har doim ham yaxshi emas.

Foydali funksiyalar

  1. Zarba datchigi. Bu deyarli hamma yerda bor va to‘qnashuv, favqulodda tezlanish yoki to‘xtatish, shuningdek avtomobilning aylanib ketish holatlarida videoni qayta yozishdan himoya qiladi.
  2. WDR (Wide Dynamic Range). Kadring turli qismlaridagi yorug‘likni barqarorlashtiradi. Tasvir sifatini yaxshilaydi, ro‘paradiga mashinalardan kelayotgan yorug‘lik va kunduz kuni quyosh nurlarini olib tashlaydi.
  3. GPS-modul.Marshrut va o‘lchamlarni yozib oladi, shuningdek tezlik ortishi yoki YHH kameralariga yaqinlashayotganlik haqida xabar beradi.
  4. Belgi chiziqlari yoki taymer bo‘yicha kesib o‘tilganida ovoz signallari. Uzoq yo‘lda ketayotganda rulda uxlab qolishga yo‘l qo‘ymaydi.
  5. Tasvirni barqarorlashtirish. Yozish vaqtida uzilishlar va tasvirning titrashini kamaytiradi.
  6. Harakat detektori.Kadrdagi harakatlar vaqtida avtomatik tarzda video yozish imkonini beradi. Mashina to‘xtash joyida aybdorni topishda yordam beradi.

Foydasiz funksiyalar

  1. Registratordagi videoni televizorda ko‘rishning hech qanday ma’nisi yo‘q. Hotira kartasi protokolda ma’lum qilinadi, aynan undan sudda dalil sifatida foydalanish mumkin.
  2. Sensorli ekran.Foydalanishda juda noqulay va oddiy tugmalar bilan taqqoslaganda muvaffaqiyatsiz.
  3. Suratga olish.YHH joyida suratga tushmasangiz kerak. Agar zarur bo‘lsa, buning uchun doimo yoningizda bo‘lgan smartfon mavjud.
  4. Svetodiodli chiroq.Nazariyaga ko‘ra, u tunda suratga olingan rasm sifatini yaxshilashi kerak, amaliyotda esa bu vazifani umuman bajara olmaydi.

Xaridorning chek-listi

Ko‘rib turganingizdek, videoregistratorni tanlashdagi belgilar u qadar ko‘p emas. Shuning uchun:

  1. Izlash doirasini qisqartirish uchun foydalanish ssenariysi va buyudjetingizga mos keladigan asosiy talablarni tanlang.
  2. Talablaringizga mos keladigan bir necha modellarni tanlang.
  3. Muayyan registrator hususiyatlari to‘g‘risida bilish va tanlash uchun YouTube’dagi videolarni diqqat bilan tomosha qiling.