•  
  •  
  •  
  •  

Odatda biz yangi uzilgan sabzavotlar, mevalar va rezavorlarni afzal ko’ramiz. Huddi shu mahsulotlar muzlatilgan ko’rinishda kamroq foydali mikroelementlarga ega bo’lgandek tuyuladi. Keling, aslida haqiqat nimadaligini aniqlaymiz.

Juda ko’pchilik mahsulotlarning ta’mi va sarhilligini saqlab qolish uchun ularni muzlatishga uringan, biroq birinchi bo’lib ixtirochi Klarens Byordsay (Clarence Birdseye) buning uddasidan chiqa olgan. XX asr boshida u tutilgan baliqlarni muzga joylashtirgan baliqchi-eskimoslarni kuzatgan. Tutilgan o’lja –40 °C haroratda bir zumda muzlagan. Byordsay tushlik vaqtida muzlatilgan baliqning yangi tutilganidan hech farq etmasligiga e’tibor qaratgan va bu g’oyani rivojlantira boshlagan.

Bugungi kunda muzlatihning boshqa usullari ham qo’llaniladi. Masalan, sabzavotlarga sovuq ishlov berishdan oldin ular qaynoq suvga botiriladi. Mahsulot bunday harorat o’zgarishida ayrim foydali jihatlarini yo’qotadi. Biroq, yodda tuting:

Yangi uzilgan mahsulotlar, hattoki ularni hech narsa qilmasangiz ham, baribir ozuqaviy moddalarining bir qismini yo’qotadi.

Masalan, yashil no’xat terib olinganidan so’ng 24-48 soat ichida S vitaminining qariyb yarmini yo’qotadi.

Ali Bozari (Ali Bouzari) va uning Kaliforniya Universitetidagi hamkasblari muzlatilgan va yangi uzilgan sabzavotlardagi ozuqaviy moddalarning miqdorini taqqoslab ko’rdilar, ammo hech qanday sezilarli farq topa olmadilar. Masalan, muzlatilgan jo’xori, qorag’at va ko’zokli loviyada S vitamini yangi uzilganlariga nisbatan ko’proq bo’lib chiqdi. Shuningdek, muzlatilgan brokkolida ko’proq V2 vitamini bo’ladi.

Yana bir tadqiqot doirasida olimlar yangi uzilgan va muzlatilgan mahsulotlardagi to’qimalar, magniy, rux, temir va kalsiy miqdorini taqqoslab, baribir sezilarli farq aniqlay olmadilar.

Muzlatish kamerasida saqlanadigan muzlatilgan sabzavotlar va mevalar barcha vitamin va minerallarni saqlab qoladi.

Aslida, ozuqaviy moddalar miqdori haqida qayg’urishning hojati yo’q. Muzlatilgan va yangi uzilgan mahsulotlar o’rtasidagi asosiy farq – ularning ta’mida.