•  
  •  
  •  
  •  

Nima uchun homiladorlik muddatidan avval tugaydi, biz esa bu jarayonga ta’sir ko‘rsata olmaymiz.

Homilaning tushishi – homiladorlikning birinchi-ikkinchi uch oylikda 22-haftaga qadar o‘z-o‘zidan homiladorlikning to‘xtashidir. Bu muddatda homila og‘irligi 500 grammga yetadi, homiladorlik 40-haftadan ilgari tugasa ham uni saqlab qolish mumkinligini anglatadi. Shuning uchun ham 22-haftadan boshlab muddatidan ilgari tug‘ruq haqida gapiriladi.

Homila tushishi tez-tez sodir bo‘ladi.

Turli fikrlarga ko‘ra, jami homiladorlikning 15–20 foizi muddatidan ilgari tugaydi.

Biroq bu ayollar o‘zlarining homiladorliklarini bilgan holatlardir. Ko‘pincha homiladorlik yakunlanishi haqida ham bilishmaydi.

Homila tushishi ikki turga bo‘linadi:

  1. Ayol 1-2 homila tushishini boshdan kechirgan bo‘lsa, kutilmaganda yuz beradigan homila tushishi;
  2. Odatiy. Bu uch yoki undan ortiq homiladorlik homila tushishi bilan yakunlangan, odatda bir xil muddatlarda. Yuztadan bitta ayol takrorlanadigan homila tushishi bilan yuzma-yuz keladi.

Nima uchun homila tushishi sodir bo‘ladi

Ko‘p hollarda homila tushishi – tabiat qonuni. Hech kim ona organizmi bu homilani yetishtirish kerak emasligini qanday aniqlashini aniq bilmaydi, biroq bu jarayon bo‘yicha bahslashish ma’nisiz. Homila tushishini har doim ham oldindan aytib bo‘lmaydi: biz nima bo‘lganini taxmin etishimiz mumkin.

Homilaning xromosoma anomaliyalari

To‘rttadan uch homila tushishi birinchi uch oylikka to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda homiladorlikning tugashining sababi – homila anomaliyasidir.

Xromosomalar — DNK, ya’ni genlardan tashkil topgan tuzilmalardir. Genlar – organizmdagi barcha jarayonlar kechishi aniqlab berilgan yo‘riqnomadir. Genlar homila qachon va qanday rivojlanishi, u qanday qilib bolaga aylanishi va keyin qanday yashashi, qon guruhi qanday bo‘lishi va hatto qaysi shirinliklar boshqalariga qaraganda ko‘proq yoqishini aniqlaydi.

Ota va ona hujayralari uchrashganda urug‘lanish sodir bo‘ladi, bir necha soat o‘tgach, urug‘langan tuxum hujayra birinchi marta bo‘linadi. Bu juda murakkab jarayon bo‘lib, nimadir rejaga muvofiq yuz bermasligi mumkin. Masalan, urug‘da ortiqcha xromosoma bor bo‘lishi yoki aksincha bitta yetishmasligi mumkin. Nosozlik qanday bo‘lmasin, natija yagona: homila hayotga moslashmagan. Shuning uchun ham organizm uni chiqarishga harakat qiladi, bu tabiiy mexanizm.

Ko‘p hollarda ayol homila tushishi sodir bo‘lganini hatto sezmaydi.

Organizmdagi kimyoviy o‘zgarishlar sezilarli emas, uni hamma ham sezmaydi. Hayz ko‘rishning kechikishi ham uzoq muddatni tashkil etmaydi, shuning uchun ham siklning tabiiy o‘zgarishi deya hisoblash mumkin, tashqi jihatdan bunday homila tushishi hayz ko‘rishdan farqlanmaydi.

Jami homila tushishlarining uchdan ikkitasi – aynan shunday anomaliyalar. Ularni oldindan aytish, bartaraf etish yoki davolash mumkin emas. Albatta ona va ota jinsiy hujaralarining sifati homilaning hayotga moslashuviga ta’sir qiladi. Biroq anomaliyalar sog‘lom tuxumdonlar va spermatozoidlarga ega sog‘lom ota-onalarda ham uchraydi.

Agar test, tahlil va UTT homiladorlikni belgilagan bo‘lsa-da, u homila anomaliyasi tufayli baribir homila tushishi bilan yakunlanishi mumkin.

Bo‘sh homila tuxumi

Ba’zi homiladorliklar anembrioniya rivojlanishi tufayli yakunlanadi. Bu homila tuxumi mavjud, biroq unda shakllangan urug‘ning yo‘qligidir. Bu urug‘lantirishdan keyingi nosozliklar oqibatidir.

Yo‘ldosh bilan yuzagan keladigan muammolar

Urug‘ rivojlanishi uchun u bachadon devoriga mustahkamlanishi va yo‘ldosh yordamida oziqlanishni boshlashi lozim. Yo‘ldosh – ona organizmi va homilani bog‘lab turuvchi o‘ziga xos organdir. Bu organ homiladorlikning 14-16-haftalarida shakllanadi. Agar bu jarayonda nimadir noto‘g‘ri bo‘lsa, yo‘ldosh rivojlanmasa, homiladorlik yakunlanadi, chunki yo‘ldoshsiz homilani yetishtirib bo‘lmaydi.

Surunkali kasalliklar

Ikkinchi uch oylikda homila tushishi ehtimoli, xususan ba’zi surunkali kasalliklar ona salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin:

  1. Qandli diabet (agar uni nazorat qilinmasa).
  2. Gipertoniya.
  3. Autoimmun kasalliklar.
  4. Buyrak kasalliklari.
  5. Qalqon bezi faoliyatidagi o‘zgarishlar.

