Bugungi kunda o'z juftingizni topish qiyin ish emas. Shunchaki, imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish kerak. Mazkur maslahatlar notanish qizning e'tiborini tortishga yordam berib, real hayot yoki internetdagi tanishuv vaqtida imkoniyatlaringizni oshiradi.

  •  
  •  
  •  
  •  

Real hayotda qiz bola bilan tanishish

Odatdagi kutilmagan tanishuv tobora ko’proq eskirgan tus olmoqda. Shunga qaramay, bu keyinchalik nabiralaringizga so’zlab berish mumkin bo’lgan eng romantik vaziyatlardan biri hisoblanadi.

Bunday tanishuvning qator rad qilib bo’lmaydigan afzalliklari mavjud. Birinchidan, siz odamning 10 yil avvalgi ishlov berilgan suratini emas, balki doim o’zini jonli ravishda ko’rib turasiz. Ikkinchidan, bun holatda bor mahoratingizni ishga solishingiz mumkin: afsuski, virtual muloqot hanuzgacha jonli muloqotning barcha jihatlarini to’liq ta’minlay olmaydi.

Xususan, oflayn rejimida qiz bola bilan tanishish uchun quyidagi usullarni qo’llashingiz mumkin.

1. O’zingizga bo’lgan ishonch va ochiqlikni namoyon eting

Real hayotda tanishganda  noverbal signallar qo’l kelishi mumkin. Doimo gavdaning ochiq holatda turishi, barqaror (ammo, haddan ortiq bo’lmagan) ko’z aloqasi va samimiy tabassumni yodda tuting. Bularning bari yarim masalani hal qiladi: notanish qizda sizga nisbatan ijobiy his uyg’otadi.

2. Yordam taklif qiling

Odatda, bir qizga kattakon jo’madonni ko’tarishib yuborishgan yoki to’g’ri yo’lni tushuntirib bergan madaniyatli notanish yigit unga yaxshi ko’rinadi. Faqat odoblilik bilan xiralikni adashtirmaslik zarur. Ko’pincha, “yo’q” aslida ham “yo’q” ma’nosini bildiradi va ortiqcha xiralik yaxshi natija bermaydi.

3. Notanish qizga oid har qanday ma’lumotni ishga soling

U metroda qatnaydi va qandaydir kitob yoki jurnalni o’qiydimi? Yoki egnida sevimli artistining surati tushirilgan kiyimmi? Birinchi suhbat uchun mavzu ham tayyor.

Biroq, baribir odobni unutmaslik kerak. Notanish qiz telefonida nimalar ko’rayotganiga, hattoki u ekranni qo’li bilan to’smagan bo’lsa ham, izoh berish ma’qul emas. Bu shaxsiy hayotga suqilib kirishga tortib ketadi.

4. Vaziyatdan foydalaning

Agar konsertda yoki ko’rgazmada bo’lsangiz Sizning didingiz go’zal qizning didi bilan o’xshashi mumkin va suhbat uchun mavzuni topish osonlashadi. Lekin, eng oddiy joylar – do’kon, kafe, mashg’ulotlar zali – ham bunga mos bo’lishi mumkin. Tavakkal qiling.

Suhbatni boshlash uchun sabab sifatida atrof-muhitdan foydalaning. Masalan, bu qiz ishonish mumkin bo’lgan shaxs sifatida ko’rinayotganini qayd etgan holda, qaysi mahsulot yoki taomni tanlagan yaxshiroq ekanligini so’rang. Xullas, kundalik turmushda mavjud barcha manbalardan maksimal darajada foydalaning.

5. Xushomad ayting

Agar xushomad nozik va noodatiy bo’lsa, albatta g’alabaga erishasiz. Xususan, dengizdek ko’zlar va sharsharadek sochlar kabi qaytarilishlarni unuting. Biroq, o’ziga xoslikda ham me’yorni biling: tanishuv chog’ida qizning barmoqlari dunyodagi eng yaxshi qalinlikka egaligi yoki tishlari mukammal qiyshayganini aytish ortiqchalik qiladi.

