Tanishuvlar, suhbatdosh, yozishmalar, payqamoq, sevgi, firibgar, tanishuv saytlari, chet ellik, firibgarlar qurboni, moliyaviy farovonlik, quyoncha, mushukcha, yangi tanish, ingliz tilida, sayt, sevgi izhor qilmoq, qallob, xushomadlar, bir nechta qurbon, vaziyat, muammoni, qimmatbaho, aldash, mashhur usullari, aviachipta, munosabatlar, kulfat tushgan, jabrlanuvchi, minglab dollar, ofiser, o‘lja, tovlamachi, fotosuratlar, videoaloqa, shantaj, himoyalanish

  •  
  •  
  •  
  •  
FavoriteLoadingYoqdi

Agar tanishuvlar saytida suhbatdosh bilan yozishmalarda quiydagilarga o’xshash narsalarni payqasangiz, bilingki: sizning qarshingizda katta ehtimol bilan sevgiga emas, balkim pulga tashna firibgar turibdi.

Tanishuv saytlarida firibgarlarning ish uslubi.

Odatda firibgarlar qurbonlari, chet ellikga turmushga chiqishni orzu qiluvchi tanishuv saytlarining nozik jins foydalanuvchilari bo’lishadi.

Qalloblararning birinchi xatlari boshqalardan juda farq qiladi: ular muloyim va asosli. Sizga sevimli  mashg’ulotlari va ishi haqida batafsil ma’lumot berishadi, moliyaviy farovonlikga shama qilishadi, bir nechta yoqimli, ammo odob chegarasidan chiqmagan xushomadgo’yliklar qilishadi. Keyin sizni iqrorlar va his-tuyg’ularga ko’mib, tez orada suhbatni saytdan elektron pochtaga ko’chirishni  taklif etishadi.

Ehtiyot bo’lish kerak, agar:

1.    Suhbatdoshingiz sizga nomingiz bilan murojaat qilmay, sizni quyoncha, mushukcha va boshqa kichiklashtiruvchi  erkalash so’zlari, shuningdek, agar o’zini chet ellikdek ko’rsatayotgan bo’lsa osha so’zlarning ingliz tilidagisi bilan chaqirsa.

2.    Yangi tanish zudlik bilan tanishish saytini tark etishni talab qilsa va elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotni davom ettirishni talab qilsa.

3.    Yangi hikoyalar yozmasa, uning kuni qanday bo’lgani haqida gapirmasai va hokazo.

4.    Tanishuvdan so’ng, firibgar darrov sevgi izhor qilsa.

5.    Qallob sizning savollaringizga javob bermasa, xushomadlar va o’z his-tuyg’ulari izhorlariga to’lib toshgan g’alati xatlar yozsa .

Yodingizda tuting: ba’zan yolg’onchilar bir vaqtning o’zida bir necha qurbonlar bilan yozishadi. Odatda, ular bir xil shablonlardan foydalanadi va hatto qurbonlarning xatini o’qib o’zini qiynamaydi ham.

Firibgarning asosiy vazifasi sizni samimiyligiga ishontirishdir. Firibgar siz bilan muloqot qilishga haftalar, ba’zan oylarni sarflashga tayyor. U sizdan sevib qolganingizni anglamagunicha pul talab qilmaydi. Faqat  shundan keyingina u biror yolg’on vaziyat yoki muammoni o’ylab topadi, va uni shunchalik ta’sirli yetkazadiku, siz darhol unga yordam berishni xohlab qolasiz.

Tanishuv saytlaridagi firibgarlikning eng mashhur usullari

Qimmatbaho sovg’a

Bir necha hafta mobaynidagi tanishish va sevgi izhorlariga to’la shiddatli yozishmalardan keyin,  bo’lajak qaylig’ o’z qurboniga qimmatbaho sovg’a: telefon, noutbuk yoki zargarlik buyumlari  yuboradi. Keyin u «tasodifan» etkazib berish uchun pul to’lashni unutib qo’yadi, shu sababli sovg’a belgilangan manzilga yetib borolmaydi va xonimga bu xarajatlarni o’z zimmasiga olishni taklif qiladi. Kim ham qimmatbaho noutbuk uchun bir necha yuz dollar to’lashni rad etadi, qolaversa, oshiq bu pullarni uchrashganda qaytarishni va’da qilganda?

Jabrlanuvchiga pochta yoki SMS orqali kurerlik xizmatining veb-saytiga havola keladi, lekin kerakli miqdorfagi pulni jo’natgandan keyin firibgar o’zining mavjud bo’lmagan sovg’asi bilan birga g’oyib bo’ladi.

Oxirgi paytlarda ushbu usulning samaradorligi pasayib ketganiga qaramasdan, qimmatbaho sovg’a tanishuvlar saytining foydalanuvchilarini aldashning eng tezkor va eng mashhur usullaridan biri bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, so’nggi paytlarda uni takomillashtirishdi: endi sovg’a sifatida guldasta yoki souvenir yuborilishi mumkin, shuningdek, kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun jo’natmaga pul mablag’ini qistirib qo’yishini va’da qiladi. Bunday jo’natmalarni etkazib berish uchun to’lov unchalik katta emas, shuning uchun odamlar hech narsadan shubhalanmaydi.

Aviachipta

Agar sizning munosabatlaringiz davomida birgalikda dam olish fikri bo’lsa, ertami-kechmi chipta sotib olish masalasi paydo bo’ladi. Odatda, qaylig’ nafaqat uning balki o’zining ham aviachiptasini ayol to’lashiga majbur qilish uchun, hisob raqami bloklanishi kabi bahonalarni o’ylab topadi.  Uchrashuvda, albatta, u darhol barcha pullarni va hatto foizlari bilan ham qaytaradi.

