Kir yuvish mashinasida yuvishning qiyinchiligi nimada? Qiyinchilik shundaki, kir yuvish mashinasida parli to'ldiruvchi odatda keyinchalik tarqatish muammoga aylanadigan tugunchalarga to'planib qoladi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Bu holat, ayniqsa, past sifatli parli kiyimlarda kuzatiladi. Ular yuvishni ko’tarolmay, yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin. Biroq, bunday kiyimlarni kimyoviy tozalashga berishning foydasi yo’q, chunki sifati yaxshilanmaydi. Shuning uchun, kelajakda ortiqcha harajat qilmay desangiz avvaldan sifatli buyumni tanlash kerak.

Yaxshi sifatli parli ustki kiyimlar uchun kir yuvish mashinasi qo’rqinchli emas! Bundan tashqari, mashinada yuvish ikkita katta afzallikka ega:

  • kimyoviy tozalashga pul sarflamaysiz
  • kiyimni olib borish va olib kelishga vaqt ketkazmaysiz

Parli kiyimni to’g’ri yuvish

Parli kiyimni yuvishda quyidagi oddiy qoidalarga rioya qiling:

Albatta bir-ikkita qo’shimcha chayish rejimini yoqing

  • Parli kiyimni yuvish uchun nozik buyumlar uchun (delikat) dasturni tanlang
  • Yuvish harorati 30-40 gradusdan oshmasligi kerak
  • Parli kiyimni yuvishda mazkur turdagi buyumlar uchun ishlab chiqariladigan maxsus suyuq yuvish vositalarini sotib olish va ishlating
  • Chayish bo’limiga oddiy sirka qo’shib yuboring
  • Parli kiyimdagi barcha tugmalar va yopqichlarni taqing
  • Buyum sifatli tozalanishi uchun mana bu usulni qo’llang – kir yuvish mashinasiga parli kiyim bilan birga 3-5 ta katta tennis koptoklaridan soling. Ular parlar bitta tugunchaga to’planib qolishiga yo’l bermaydi va hattoki eski dog’larni ketkazishga yordam beradi
  • Buyumni avval bir necha marotaba chayigandan so’ng minimal siqish rejimini yoqing
  • Parli buyumni dastlab gorizontal holatda, so’ngra maxsus ilgichda, iloji bo’lsa ochiq havoda quriting
  • Vaqti-vati bilan buyumni qurish jarayonida silkitib, urib turing. Qancha ko’p silkitilsa, par shuncha ko’p tarqaladi
  • To’liq quritilganidan keyin kiyimni yana bir silkiting, agar qayerdadir tugunchalar qolgan bo’lsa, ularni qo’lingiz bilan tarqating.