Hayratomuz g’oyalardan ham voz kechgan ma’qul. Zero, ikkinchi (uchinchi, to’rtinchi va h.k.) jumlada dastlabkisiga muvofiq bo’lish talab etiladi. Aks holda barcha harakatlar zoye ketadi.

Agar notiqlik qobiliyatingizga ishonmasangiz, shunchaki qizning yoniga borib u  sizga yoqib qolganini va qiziqtirib qo’yganini tan oling. Samimiylik – har qanday mukammal o’ylangan jumlalardan yaxshiroq.

6. Xavfsizlikni namoyon eting

Real hayotdagi tanishuv deyarli har doim kutilmagan holat bo’ladi. Barcha kutilmagan va noma’lum narsalar esa havf sifatida baholanadi. Shuning uchun yetarlicha odobli, muloyim bo’ling va hech qachon qizning shaxsiy hududiga dahl qilmang. Aks holda, hissiyotlaringiz junbushi, hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz ham, uni qo’rquvga solishi va tezda sizdan qochib ketishga undashi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda qiz bola bilan tanishish

Ijtimoiy tarmoqlarning afzalligi yaqqol ko’rinadi: ularda ko’p ma’lumot bo’ladi va qaysidir ma’noda dastlabki qadam osonlashadi. Biroq, bu yerda ham ziddiyatlar mavjud. Notanish go’zlaning e’tiborini qozonish uchun quyidagi maslahatlarni qo’llashga urinib ko’ring.

7. Mavzuga doir guruhlardan izlang

Tanishish va o’zingizga mos juftni topishning eng oddiy usuli – qiziqishlar bo’yicha izlashdir. Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar, pabliklar, tadbirlar – aynan shu yerning o’zida tanishish yoki shaxsan qizga murojaat qilish mumkin. Suhbat uchun mavzularning taxminiy ro’yhatini tuzish qiyin bo’lmaydi.

8. Xabarlar yoki izohlar yozing

Agar tanishish itagida bo’lsangiz, sukunat ortida qizni layklar bilan ko’mish o’rniga so’z orqali fikrni ifoda etgan ma’qulroq. Aks holda, sizni betakalluf yoki tushunchasi yo’q odam sifatida qabul qilishlari mumkin.

9. Onlayn hatti-harakatlaringizni nazorat qiling

Sobiq qizingiz bilan yaqinda ajrashganingizni xabar qilasizmi? Barcha ayollar – ahmoq ekanligi haqida suratlar joylashtirasizmi? Izohlarda qo’pollik qilasizmi? U holda xabarlaringiz javobsiz qolayoganiga ajablanmang.

10. Savodxonlikka e’tibor bering

Agar aniqlik – qirollar nazokati bo’lsa, savodxonlik – internet-foydalanuvchilarning nazokatidir. Shuningdek, bu ongingiz rivojlanganidan dalolat beradi. Shu bois, hattoki kichkina xatoga ham yo’l qo’ymaslikka harakat qiling. Shubhalanayotgan bo’lsagiz javoblarni lug’atlardan yoki mavzuga doir manbalardan izlang.

Agar o’zbek tiliga oid bilimlaringizdan ikkilanayotgan bo’lsangiz, GoogleTranslate, Solver.uz kabi ilovalardan so’zlarning to’g’ri yozilishini topishga urinib ko’ring.

11. Chegaradan chiqmasikka harakat qiling

Birdan “sen”sirashga o’tish kimgadir erish tuyulishi mumkin. Biroq, katta harf bilan “siz” deb yozishda davom etish bilan parallel ravishda XIX asr stilistikasi bilan muloqot qilish – yaxshi yechim emas. Bu holatda qiziqarli va zamonaviy erkak o’rniga keksa tentak kabi qiyofada ko’rishingiz mumkin.

Tanishuvlar saytida qiz bola bilan tanishish

Bir qarashda, ixtisoslashgan saytlar yoki xizmatlar orqali tanishish oddiy narsadek ko’rinadi, chunki ulardan o’z juftlarini izlayotgan qizlar foydalanishadi. Lekin, bunday saytlarda salohiyatli juftlar ham kam bo’ladi. Imkoniyatlaringizni oshirish uchun quyidagi qoidalarga amal qiling.