Sayohatni tashkil etishga yordam berish uchun qaylig’ aviakompaniya veb-saytiga chipta sotib olish uchun havolani yuboradi, lekin afsuski, manba fishing bo’lib chiqadi.  Chiptalar uchun pullar firbgarning hisobiga tushadi va na chiptalar, na jabrlanuvchining qaylig’i ko’rinadi.

Bu saytdagi chiptalar siz topganingizdan ko’ra arzonroq bo’lsa ham, qarmoqqa ilinmang. Puldan butunlay ajralishdan ko’ra, ortiqcha to’lagan yaxshiroqdir.

Boshiga kulfat tushgan

Ayollar yordam berishni yaxshi ko’radilar va bundan fribgarlar faol foydalanadi. Ular bir necha oy davomida jabrlanuvchilar bilan yozishadi, hatto uchrashuv  tayinlashadi va aviachiptani o’zlari sotib olishadi, lekin so’nggi lahzada uzoq kutilgan uchrashuv barbod bo’ladi, chunki qaylig’ning boshiga  kulfat tushadi: uni hibsga olishadi, jarima to’lamasdan mamlakatdan chiqishga ruxsat berishmaydi, shifokorlar unda og’ir kasallik va shunga o’xshash narsalarni topadilar. Sabablar ko’p bo’lishi mumkin, ammo maqsad bitta – kelindan pul so’rash. Odatda bunday hollarda minglab dollar pul haqida gap ketadi.

Firib berish uchun ko’pincha qaylig’ning «qarindoshlari» ham jalb qilinadi, chunki ba’zi ssenariylarda uzoq muddatli homiylik ko’zlanadi.

Bu kabi firibgarlarning to’riga tushmaslik uchun, o’zingiz tanimagan odamga hech qachon, hatto arzimagan mablag’ni ham yubormang.

Ofitser

Firibgar o’zini qaynoq nuqtada xizmat qilayotgan harbiy qilib ko’rsatadi. Oldingi holatlarda bo’lganidek, munosabatlar otashin xatlar va shartnoma tugashi bilanoq uylanish  va’dasi bilan boshlanadi.

Bir necha hafta yoki oy o’tgach, ofitser topilma: xuddiki u qadimiy buyumni o’lja sifatida qo’lga kiritdi, va uni sevgilisiga saqlab qolish uchun yubormoqchiligini ma’lum qiladi. Oddiy  pochta bu erda yordam bermaydi – bojxona nazoratidan o’tmaydigan  diplomatik vakolatga ega bo’lgani kerak. Ammo, muammo shundaki ,buning uchun bir necha ming dollarlik pora talab qilinadi. Ofitserda esa bu pullar  yo’q.

Xuddi shunga o’xshash sxema ko’p yillar davomida xizmat yillari uchun yoki meros orqali qo’lga kiritiladigan katta miqdordagi pullar uchun ham qo’llanilgan.

Bunday fribgarlarni aniqlash juda oson: Googleda rasm bo’yicha qidiruv berishning o’zi kifoya. Odatda, qalloblar internetda ma’lumotlari mavjud bo’lgan, haqiqiy harbiylarning fotosuratlarini ishlatishadi.

Tovlamachi

Eng oddiy, ammo shunga qaramay, firibgarlikning samarali usuli – shantaj. Ko’pincha  yosh qizlar buning qurboni bo’lishadi.  Yigit ishonchga kiradi, ko’pincha Skype orqali xabarlar jo’natadi va qo’ng’iroq qiladi. Bir muncha vaqt o’tgach, u yanada yaqinroq aloqada bo’lishni taklif qiladi, ochiq fotosuratlar jo’natishni yoki videoaloqa vaqtida unga raqsga tushib berishni so’raydi. 

Firibgar video yoki fotosuratni olishi bilanoq, ikkinchi bosqich – shantaj boshlanadi. Tovlamachi agar talab qilingan pulni olmasa, ijtimoiy tarmoqdagi jabrlanuvchining barcha kuzatuvchilariga rasmlarni yuborish yoki ularni qiz yashaydigan hudud bo’ylab yopishtirib chiqish bilan tahdid soladi.

O’zingizni bundan himoya qilishning yagona usuli – bu shaxsan tanimaydigan odamlarga ochiq fotosuratlar va videolarni yubormaslik.

Tanishuvlar saytida firibgarlardan qanday himoyalanish kerak.

1.       Ehtiyot bo’ling va aqlingizni yo’qotmang.

2.       Internetda tanishingiz haqida ma’lumotlarni tekshiring, qidiruv tizimiga ism va fotosuratni kiriting. Ko’pincha firibgarlar tarmoqdan o’zlari topgan boshqa kishilarning rasmlarini ishlatadi.

3.       Ayniqsa qaylig’ o’znini chet ellik deb tanishtirganda orfografiyaga e’tibor bering. Agar u ko’p xato qilsa, demak, bu signal: sizning qaylig’ingiz, o’zi da’vo qilayotgan inson  emas. «Rus» qaylig’lari bilan bog’liq hollarda ham grammatikani yaxshi bilish sizni qutqarishi mumkin. Chet elliklar o’zlarini ulardek ko’rsatish holatlari ham kam uchramaydi, shuning uchun siz xatlarga diqqat bilan qarasangiz, xatolarni topish va qalloblarni aniqlash mumkin.

4.       O’zingiz shaxsan tanimaydigan odamga intim fotosuratlar yubormang.

5.       Hech qachon pul, bank kartasi, hisob raqami yoki pasport ma’lumotlarini jo’natmang.