Quyida favqulodda vaziyatlarda o'zingizni to'g'ri tutishga yordam beradigan “O'z qo'lingiz bilan birinchi yordam” kitobidan olingan bir nechta maslahatni keltiramiz. Bu bilimlar kimningdir hayotini qutqarib qolishi mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

Tez yordam mashinasi haligacha kelmagan bo’lsayu, inson hayoti havf ostida qolgan bo’lsa tez va to’g’ri chora ko’rish kerak. Tabiiyki, birinchi yordam professional yordam o’rnini bosa olmaydi. Biroq, ba’zan bir nechta oddiy harakat jabrlanuvchining hayotini qutqarib qolishi mumkin.

Jeyms Xabbard
30 yillik ish tajribasiga ega amaliyotchi shifokor, omon qolish tibbiyoti bo’yicha yetakchi ekspert.

Kuyish holatida birinchi yordam

Odatda, termik kuyishlar nafas yo’llariga o’tmasdan, bo’yin yoki yuzda shish paydo bo’lmasa, yoki tananing katta qismida chuqur kuyish yuz bermagan bo’lsa, hayot uchun havfli hisoblanmaydi. Biroq, hattoki kichik kuyish ham og’riqli kechadi. Uni quyidagicha yengish mumkin:

  1. Issiqlik manbaini yo’qoting, kuyish sohasidan issiq yoki tor kiyimni oling.
  2. Kuygan joyni suv bilan sovuting — bu og’riqni kamaytirib, to’qimalar shikastlanishi qisqartiradi. Bu maqsad uchun muz to’g’ri kelmaydi: u zararlangan to’qimalarga qon oqib kelishiga halaqit qiladi.
  3. Iloji bo’lsa, kuygan joyni yurak sohasidan tepaga ko’taring. Bu juda samarali usul emas, ammo asablar ta’sirchanligi kamayishi natijasida og’riq bir oz yengillashishi mumkin.
  4. Kuygan joyga hech qachon moy, yog’ yoki surtmalar surmang. Ular jarohatdagi issiqlikni tutib qoladi. Avval kuygan joyni sovuting va faqatgina bir necha soat o’tgach shikastlangan teriga antibiotikli krem suring.
  5. Zararlanish sohasini baholang. Keyingi harakatlar kuyish darajasiga bog’liq bo’ladi.

Zararlanish sohasini baholashning oddiy usuli – jabrlanning kuygan joyi hajmi va kaftlarini taqqoslab ko’rishdir: kaft yuzasi tana umumiy yuzasining qariyb 1%ni tashkil etadi.

Jeyms Xabbard

Birinchi darajali kuyish

Bular og’riq hislarini yuzaga keltiradigan yengil quyoshdan kuyishdir. Terining faqat ustki qavati shikastlangan, shu bois barchasi bir necha kunda o’tib ketadi: eski teri ko’chib, uning o’rnida yangisi paydo bo’ladi.

Og’riq hislarini yo’qotishga quyidagilar yordam beradi:

  • Sovuq kompress
  • Aloe verali gel
  • Og’riqni qoldiruvchi ta’sirga ega yallig’lanishga qarshi vositalar

Ikkinchi darajali kuyish

Ikkinchi darajali kuyishni bir qarashda aniqlash mumkin: darhol yoki bir necha soat ichida pufakchalar paydo bo’ladi. Bunda infeksiyani yuqtirib olish havfi yuqori, shu bois kuygan soha 5%dan ortiq bo’lsa albatta kasalxonaga murojaat qiling. Bunday kuyishlar 2-3 haftada bitadi, ammo kichik chandiqlar qolishi mumkin.

Huddi ochiq jarohatda bo’lganidek harakat qiling:

  • Kichkina pufakchalarga tegmang. Diametri 2-3 santimetrga teng pufaklarni steril vosita bilan teshing
  • Teshgandan so’ng shikastlangan joyni tozalang
  • Steril bog’lam qo’ying
  • Agar qizarish sog’lom teriga tarqalayotgan bo’lsa, antibiotik iching

Uchinchi darajali kuyish

Terining barcha qatlamlari shikastlangan, shuning uchun u oppoq yoki sarg’aygan ko’rinishda bo’ladi. Ayrim hollarda bunday chuqur kuyishlar og’riqsiz kechishi mumkin: teri qatlamlaridagi asab uchlari o’ladi va shikastlanish sohasi uvushib qoladi.

