Oqim holatiga tushish uchun eng samarali vaqtni aniqlab, ortiqcha fikrlardan xalos bo‘lishni o‘rganing.

  •  
  •  
  •  
  •  

Sizga qaysi vaqtda ishlash yaxshi ekanini aniqlang

Tanamiz va ongimiz istalgan sharoitlarga oson moslashsa ham kun davomidagi muayyan soatlarda u yoki bu ishni yaxshiroq bajarasiz. Tajriba o‘tkazib ko‘ring va qachon uyg‘onish, ishlash va ijodiy vazifalarni hal etish osonroq ekanini aniqlang.

Doimiy ravishda o‘zingiz uchun samarali bo‘lgan vaqtda ishlasangiz, natijalaringiz asta-sekin 10 yoki hatto 100 barobar yaxshilanadi. Qanchalik ko‘p amaliyot o‘tasangiz, diqqatingizni jamlash shunchalik yaxshilanadi. Miya diqqatni jamlab ishlashni eslab qoladi va uning o‘zi ushbu rejimga o‘tadi.

Hissiy bloklardan xalos bo‘ling

Har kuni bizni minglab chalg‘ituvchi omillar, reklama e’lonlari, mayda ishlar qurshab oladi. Har bir odam kundalik, ahamiyatga ega bo‘lmagan xayollar bilan ug‘onadi. Diqqatni jamlashga harakat qilishdan va oqim holatiga kirishdan oldin bunday xayollardan “qutilish” kerak. Yaxshisi, ularni qog‘ozga yozgan ma’qul.

Yozuvchi Juliya Kemeron ertalabki yozuvlar jarayonini “peshona oynasini xayolan artish” deb nomlagan. Ertalab yig‘ilib qolgan xayollardan xalos bo‘lib, siz ongingizni tasvirni ko‘rishga xalaqit qilayotgan chiqindidan tozalaysiz. Oqim holatiga kirishga harakat qilish foydasiz, siz o‘z “peshona oynangiz” hali artganingiz yo‘q.

Tushuning, diqqatni ishga qaratish – ongli tanlov

Ko‘pchilik odam shaxsiy intizomni rivojlantirish yoki o‘z fikrlarini nazorat qilishga harakat qilishmaydi. Kel Nyuport o‘zining «Bosh bilan ishlaganda» kitobida aloqa vositalari (ijtimoiy tarmoqlar, internet) bizni uzluksiz diqqat talab etadigan ishdan chalg‘itadi.

Ko‘pincha uyg‘onishimiz bilanoq qo‘limizga telefonni olamiz. Eslatmalar, elektron pochta, yangiliklar lentasi va ijtimoiy tarmoqlar bizning kun davomidagi fikrlarimizni aniqlaydi. Bu e’tibor sustligi va pala-partishlikka o‘rgatadi.

Agar kiruvchi vazifalar qanchalik kichik va bekorchi bo‘lishiga qaramay, o‘zingizni ularga e’tibor qaratishga sozlasangiz, diqqatingizni ishga jamlab, oqim holatida ishlay olmaysiz. Ongli tanlovni amalga oshiring va chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermang.

Bo‘sh vaqtni o‘qish va shaxsiy rivojlanishga sarflang

Ayrimlar ishdan keyin biroz chalg‘ish va vaqtini chog‘ o‘tkazishni istaydi. Kamdan-kam insonlargina vaqtini shaxsiy rivojlanish uchun sarflaydi. Biroq muvaffaqiyatli insonlar aynan shunday yo‘l tutishadi. Ular diqqatni jamlash qobiliyati ishlarining natijasi va bo‘lajak muvaffaqiyatni aniqlaydigan omil ekanini yaxshi biladilar.

Shunisi g‘alatiki, ko‘pchilik uchun bo‘sh vaqt ishga qaraganda ko‘proq zo‘riqish manbaiga aylanadi.

Ishda odam o‘zini mohir sanaydi, shuning uchun baxtli, kuchli, ijodkor va o‘zidan ko‘ngli to‘qlikni his etadi. Bo‘sh vaqtda esa shug‘ullanishga hech narsa yo‘q, ko‘nikmalaridan foydalanmaydi, shuning uchun ko‘pincha hafagarchilik, zerikish va o‘z-o‘zidan qoniqmaslikni his etadi. Biroq hamma kamroq ishlash va ko‘proq dam olishni istaydi.

Mixay Chiksentmixayi, psixolog, oqimlar nazaraiyasi muallifi

Agar diqqatini jamlay oladigan va chalg‘itadigan narsalarga e’tibor bermaydigan odam bo‘lishni istasangiz, bo‘sh vaqtingizga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiring. Ko‘proq o‘qing va rivojlaning, bekorchi ishlarga kamroq vaqt sarflang.

Yodda tuting:

chalg‘ituvchi omillarga e’tibor qaratmaslikka qaror qilish – ularni o‘z hayotingizdan butunlay o‘chirib tashlash uchun bo‘lgan harakat emas. Axir muammo ularda emas, sizda. Chalg‘itadigan narsalar doim bo‘ladi. Siz ularga e’tibor bermagan holda ishlashni o‘rganishingiz kerak.