Hammaning o'z uyi bor. Siz uyiga bir oz dam olish uchun keladigan ashaddiy sayohatchi yoki har kuni qadrdon maskaniga qaytadigan odam bo'lishingiz mumkin. Psixologlarning fikricha, uy o'z egasi haqida, masalan, kiyinish uslubidan kam bo'lmagan ma'lumotlarni so'zlab berishi mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Biz shinamlikni qadrlaymiz, uylarimiz va xonadonlarimizni bezatishni yaxshi ko’ramiz hamda bu maskanning ahamiyatini kichraytirish mumkin emasligiga qo’shilamiz.

Biz uchun uy nima va bu joy nega muhimligini qanday anglaymiz


“Biz uylarimizni bezatamiz, ichki hovlilarning tashqi qiyofasini parvarish qilamiz, chunki uyimiz, bu – o’zimizni anglashning bir qismi”, – deydi psixolog Syuzen Kleyton.

Hammasi har birimiz o’sib-ulg’aygan uydan boshlanadi. U uzoq vaqt mobaynida sajdagohga aylanadi, chunki har bir inson bu dunyoda o’zini ma’lum joy bilan uyg’unlashtirishni istaydi. Biroq xaritadagi nuqtaga “tegishli bo’lish” istagi yonida ajralib turish istagi ham bo’ladi.

Chamamizda, uy bezagida birinchilardan bo’lib aks etadigan narsa – xotiralardir. Aynan o’sha joyning bir bo’lagini esladik uchun o’zingiz bilan olib keladigan muzlatgich eshigidagi yoki devorga osilgan ramkalardagi suratlar, otkritkalar, magnitlar, shkafdagi kiyimlar va pardoz vositalari shular jumlasidandir.

Yangi odamlar bilan tanishganda “Qayerliksiz?”, degan savolni eshitamiz. Javob juda oddiy: o’zingiz tug’ilgan shahar, davlatni aytish kifoya. Biroq, o’zingizni qayerda uydagidek his qilishingiz so’ralsa, javob u qadar aniq bo’lib ko’rinmaydi.

Biz o’zimizni o’zgacha his qiladigan qaysidir makonni uy deb ataymiz. Bu o’qish davrida ijaraga olingan xonadonmi, ota-onamizning uyimi yoki boshqa mintaqadagi do’stlarimizning uyimi – muhim emas.

Xonadoningiz intereridagi alohida detallar xarakteringizga oid kamida bitta jihatni ko’rsatishi mumkin.

Masalan, muzlatgich ichidagi mahsulotlar yoki paypoqlarni saqlash usuli xonadon egasining xarakteriga qanchalar bog’liqligini ilg’ash ancha murakkab ish. Biroq psixologlarning ta’kidlashicha, aynan shunday detallar orqali uy egasi haqida fikr yuritish mumkin.