Tuzalish bir necha oy davom etadi, chandiqlarning qolishi tayin. Katta qism kuyganda ko’pincha terini ko’chirib o’tkazish talab etiladi. Bunday vaziyatda:

  • Zudlik bilan tibbiy xizmatga murojaat qiling.
  • Shifokor kelgunicha huddi ikkinchi darajali kuyishda bo’lganidek harakat qiling: jarohatni tozalang, antibakterial surtmali steril bog’lamni qo’ying.
  • Tuzalish davomida bo’g’imlarni ko’proq harakatlantiring: shunda harakatni cheklaydigan chandiqlar paydo bo’lmaydi.

Burundan qon ketishida birinchi yordam

Burun teshiklarida shilliq qavat yuzasiga yaqin joylashgan tomirlar ko’p. U qurib qolishi yoki shikastlanishi natijasida kuchli qon ketishi boshlanishi mumkin.

  1. Burun qonay boshlasa, yotmang, yaxshisi o’tiring: natijada burundagi bosim kamayadi.
  2. Boshni orqaga tashlamang, aks holda qon tomoqdan pastga oqadi va nafas yo’llariga o’tadi. Boshni oldinga eging.
  3. Burun chetlarini barmoqlar bilan siqing. Odatda bevosita bosim qon ketishini to’xtatadi.
  4. Burunni 10 daqiqa davomida siqib turing.
  5. Agar qon to’xtamasa, qaysi tomon qonayotganini aniqlang. Buning uchun teshiklarni navbat bilan siqib ko’ring.
  6. Qonayotgan tomonga paxtali tampon yoki juda zich o’ralgan doka bo’lagini tiqing. Avval unga antibakterial eritma surishingiz yoki bir nechta burun uchun tomirni toraytiruvchi tomchi tomizishingiz mumkin. Agar qon ketishi davom etayotgan bo’lsa, demak tampon yetarlicha to’g’ri joylashmagan.
  7. Agar qon na burunni siqishdan, na tampondan to’xtamasa zudlik bilan tez yordam chaqiring. Ehtimol, arteriyaga aloqador orqa burun qon ketishi yuz bergandir. Shifokorlar qon yo’qotishni to’xtata oladilar.

Behushlikda birinchi yordam

Behushlik – bu miyada yetarlicha qon aylanmasligi tufayli birdan hushni yo’qotishdir. Ba’zida bunga oddiy narsalar sabab bo’ladi, ammo ayrim hollarda tibbiyot yordami ham zarur. Biroq, behushlik nima sababdan kelib chiqqanidan qat’iy nazar, quyidagicha harakat qilish kerak:

  1. Behushlikning birinchi belgilari – ko’ngil aynishi, terlash, tez-tez nafas olish, tunneli ko’rish, qo’llar namlanishi, oqarish va bosh aylanishi – paydo bo’lganida odam o’tkazib, bosh ko’krak qafasidan pastda bo’lishi uchun egilishni taklif qiling. Eng yaxshi yo’li uni yotqizib qo’yish.
  2. Agar odam hushini yo’qotayotganini ko’rsangiz, u shikastlanmasligi uchun ushlab qoling.
  3. Bosh yurak bilan bir qatorda yoki pastroqda bo’lsa, odam hushiga qaytishi kerak. Ammo, bemor ma’lum vaqt davomida kalovlanib turishi mumkin.
  4. Belgilar to’liq o’tib ketmasidan oldin uning turishiga yo’l qo’ymang.
  5. Tomir urishi va qon bosimini tekshirib ko’ring.
  6. Agar ko’rsatkichlar me’yorida bo’lsa, bemor o’tirishi mumkin. Yana bir necha daqiqa o’tirgach, turishi mumkin. Agar belgilar qaytalansa, yana uni yotqizib qo’ying.
  7. Behushlik sababini aniqlashga harakat qiling. Agar havotirli belgilar mavjud bo’lsa, iloji boricha tezroq malakali tibbiy yordam olish kerak.

Behushlik sabablari

Ko’pincha behushlikning sababi oddiy bo’ladi, masalan bemor qonni ko’rib qattiq ta’sirlangan yoki qayt qilganidan so’ng suvsizlanishdan aziyat chekadi. Ayrim hollarda tibbiy tekshiruvchiz sababni aniqlash mumkin emas.

Hurujga nima sabab bo’lganini tushunish uchun behushlik turlarini bilish zarar qilmaydi. Shifokorlar uni to’rt toifaga bo’ladi.

1. Vazovagal behushlik

Bunday behushlik mutlaqo sog’lom kishilarda uchraydi: qo’rquv, havotir, yo’tal, taranglik, qon ko’rinishi yoki hattoki kulgu ham sabab bo’lishi mumkin. Nima uchun ayrim odamlarda bosimning birdan pasayishi shunday oqibatga olib keladiyu, boshqalarda yo’q – olimlar hanuzgacha bilmaydilar. Biroq, bu – behushlikning eng havfsiz turi.

