Qurilmalar farzandingiz sog'lig'iga qanday ta'sir qilishini hech o'ylab ko'rganmisiz? E’tiboringizga uzoq muddat qo'llarida smartfon yoki planshet bilan vaqt o’tkazuvchi bolalarga nima bo’lishini sizga taqdim qilamiz.

  •  
  •  
  •  
  •  

Bolaning miyasi elektron qurilmalarga (planshetlar, telefonlar, kompyuterlar) ko’pchilik ota-onalar tasavvur qilganidan ko’ra ko’proq ta’sirchandir. Ishoning, rivojlanayotgan miyaga salbiy ta’sir o’tkazishi uchun farzandingiz qo’lida planshet bilan unchalik ko’p vaqt o’tkazishi shart emas. 

Albatta, ko’pchilik ota-onalar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta va hatto o’yinlar bolaga zo’ravonlik, jinsiy aloqa va dahshatli sahnalari bor filmlar tomosha qilish kabi zararli ta’sir ko’rsatmaydi, deb hisoblashadi. Aslida, kompyuter bilan interaktiv muloqot katta ehtimol bilan, televizor dasturlarini tomosha qilishdan ko’ra uyqu muammolari, ruhiy tushkunlik va hatto yuqori miya funksiyalarining buzilishiga olib keladi.

Qurilmalarga haddan tashqari berilib ketishning beshta eng keng tarqalgan oqibatlari.

1. Uyquning  buzilishi

Monitor ekranidan taralayotgan yorqin yorug’lik ko’chada kunduzi degan noto’g’ri hissiyotni uyg’otadi. Bu odamning kundalik ritmlariga javob beruvchi melatonin gormonini bloklab qo’yadi. 

Tunda qo’lda telefon bilan o’tkazilgan bir necha daqiqa, melatonin ishlab chiqarilishini bir necha soatlarga ortga surishi mumkin va bu gormonal muvozanatsizlik rivojlanishi hamda miyada yallig’lanish jarayonlarining  paydo bo’lish xavfini oshiradi.  Bundan tashqari, yuqori darajadagi qo’zg’alish, organizmga o’zini tiklashi uchun zarur bo’lgan chuqur uyquga o’tishga to’sqinlik qiladi.

2. Qaramlik

Ko’pgina bolalar elektron qurilmalardan foydalanishning qattiq qaramlik holatida bo’lishadi, axir bu qurilmalar beradigan ko’ngilxushlik, dofamin – lazzatlanish gormoni tarqalishini rag’batlantiradi.

Umuman olganda, miya uchun dofamin tarqalishiga nima sabab bo’lishining farqi yo’q:  elektron qurilmalar yoki kokain, u yana talab qiladi. Ammo agar miyaning kengayish tizimi lazzatlanish uchun tez-tez ishlatilsa, uning sezuvchanligi asta-sekin sustlashib boradi va keyingi safar maqsadga erishish uchun ko’proq stimullanishni talab qiladi. Qaramlik shundan kelib chiqadi.

Bundan tashqari, dofamin insonning biror ishga e’tiborini jalb qilish qobilayati va g’ayratiga ta’sir qiladi. Shunday qilib, dofaminga bo’lgan arzimas sezgirlik ham, bolaning emotsional ta’sirchanligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

3. Depressiya

Tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, kunning qorong’i pallalarida monitordan chiqayotgan yorqin yorug’lik tushkunlikka va hatto o’z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin ekan.

Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar, uyqu oldidan yoki uyqu vaqtida monitordan chiqayotgan yorug’lik, hatto hayvon ekranga qaramasa ham, tushkunlikka olib kelishi mumkin ekanligini ko’rsatdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, ba’zi ota-onalar farzandlarini ushbu qurilmalarni foydalanishdan juda erinchoqlik bilan himoya qilishadi, chunki ular bolalarini ortiqcha marta xafa qilishni xohlashmaydi.  Aslida, telefon va planshetlarni yotoqdan uzoqroqqa olib tashlab, farzandingizni ko’plab muammolardan himoya qilgan bo’lasiz.

4. Stress

Ko’plab izlanishlar, elektron qurilmalarni tez-tez ishlatilishi stressning paydo bo’lishiga olib kelishini isbotladi.  Stress gormonlar darajasiga o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, bu esa asabiylashishga olib keladi. Masalan, kortizol kontsentratsiyasi keskin kuchayib ketadi, bu esa o’z o’rnida ham stressga sabab, ham uning oqibati bo’lishi mumkin va bu noto’gri doirani hosil qiladi.

Bundan tashqari, qo’zg’alish va qaramlik (qurilmalar, alkogol va boshaqalardan) miyaning  inson kayfiyatiga mas’ul bo’lgan peshona qismi faolligiga bosim uyushtiradi.

5. Jismoniy faollikning pasayishi

Azaldan ma’lumki, toza havoda sayr qilish, tabiat bilan muloqot qilish, o’z uyidan tashqaridagi faoliyat stress paydo bo’lishining oldini oladi, konsentratsiya va e’tiborni yaxshilaydi, tajovuzkorlik darajasini pasaytiradi. Bundan kelib chiqadiki, bola qo’lida elektron qurilma bilan qancha ko’p vaqt o’tkazsa, uning kayfiyatini nazorat qiluvchilarga ijobiy ta’sir ham shuncha kam bo’ladi.

Xulosa

Kompyuter va Internet dunyosida bolalarni elektron qurilmalardan saqlash jinnilik bo’lib ko’rinishi mumkin. Aslida, bolada muammolar bo’lganda, barcha qurilmalarni, ular bilan chalg’iydi va yengil tortadi deb o’ylab, o’z joyiga qoldirib, biz uning ahvolini faqat og’irlashtiramiz.

Aksincha, bolani bularning barchasidan ajratib (hech bo’lmasa vaqtinchalik) qo’yib, uning asab tizimiga tiklanish va normal holatga qaytishi uchun imkon yaratamiz. Bu bilan biz bolaning bosiq va tinch, demakki, yanada baxtliroq bo’lishiga yordam berishga birinchi qadamni qo’ygan bo’lamiz.