  • Paypoqlar g’aladonidagi tartibsizlik — detallarga nisbatan e’tiborlilik. Bunday aloqa mantiqsiz bo’lib ko’rinishi mumkin, ammo amerikalik antropolog Xelena  Fisherning tadqiqoti mayda narsalarga e’tiborli odamlarning paypoq solingan g’aladoni butkul tartibsiz bo’lishini isbotladi
  • Ivirsigan shkaf — o’tmish bilan aloqa. Ko’pincha inson endi ishlatmaydigan buyumlaridan voz kecha olmaydi. Psixolog Jenifer Baumgartnerning aytishicha, bunday qat’iyatsizlik inson yo’lni davom ettirishga va o’tmishni qo’yib yuborishga tayyor emasligidan dalolat beradi. Vaziyatni tuzatish uchun u taymerni 20 daqiqaga sozlab, endilikda ishlatilmaydigan hamma narsani tashlab yuborishni maslahat beradi.
  • Ochiq garderob — modaga bo’lgan muhabbat. Kiyimlarini shkaf eshiklari ortida yashirmaydigan odamlar modaga nisbatan alohida munosabatga ega bo’ladilar. Ular uchun bu dunyoning qayeridadir yuz berayotgan oddiy narsa emas, haqiqiy san’atdir. Psixolog Linda Papadopulosning qayd etishicha, bunday inson moda san’atini nafaqat funksional jihatdan, balki estetik sohada ham lazzatlanish mumkin bo’lgan narsadek ko’radi.
  • Tartibli karavot — ishga layoqatlilik. Bunda ham xuddi paypoqlar va detallarda bo’lganidek g’alati aloqa mavjud, biroq so’rovdan o’tkazilgan qariyb 70 000 odamning javoblarga ko’ra, karavotini tartibli tutadigan kishilar ishdan huzurlanadilar va hattoki, muntazam mashg’ulotlarga borishga erinmaydilar.
  • Yorug’ yotoqxona — hayotda hammasi joyida. Ostindagi Texas universitetida olib borilgan tadqiqotga ko’ra, yorug’ yotoqxona tanlovi nafaqat insonning havo ko’proq bo’lishini istashiga, balki uning ruhiy jihatdan barqarorligiga ham bog’liq.
  • Dekorativ shamlar — izzat-nafslilik. Psixolog Donna Dousonning aytishicha, nozik chinni buyumlar, dekorativ sochiqlar va shamlar uy egasi izzat-nafsli ekanligidan darak beradi. Odamlar bunday narsalarni tanlash orqali uylari borasidagi taassurotlarni hosil qilishda ular asosiy bo’lishi mumkinligini bilgan holda detallarga alohida e’tibor qaratishadi.
  • Katta kitoblar to’plami — keng dunyoqarash. Psixologiya doktori Sem Gosling ta’kidlashicha, insonning yangilikka nisbatan ochiqligi uning uyida boshqa har qanday sifatlardan kuchliroq aks etadi. Ochiqlik nafaqat kutubxona orqali, balki san’at asarlarining to’plami, shuningdek so’nggi sayohatdan olib kelingan mayda buyumlar yordamida ham namoyon bo’lishi mumkin.
  • Bo’sh ish stoli — ishonchlilik. Ish stolining buyumlar va bezaklar bilan ivirsimaganligi psixologiya bo’yicha maslahatchi Lili Bernxaymerning so’zlariga ko’ra, insonning ijtimoiylashmagan va haddan tashqari oddiyligidan darak bermaydi. Aksincha, bu uning bajarayotgan ishidagi barqarorligi va ishonchliligini bildiradi.
  • Ko’p sonli tozalash vositalari — mutaassiblik, ya’ni eskilib tarafdori. O’tkazilgan tadqiqotlardan birida erishilgan xulosaga ko’ra, mutaassib odamlar hamma narsani toza holda saqlashni yaxshi ko’rishadi. Odatda ularning uylari yaxshi yoritilgan bo’ladi. Bunday tipdagi odamlar barchasini nazorat ostida ushlab turadilar, shu bois har qanday vaziyatda uyda hamma zarur narsalar bo’lishi uchun ko’plab tozalash vositalarini olishadi.
  • To’lib ketgan muzlatgich — do’stonalik. Uyida doim muzlatgichi to’la turadigan odamlar xarid qilishga moyil bo’lishi va o’zlariga yoqqan hamma narsani sotib olishlari qayd etiladi. Ekspertlarning aytishicha, bunday odamlar o’ziga xos jozibaga ega bo’lib, hursandchilik qilishni yoqtirishadi.

Xonadon va hayotni yangilash uchun oddiy qoidalarga amal qilish kifoya


Sotsiolog Marta Bekning fikricha, inson tarjimai holini uning xonadonidan o’qib olsa bo’ladi. Shu bois u o’z mijozlariga kelgusida hayotni yo’lga qo’yishga yordam beradigan bir nechta amaliy maslahat beradi.

  • Og’riq keltiruvchi o’tmishdan voz keching: inson hayotda qancha ko’p lahzalarni yashasa, shuncha ko’p o’tmish voqealarini esga soluvchi buyumlar yig’iladi. Afsuski, vaqt o’tishi bilan ayrim bosqichla ijobiy xususiyatini salbiyga o’zgartirishi mumkin. Tabiiyki, har safar shu davr bilan bog’liq qandaydir mayda narsaga ko’zimiz tushganida og’riqni his qilamiz. Shuning uchun mutanosib hayot tomon qo’yiladigan birinchi qadam, bu – yoqimsiz xotiralarni chaqirishi mumkin bo’lgan hamma narsadan voz kechish.
  • Qalbingiz talab qilsa, tomirlaringizni qadrlang: hozirda odamlar juda ko’p ko’chishadi va ko’pincha vatan haqida faqat xotiralar qoladi. Albatta, inson o’zi tug’ilib o’sgan va bolaligi o’tgan joyni hech qachon unutmaydi, ammo ba’zan tanish narsalarni ko’rishda davom etishni istaymiz. Mutaxassis masalan, mamlakatingizni ifodalaydigan gullarni o’stirishni yoki vataningizda ishlangan buyumlar bilan uyni bezatishni tavsiya qiladi.
  • Dizayn g’oyasi uchun qiziqishlaringizdan foydalaning. Qiziqishlar va xobbilar interer bezagida ajoyib aks etishi mumkin: masalan, sizga tabiat va sayrlar yoqsa, devorlarni tabiiy matolar va tabiiy rangli materiallar bilan qoplang. Shuningdek, qadrdon makonning manzaralari tushirilgan suratlarni osib chiqish va hattoki, uy ishlarini bajarayotganda tabiat tovushlarini tinglash ham mumkin.
  • O’zingiz yashashni istagan makonni yarating. Odamlar uyiga mehmonlarni chaqirmaydigan holatlar ko’p bo’ladi. Demak, ular uy bezagi bilan shug’ullanishni istamaydilar, chunki baribir hech kim buni ko’rmaydi. Uyni o’z didingiz bo’yicha bezashga urinib ko’ring, shunda ish tugaganida mehmon chaqirishni ham xohlab qolasiz.

Sizning uyingiz xarakteringiz borasida nimalar deyishi mumkin?