2. Postural behushlik

Ba’zan odamlar keskin o’rnidan turganida hushini yo’qotadi: brak va tomirlar shunchaki miyaga yetarlicha qon miqdorini yetkazishga ulgurmaydi. Bu holat qon yo’qotilishi, kamqonlik yoki suvsizlanishda yuz berishi mumkin.

3. Yurak behushligi

Yurak bilan bog’liq muammolar sababli miyaga qon oqimi kamayadi, shu bois behushlik yuz beradi. Ehtimoliy sabablar – infarkt, yurak yetishmasligi, o’ta tez yoki o’ta sekin brak urishi, yurak mushagining zaiflashuvi.

4. Nevrologik behushlik

Kamdan-kam, ammo baribir uchrab turadi: odamlar kuchli bosh og’rig’i tufayli hushidan ketadi. Shuningdek, tranzitor ishemik huruj (mikroinsult) ham sabab bo’lishi mumkin.

Shifokorlar yordami darhol zarur bo’lgan belgilar

  • Dastlabki belgilarning yo’qligi. Masalan, hushdan ketishdan avval yurak tez urmagan. Bu yurak muammolaridan darak berishi mumkin, demak, zudlik bilan kasalxonaga yetkazish zarur.
  • Behushlik jismoniy mashg’ulotlar davomida yuz bergan. Ehtimol, unga qattiq kuch sarflanishi sabab bo’lib, havfli emasdir. Biroq, belgilarsiz yurak hastaligining ehtimoli mavjud. Shu bois, albatta tibbiy ko’rikdan o’tish kerak.
  • Turli hajmdagi qorachiqlar. Bu miyadagi kuchli bosimdan dalolat beradi. Ehtimoliy sabablar – insult, chayqalish yoki o’sma.
  • Kuchli osh og’rig’i. Ehtimol bu shunchaki og’riqdir, ammo insult ham bo’lishi mumkin.
  • Beldagi kuchli og’riq. Rivojlanib borayotgan aorta anevrizmasining belgisi bo’lishi mumkin. Bu kasallikda yurakdan chiqadigan tomir bo’linadi. Tezkor kasalxonaga yetkazish talab etiladi.

Issiq urganida birinchi yordam

Gipertermiyada eng muhimi – belgilarni o’z vaqtida sezish va sovishdir. Issiq urishi organizmning sovutish tizimi ishdan chiqishi bilan havfli. Biroq, ichki metabolik jarayonlar to’xtamaydi va issiqlik ishlab chiqaradi. Shu bois, organlar chin ma’noda qovurila boshlaydi.

Issiq urishini quyidagi belgilar bo’yicha tushunish mumkin. Odam uzoq vaqt quyoshda bo’lganidan so’ng hayajonlanadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ammo terlamaydi. Shuningdek, kuchli bosh og’rishi, aqlning xiralashishi va gallyutsinatsiyalar bo’lishi mumkin.

Bunday vaziyatda tez harakat qilish darkor. Quyidagi yo’riqnomaga amal qilish va qo’lingiz ostida bor narsalarni ishlatishga harakat qiling.

  1. Zudlik bilan tez yordam chaqiring. Issiq urganidan so’ng odam o’zi tuzalib qolishini kutmang: hattoki sovutilganidan keyin ham ayrim organlar shikastlangan bo’lib qoladi.
  2. Tez yordam kelgunicha bemorni sovutib turing. Agar u yura oladigan ahvolda bo’lsa, salqin joyga olib boring. Aks holda, uni soyaga ko’chiring.
  3. Ustki kiyimni yeching.
  4. Bemorga salqin suv seping. So’ngra issiqlik ketishi uchun yelpib turing. Shuningdek, choyshabnimuzdek suvga bo’ktirib, bemorni unga o’rab qo’yish mumkin.
  5. Agar muz bo’lsa, uni matoga o’rab tananing qo’ltiq osti va boldir orasiga, bo’yin ostiga qo’ying.
  6. Keskin usul: bemorda yurak muammolari bo’lmasa, uni muz solingan vannaga solish.
  7. Agar jabrlangan hushida bo’lsa, unga iloji ko’proq sovuq suv ichiring.

Jeyms Xabbardning «O’z qo’lingiz bilan birinchi yordam» kitobi har bir dori qutisida bo’lishi kerak. Uning yordamida turli favqulodda vaziyatlarda harakat qilishni o’rganasiz: urilish, chaqish, sovuq urishi va yurak huruji. Bu kitob o’zingizni yo’qotmasdan, yordam kutadigan joy bo’lmagan va faqat o’zingizga ishonishga to’g’ri keladigan vaziyatda o’zingiz va boshqalarga yordam berish imkonini yaratadi.