12. Profilni aql bilan to’ldiring

Jiddiy munosabatlar kerakmi? U holda gavdangiz yoki tanangizdagi boshqa yalang’ochlangan qismlari tushirilgan suratni joylashtirmang (hech bo’lmaganda, uni asosiy surat qilib qo’ymang). Haddan tashqari, aqylni shoshirar darajada go’zal bo’lsangiz ham – bunday qilmang.

Yaxshisi, shaxsingizni ochib beradigan va yuzingizni ko’rsatadigan suratlarni tanlang.

Bundan tashqari, profilni to’liq to’ldirib chiqishga erinmang va qiziqishlar yoziladigan bo’limga alohida e’tibor qarating. Unutmang: ta’rif qancha aniq bo’lsa, o’zingizga mos inson bilan uchrashish imkoniyati ham shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun umumiy jumlalar bilan cheklanmang.

13. Yangilardan ehtiyot bo’ling

Aksariyat tanishuv saytlari yangi foydalanuvchilarni reklama qiladi: ular qolgan hammaga ko’rinadigan qidiruvning birinchi sahifalariga yoki maxsus bo’limlarga joylashtiriladi. Odatda, yangilar (ayniqsa qizlar) ko’plab xabarlar oladi. Shu tariqa sizning xatingiz yo’qolib qolishi ham mumkin.

14. Betakalluf bo’lmang

Suratdagi qiz yovvoyi mushukcha yoki malikaga qanchalar o’xshamasin, birinchi xabardayoq unga buni aytish shart emas. Hattoki, maxsus saytlardagi tanishuvlarda ham shirin so’zlar va mulozamatlar o’rinsizdir.

15. Siyqasi chiqqan so’zlarga “yo’q” deng

Tanishuv saytlari va xizmatlari katta tanlov hissini beradi. Bu yerdagi qizlar erkaklarga nisbatan ko’proq xabarlar olishini inobatga olsak, erkaklar ma’lum ma’noda ajralib turishlari zarur.

Shavqatsiz haqiqat: odatdagi «salom, ishlar qanday» javob berish istagini chaqirmaydi, har doimgi savollar esa suhbatni davom ettirish hoxishini yo’qotadi.

Iloji boricha aniqroq gapiring. Tanishish uchun qizning profilida ko’rsatilgan ma’lumotdan foydalaning yoki suhbat uchun noodatiy mavzuni tanlang. Masalan, hayotingizda o’ylamay qilgan ishlaringiz haqida o’rtoqlashishni yoki eng g’alati tush to’g’risida aytib berishini so’rang. Shu tariqa, e’tibor qozonib, zerikarli anketalashtirishdan chekinasiz va muzni eritasiz.

16. Tarqatmalarni unuting

Ayrim erkaklar yuzlab salomlashish xabarlarini yozishga erinib, bittasini o’ylab topishga qaror qiladilar: katta, batafsil va universal. Bu ularning nazdida yaxshi yo’ldek tuyuladi. Aslida, shaxsiy murojaati bo’lmagan matn darhol seziladi va yanada kamroq qiziqish uyg’otadi.

Maslahat oddiy: aynan qanaqa ayolni izlayotganingizni aniqlashtiring, mos nomzodlarni tanlash uchun vaqt sarflang va ularning har biriga hech bo’lmaganda bitta, ammo jonli jumla yozing. Zarur bo’lsa jarayonni qaytaring.


Albatta, maqolada keltirilgan ayrim tavsiyalar universaldir: Tarmoqda ham odob saqlash, real hayotda ham nutq savodini nazorat qilish zarur. Shuningdek, istalgan sharoitda qo’l keladigan yana ikkita usul mavjud: samimiy hazillashish va qiziqishingizni ko’rsatish uchun qizga savollar berish.

Siz boshqa samarali usullarni bilasizmi? Izohlarda bo’lishing!