Infeksiyalar

Ba’zi infeksiyalar homilaga zarar yetkazib, homila tushishini yuzaga keltirishi mumkin. Bu OIV (agar u davolanmasa va nazorat etilmasa) xlamidioz, gonoreya, sifilis, qizamiq, toksoplazmoz i sitomegalovirus, agar ularning so‘nggi uchtasi bilan homiladorlikda kasallanish yuz bersa, u zarar yetkazadi. E’tibor bering, bu ro‘yxatda ureaplazmoz va qin florasidagi har qanday o‘zgarishlar mavjud emas.

Dorilar

Ko‘plab dori vositalari, jumladan tabiiylari (o‘tlar) ham homiladorlikning kechishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun har qanday dorilarni ular xavfsiz bo‘lsa va shifokor bilan maslahatlashgan holdagina qo‘llash mumkin.

Bachadon tuzilishining o‘ziga xosligi

Bachadon shakli, tuzilishi va holati homiladorlikning kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq homila tushishiga olib keluvchi anomaliyalar juda kam uchraydi.

Ba’zida bachadon bo‘yinchasi bo‘g‘im doirasi homilani yetiltirish uchun keragidan kuchsiz bo‘ladi. Bu holat istmiko-servikal yetishmovchilik deyiladi. U tufayli bachadon bo‘yinchasi tug‘ruqqacha ochiladi va homila tushishi sodir bo‘ladi. Bu anomaliyani davolanish variantlarini taklif etuvchi ginekolog sezishi lozim.

Tuxumdonlarning yarim kistozi

Tuxumdonlarning kattalashishi, urug‘lantirishdagi qiyinchiliklarga olib keluvchi sindrom homila tushishi xatarini oshiradi. Biroq hech kim yarimkistoz homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq bilmaydi. Bunday muammoli ayollar homilani 40-haftagacha yetiltiradilar.

Homila tushishi xavfini nima oshiradi

  1. Onaning yoshi. 20-24 yoshdagi ayollarda homila tushishi xavfi 8,9 foiz, 45 yoshdan keyin esa 74,7 foiz.
  2. Zararli odatlar. Chekish va narkotik moddalar (har qanday miqdorda), spirtli ichimliklar (haftasiga 50 ml dan ortiq o‘tkir ichimliklar).
  3. Kofein. Kofeining ko‘p bo‘lmagan miqdori homilaga ta’sir qilmaydi, shuning uchun kuniga 200 mg gacha kofein ichish mumkin. Odatda bu norma odatdagidan ikki marta ko‘p. Choy va qahvada qancha kofein borligi bilan tanishing.
  4. Semizlik.

Nima homila tushishiga ta’sir qilmaydi

Ko‘plab afsonalarga qaramay, homiladorlikka quyidagilar ta’sir ko‘rsata olmaydi:

  1. Zo‘riqishlar va homilador ayolning tashvishlari, qo‘rqish.
  2. Har qanday kundalik faoliyat, jumladan ish (agar u avvaldan faoliyatning zararli turiga kirmasa).
  3. Sport va jinsiy aloqa, agar ularga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, bu haqida ginekolog gapirib beradi.
  4. O‘tkir ovqat.
  5. Samolyotda uchish.

Homila tushishi yuz bersa nima qilish kerak

Bachadonda keraksiz to‘qimalar qolmaganligini tekshirish uchun har qanday holatda ham shifokorga murojaat etish kerak. Qoidaga ko‘ra, ortiqcha narsadan organizm o‘zi xalos bo‘ladi. Ba’zida bachadonga yordam berishi kerak: yoki bo‘yinchani ochishda yordam beradigan dori ichish, yoki jarrohlik usullariga murojaat etish.

Homila tushishi sababini aniqlash uchun umumiy qon tahlilini topshirish, infeksiya bor-yo‘qligini tekshirish va bachadonni ko‘rikdan o‘tkazish. Hamrohi bilan birgalikda genetik tekshiruvidan o‘tish va xromosomadagi buzilishlarni aniqlash. Bu tahlil va tekshiruvlar nimanidir aniqlashi aniq emas: bu masala bo‘yicha ko‘plab jumboqlar bor.

Homila tushishidan keyingi eng murakkab vazifa – yo‘qotish hissini yengish va yuz bergan vaziyatda o‘z-o‘zini aybdor hisoblamaslik. Hamma muammoni turlicha yengadi, biroq nima bo‘lganda ham quyidagilarni yodda tuting:

  1. Agar homiladorlikda uzilish bo‘lsa, eshitilishi qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, homilaning imkoniyati mavjud bo‘lmagan.
  2. Odam organizmi shu qadar murakkabligi va uni amalga oshirish qiyinligida bizning aybimiz yo‘q.
  3. Homila tushishi tez-tez sodir bo‘ladi, undan keyin ko‘pchilik ayollar yana homilador bo‘lishadi va qiyinchiliklarsiz tug‘adilar.
  4. Havotir olish va hafa bo‘lish – normal holat.
  5. Agar qiyin bo‘lsa, psixologik yordam so‘rab murojaat etishingiz mumkin.

Homila tushishining oldini olish uchun nima qila olamiz

Qanchalik achinarli bo‘lmasin, hech narsa.

Homila tushishi irsiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lsa, biz kuchsizmiz. Agar infeksiyalar aybdor bo‘lsa, emlanish (masalan, qizamiq va grippga qarshi) yoki yuqtirmaslikka harakat qilishimiz mumkin. Agar homila tushishi surunkali kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda davolanishimiz yoki nazorat qilishimiz mumkin.

Ko‘p hollarda homila tushishi – ota-onalar aybi emas, tanlab olishning murakkab va bizning fikrimizcha qo‘rqinchli mexanizmidir.