Olimlarning aniqlashicha, “Qancha ko'p ulashsak, o'rniga shuncha ko'p olamiz” qonuniyati haqiqatdan ham ishlar ekan. Bunda gap moddiy boyliklar emas, balki xotirjamligimizdadir.

  •  
  •  
  •  
  •  

Yaqinda o’tkazilgan tadqiqot davomida ma’lum bo’lishicha, sahiylik va bag’rikenglik miya faolligini o’zgartirib, insonni baxtliroq qilar ekan. Bunda sahiy ish ahamiyatsiz, hattoki o’ylab topilgan ham bo’lishi mumkin.

Syurix universiteti olimlari 50 nafar erkak va ayollardan ularning joriy kayfiyati bo’yicha so’rovnomadan o’tishni so’radilar. So’ngra bir oy davomida ularning har biriga haftada bir marta taxminan 25 dollar mablag’ berilgan. Ishtirokchilarning yarmi pullarni o’ziga sarflashi kerak edi. Ikkinchi guruh ishtirokchilari esa har hafta qandaydir insonni tanlab, pulni unga sarflaganlar. Boshqacha qilib aytganda, 25ta odam bir oyga hudbin, qolgan 25tasi esa sahiy bo’lishga rozilik bildirdilar.

Shundan so’ng ishtirokchilarga shaxsiy pullar sevimli insonga taqdim etiladigan nazariy ssenariylarni namoyish etuvchi rolik ko’rsatilgan va bir vaqtning o’zida ularda bosh miyaning funksional magnit-rezonansli tomografiyasi (fMRT) o’tkazilgan. Olimlar uning yordamida u yoki bu vaziyatda qanday yo’l tutishga qaror qilgan – pulni berib yuborgan yoki o’zlariga olgan ishtirokchilarning miya faoliyatini kuzatganlar.

Bir oy o’tgach ishtirokchilar yana kayfiyatlariga oid so’rovnomadan o’tdilar. Anketada baxtni his qilishga alohida e’tibor qaratilgan. So’ngra olimlar ikkita so’rovning natijalarini taqqosladilar.

Ma’lum bo’lishicha, pullarni boshqalarga bergan odamlar o’zlarini hudbinlarga nisbatan ancha baxtliroq his qilganlar. Shuningdek, ular fMRT o’tkazish vaqtida “sahiy” ssenariylarni ko’proq tanlaganlar.

Sahiy ishtirokchilarning miya tekshiruvi chakka bo’g’imida, ya’ni miyaning altruistlarga xos hatti-harakatida faollashadigan sohasida katta faoolikni ko’rsatgan.

Bundan tashqari, mazkur guruh ishtirokchilarida chakka bo’g’imi va rag’bat hamda mukofot uchun javob beradigan ventral striatum o’rtasidagi aloqa yaqqol ko’ringan. Tajriba o’tkazgan olimlarning fikricha, ajdodlarimiz mukofot, shuningdek baxt hissi bo’lmagan taqdirda, ovqat va boshpanani o’zaro bo’lishmagan bo’lardilar.

Shu tariqa, tadqiqot sahiy ishlar va yaxshi kayfiyat o’rtasida aloqa mavjudligini isbotlab berdi.