•  
  •  
  •  
  •  

Quyida sochlarga misli ko’rilmagan hajm va jilva berish usullarini yaxshi biladigan mashhur parijlik koloristning maslahatlarini taqdim etamiz.

Kristof Robin (Christophe Robin)

Gollivudning ko’plab yulduzlari bilan ishlagan mashhur kolorist, L’Oreal Paris eksperti, Christophe Robin sochlar uchun vositalar to’plami yaratuvchisi.

Birinchi qadam

Sochlar oson taralishi uchun ularni yuvishdan avval ham tarang. Kristof Robin dastlab soch uchlarini, so’ngra ildizlarini tarashni maslahat qiladi.

Ikkinchi qadam

Sochlaringiz uchiga qandaydir tabiiy soch uchun mo’ljallangan moyni suring va yana tarang. Bunda bodom yoki argan moyi ayni muddaodir. Ideal holatda moyni tun davomida sochlarda qoldirish kerak, ammo 15 daqiqa bilan ham cheklanish mumkin. Kristof konditsionerni tavsiya etmaydi, chunki u sochlarni og’irlashtiradi.

Uchinchi qadam

Sochingiz turiga mos shampundan foydalaning.

Koloristning qayd etishicha, bo’yalgan sochlarni sulfatsiz shampun bilan yuvgan afzal. Sulfatli shampundan esa sochi bo’yalmagan va ildizlari yog’li bo’lgan xonimlar foydalanishlari mumkin. Jingalak soch sohibalari shampun o’rniga tozalovchi konditsionerga e’tibor qaratganlari ma’qul, chunki bunday sochlar quruq bo’lishga moyildir.

Kristof Robinning fikricha, aksariyat ayollar juda ko’p mahsulot ishlatishadi.

“Taxminan bir choy qoshiq vosita yetarlidir”, – deydi u.

Shampunni ko’pirtirib soch uchlariga tegmasdan, faqat ildizlariga barmoqlar (tirnoqlar emas) yordamida ishqalang. Sochlarga hajm berish va qon aylanishini yaxshilash uchun boshni pastga engashtirish kerak.

To’rtinchi qadam

Shampunni yaxshilab yuvib tashlang. “Aslida, ko’pchilik bu jarayonga yetarlicha vaqt ajratmaydi va yuvish vositasini to’liq yuvib tashlamaydi, – deydi Kristof. – Sochlar tozaligidan g’ichirlashi kerak”.

Beshinchi qadam

Agar konditsionerdan foydalanmoqchi bo’lsangiz, uni faqat soch uchlariga suring. Kristof Robin haftada bir marta chuqur konditsionerlovchi soch uchun niqobni ishlatishni tavsiya qiladi. Niqobni sochingiz turiga qarab tanlang.

Oltinchi qadam

Ho’l sochlarni taramang, chunki ularning tuzilishiga zarar yetkazadi. Kolorist sochlarni quyidagicha quritishni tavsiya qiladi:

“Boshingizni eging va tez harakatlar bilan ikki tomondan sochlarga sochiqni go’yoki uring”. Bu tarashni osonlashtirish bilan birga, ildizlarga hajm beradi.

Bonus

Kristof Robinning tan olishicha, uning soch yuvish usuli ancha uzoq jarayon. Biroq, hammasi to’g’ri bajarilsa, boshni kamroq yuvish mumkin bo’ladi: haftada ikki marta yetarli bo’ladi.

Quruq shampunni ortiqcha ishlatmang. U baribir sochlarni to’liq yuvish o’rnini bosa olmaydi. Buning o’rniga zarurat tug’ilganda yog’li ildizlarga bir oz sirka eritmasini (100 g suvga besh tomchi olma sirkasi) seping. Eritma quruq shampundan farqli o’laroq doylar qoldirmaydi va bosh terisini parvarishlaydi.