•  
  •  
  •  
  •  

Nikoh to‘yiga taklif etilgan, turmush qurayotgan yoshlarganima xadya qilishni bilmayotganlar uchun bir necha g‘oyalar.

Sizni to‘yga taklif qilishgan bo‘lsa, u holda ikkilanish hissi sizga tanish: bayram sababchilari uchun xursandlik va ularga nima sovg‘a qilsam ekan kabi uzoq davom etadigan o‘ylar. Layfxaker kelin va kuyovga yoqishi aniq bo‘lgan universal sovg‘alarni to‘pladi.

1. Pul

Hammaga va har doim zarur bo‘lgan universal sovg‘a. Pul ayniqsa ulkan rejalari mavjud bo‘lgan yosh oilada hech qachon ortiqchalik qilmaydi.

Pullarni konvert yoki har qanday g‘aroyib o‘ramga solib berish mumkin. Asosiysi, sovg‘a miqdorini aytmang, bu odobdan emas.

2.  Maishiy texnika uchun sertifikat

Toster va multivarka o‘rniga maishiy texnika do‘koni uchun sertifikat sovg‘a qiling. Bu yangi turmush qurganlar uchun ham qulay. Bayram tadbiriga katta qutini olib borishingiz, ularga esa uchta televizorni qayerga qo‘yishni o‘ylashga to‘g‘ri kelmaydi. Juftlik zarur bo‘lgan buyumni o‘zi tanlagani ma’qul

3. Sarguzashtlar

Yorqin hissiyotlar moddiy qadriyatlar kabi muhim. Kelin va kuyovga yoqishi mumkin bo‘lganini tanlang:parashyutdan sakrash, tramplin yoki aerotrubda uchish yoki ikki kishi uchun spa kabilardir. Siz yangi hislar bilan bir qatorda, uzoq yillar uchun yorqin hotiralar xadya etasiz.

4. Juftlik aniq yoqtiradigan narsa

Juftlik odatda dam olish kunlarini qanday o‘tkazishini o‘ylab ko‘ring. Agar sevishganlar tabiat qo‘ynida kabab pishirishni yoqtirsa, ularga grilda pishgan go‘sht sovg‘a qiling. Agar juftlik uyda o‘tirishni ma’qul ko‘rsa, ularga zarur bo‘lgan sovg‘ani izlang. Agar yaqinlaringiz ham do‘stlaringiz va tanishlaringiz bo‘lsa, ularga sovg‘a sifatida nima xadya qilish mumkinligini o‘zlaridan so‘rashingiz mumkin.

5. Qimmatbaho alkogol 

Tabiiyki, bu sovg‘a agar juftliklarning har ikkisi ham spirtli ichimliklarni ichishga qarshilik qilmagan holdagina o‘rinli bo‘ladi. Agar imkoniyatingiz bo‘lsa, turli vaziyatlar uchun har xil qiziq ichimliklar sovg‘a qilishingiz mumkin. 

6. Dizaynerlik va san’atga xos kichik buyumlar

 «Katta bo‘lmagan» so‘ziga e’tibor qarating: bu so‘z asosiydir. Siz sovg‘a qilish istagida bo‘lgan rasm va haykal interyerning markaziy qismi emas, uning bir detali bo‘lishi lozim. Bu bayram nishonlanayotgan joyga o‘zgalar yordamisiz olib borish, keyinchalik ham osonlik bilan ko‘tarish mumkin bo‘lgani lozim. Tabiiyki, bunday sovg‘a yoshlar va ularning didini yaxshi bilishni talab etadi. 

7. Fotosessiya

 Bu yerda bir necha variantlar bor. Balki kelin va kuyovga ular tomondan tanlangan suratkash tomonidan olingan to‘y fotosessiyasini xadya etarsiz. Balki ular marosimdan biroz vaqt o‘tgach, suratga tushishni istashar. Buni oldindan muhokama qilib oling, roziliklarini olgach, fotosessiya sovg‘a qiling. 

8. Idish-tovoq va boshqa maishiy anjomlar 

Agar didingiz bir-biriga mos kelishiga yuz foiz ishonsangiz, idish-tovoq va interyer buyumlarini xadya qiling. Hatto bu holda ham, hamma yerga mos keladigan juda sodda va minimal buyumlarni tanlash kerak. 

9. Istaklar ijobati 

Agar taklif etilgan variantlardani hech biri sizga to‘g‘ri kelmasa, bo‘lajak yosh oiladan ularda istaklar ro‘yxati bor-yo‘qligini so‘rang. Juftlikdan uni tuzib berishni ham so‘rash mumkin, axir to‘yga nima sovg‘a qilish to‘g‘risida birgina siz bosh qotrimaysiz-ku. Istaklar ro‘yxati ham mehmonlar, ham bayram egalari hayotini osonlashtiradi. Istalgan odam undan foydalanishi mumkin.