Qishda fotosessiya o‘tkazish uchun bir necha g‘oyalarni siz uchun to‘pladik.

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Ilk shudring, birinchi qor, qishning dastlabki oyi… Romantik fotosessiya o‘tkazish uchun arzirli sabab… Qishda fotosessiya o‘tkazish uchun bir necha g‘oyalarni siz uchun to‘pladik.

Izqirin va quyosh, g‘aroyib kun! Bu fotosayrga otlanishning ayni vaqti!

 

Qor parchalarini tutish

Qor yog‘ishini kuting va qor parchalarini ushlang!

Yog‘ayotgan qorni havoda “qotib qolgan” kukun sifatida muhrlash uchunfotoapparatning suratga olish tezligini pasaytirib, “Sport” avtorejimi (Harakatlanayotgan obyektlarni suratga olish uchun)ga o‘ting

 

Qishki o‘rmonda sayr qilish

Ertalab uyg‘ondingiz, derazaga qarab, oppoq shudring bilan qoplangan daraxtlarni ko‘rdingizmi? Uyingizga yaqin masofada joylashgan boqqa shoshiling! Oppoq qorlar – fotosessiya uchun ideal fondir.

Fon biroz xiraroq chiqishi uchun qo‘l rejimida diafragmani kengroq oching yoki portret avtorejimiga o‘tkazing.

 

Qor o‘ynash

Qorbo‘ron faqat bolalar uchun deb kim aytgan? Sevimli insoningizni olib, ko‘ngilli suratshkashni topib, ko‘chaga qarab yo‘l oling.

 

Yopinchiqqa o‘ranib olish

Qishda fotosessiya uchun katak-katak jun yopinchiqdan yaxshiroq, omadli aksessuar o‘ylab topish mushkul.

Yopinchiqqa hammangiz bir oila bo‘lib o‘ranib oling. Bu qishki suratlarni haqiqatan ham iliq va oilaviy ko‘rinishga olib keladi.

 

Choyxo‘rlik uyushtiring

Yopinchiq bilan birgalikda o‘zingiz bilan qaynoq choy solingan termos hamda bir juft yorqin finjonlar oling. Yoqimli va foydali narsani amalga oshirasiz: sovuqda isinib olasiz hamda a’lo darajadagi suratlarga ega bo‘lasiz.

 

Fotosessiyaga gullar olib ketish

Tabiiy gullar va oppoq qor uyumining g‘aroyib uyg‘unligi – juda romantik! Agar fotosessiyaga o‘z juftingiz bilan ketayotgan bo‘lsangiz, sevimli gullardan tayyorlangan guldasta ortiqchalik qilmaydi.

 

Qo‘llarni ushlab, sayr qilish

Ilk uchrashuv esingizdami? Birinchi marta qo‘llaringizni ushlaganingiz, ilk bo‘sa? Bu yoqimli xotiralarni suratlarga muxrlang!

 

Qorli yo‘lakda yugurish

Suratga tushishda chiroyli ko‘rinishda tura olmaysizmi? Tabiiy bo‘ling – ana o‘shanda surat ham haqiqiy va chin ko‘ngildan chiqadi. Kadrda yugurishga harakat qilib ko‘ring!

Chiroyli kadrlarga ega bo‘lish uchun balki bir necha marta yugurishga to‘g‘ri kelar. Bu yanada qiziqroq. Dubllar qancha ko‘p bo‘lsa, shunchalik chiroyli chiqadi.

 

Katta shahar chiroqlari

Dekabr oyida barcha katta va kichik shaharlar o‘zgarib ketadi: bayram bezaklari va chiroqlar paydo bo‘ladi. Bu fotosessiya uchun ajoyib fon.

 

Kiyim almashtirish o‘yini

Tasavvurni ishga soling! Turli kiyimlarda fotosessiya o‘tkazish yilning har qanday faslida ham qiziq bo‘ladi. Suratlarga klassik shlyapa kabi eng oddiy aksessuarlar bilan musaffolik baxsh eting.