•  
  •  
  •  
  •  

Qarzlar tushukunlikka olib borishi, do‘stlikka putur yetkazishi va hayotni izdan chiqarishi mumkin.

To‘lanmagan qarzlar kayfiyatni tushirib, hayotni murakkablashtiradi. Bundan tashqari, 2013 yildagi tizimli ilmiy hisobotga ko‘ra, qarz tushkunlik manbaiga aylanishi va salomatlikka jiddiy ravishda putur yetkazishi mumkin.

Yaxshi tomoni shundaki, buni chetlab o‘tish, ehtiyotkorlikni namoyish qilish va bir necha qoidaga rioya etish kerak.

1. Tavakkalchilikni baholang

O‘zingizga qarz majburiyatini olishdan oldin bu sizga vaziyat eng yomon bo‘lganida nima bilan tugashini tasavvur eting.

Agar do‘stingizdan qarz olmoqchi bo‘lsangiz, unga pulni qaytara olmasangiz nima bo‘lishini o‘ylab ko‘ring.

Shaxsiy moliya – bu ma’n etilgan hudud bo‘lib, u do‘stlikka soya solishi kerak emas. O‘zaro biznes kabi qarzlar ko‘plab munosabatlarni buzib yuborgan.

Agar kreditga yirik miqdorda mablag‘ olmoqchi bo‘lsangiz, ish joyingizda mustahkam “o‘tirganingiz”, moliyaviy xavfsizlik yostiqchasiga ega ekanligingiz haqida o‘ylab ko‘ring. Katta kredit mavjudligi va zaxira mablag‘ining yo‘qligidagi haydalish borasidagi qo‘rquvni bir necha marta kuchaytirib, sizni madoringiz qurishigacha olib keladi.

Yana nimalardan voz kechishingiz kerakligi haqida o‘ylab ko‘ring: xordiq, yaqinlarga sovg‘alar, sevimli mashg‘ulotlar va h.k. Agar qarzlar odatdagi narsalardan voz kechishni talab etmasligini istasangiz, o‘zingizga qancha pul kerakligini hisoblab ko‘ring.

2. Qancha pul olishingiz kerakligini hisoblang

Bir oy davomida zarur bo‘lgan narsalarni oling: kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat, transport va farzandingiz harajatlari. Yakuniy summani o‘z maoshingizdan ayrib tashlang, qolganini esa ikkiga bo‘ling – kredit bo‘yicha na shunday to‘lovni oyiga hech qanday cheklovlarsiz uddalay olasiz. Odatda bu maoshning 20-30 foizidir.

Agar kreditni ko‘p miqdorda olsangiz, har qanday kutilmagan vaziyat – kasallik, xonadonda nimanidir ishdan chiqishi yoki yangi buyumlar sotib olishi zaruriyati sizni pulsiz qolishga olib keladi.

Shuning uchun oylik to‘lov sifatida maoshning 20 foizini tanlagan ma’qul. Daromadlar ortishi holatida qarzni muddatidan oldin to‘lashingiz mumkin (albatta agar bu kredit shartnomasining shartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa).

Agar to‘lovning qulay rejimini istasangiz, uzoq muddatga kam miqdordagi pulni qarzga oling. Kreditdan foydalanganingiz uchun ko‘proq pul to‘laysiz, biroq tavakkalchilikni minimallashtirasiz.

3. Qarz haqiqatan ham zarurligiga ishonch xosil qiling

Bankka ariza berishdan avval yoki do‘stingizdan qarz olishdan oldin kredit olmaslikning iloji bor-yo‘qligini tekshiring. Balki ko‘ngilochar mashg‘ulot va zararli odatlardan voz kechish evaziga kerakli mablag‘ni o‘zingiz to‘play olarsiz.

Daromadning qo‘shimcha manbalari haqida ham o‘ylab ko‘ring. Kerakli buyumga pul yig‘ilmagunicha bo‘sh vaqtingizda qo‘shimcha pul ishlang.

Bunday usul nafaqat kreditni chetlab o‘tishda yordam beribgina qolmay, balki bu xarid qay darjada kerakligini ko‘rsatadi.

Kredit pulini o‘zingiz ishlab topmaganingiz uchun ularni keraksiz narsaga sarflash oson.

Agar o‘z xordig‘ingiz evaziga yoki zararli mashg‘ulotlardan voz kechish orqali pul ishlasangiz, pulni qadrlashni boshlaysiz.

Balki, istayotgan buyumingizu qadar kerakli emasligini anglab, undan umuman voz kecharsiz.

Agar xarid qilmaslikning iloji yo‘q hamda uning uchun pul yig‘ish u qadar foydali bo‘lmasa – vaqt o‘tishi bilan uning narxi oshadi va o‘z dolzarbligini yo‘qotadi, – u holda tanlovni amalga oshirishdan oldin barcha kredit mahsulotlarini o‘rganing.

4. Turli kredit mahsulotlarini ko‘rib chiqing

Hozirda ko‘pgina maishiy texnika, mo‘yna va boshqa mahsulotlar do‘konlarida o‘sha joyning o‘zida kredit rasmiylashtirishni taklif etishadi. Bu qulay, biroq har doim ham foydali emas. Albatta, istalgan buyumni o‘sha zahotiyoq qo‘lga kiritasiz, biroq kredit bo‘yicha to‘lov katta miqdorda bo‘ladi.

Turli mahsulot va takliflarni taqqoslang: iste’mol kreditlari, qarzlar, kredit kartalar, bo‘lib to‘lash kartalari. Ularning har biri o‘ziga xos bo‘lib, plyus va minuslarga ega. Qoidaga ko‘ra, ariza va talablarni ko‘rib chiqish muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, takliflar shunchalik foydali, yoki aksincha.

Aynan shu usul bilan ehtiyojlaringizga mos keladigan shartlarni tanlaysiz. Muhimi – shartnoma talablarini diqqat bilan o‘qish!

5. Voqealarni shoshirmang

Turli kredit takliflarini taqqoslash va ularni o‘ylab ko‘rishga uch kundan kam vaqt sarflamang. Ana shunda kredit olishingiz kerakligi yoki shart emasligi haqida batamom qaror chiqarasiz, shuningdek ko‘proq mos keladigan variantni tanlaysiz.

Qarzlar va kreditlar – murakkab mavzu. Bankka borishdan avval uni albatta o‘rganish kerak bo‘ladi. Shoshqaloqlik sizga nafaqat katta pulga tushishi balkt uzoq yillarga hayotigizga putur yetkazishi mumkin.