Daryo balig'i mazali va foydali taom, ammo osongina yutib yuborish mumkin bo'lgan mayda va o'tkir suyaklar tufayli u xavf tug'dirishi mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  

E’tiboringizga baliq qiltanog’ini yutib yuborib, u tomog’ingizda tiqilib qolgan vaziyatda bajarish kerak bo’lgan bir nechta harakatlarni taqdim etamiz.

 

Xavf nimadan iborat?

 

Suyak og’riqqa sabab bo’lib, noqulaylik yuzaga keltirish bilan birga, uning atrofidagi to’qimalar yallig’lanishi mumkin. Shuningdek, vaqt o’tishi bilan shish paydo bo’lib, suyak topilishini qiyinlashtirishi va ayniqsa, bolalarda bo’g’ilishga olib kelishi mumkin. Shu bois, suyakni tomoqdan olib tashlashni ortga surmagan ma’qul.

Nima qilish kerak emas:

 

 

  • Orqaga, tomoqqa urmang, Geymlix usulini qo’llamang – bu shilliq qavatga yanada ko’proq shikast yetkazadi.

 

  • Qiltanoqni, ba’zan maslahat qilganlaridek, qattiq taom yoki non cheti bilan itarishga urinmang – bu suyakni yanada to’qimalar ichiga itarishi yoki uni sindirishi mumkin. Bunda suyakni olish qiyinlashadi.

 

Shifkorga murojaat qiling, agar:

 

  • Og’riqqa chidash qiyin bo’lsa, bo’g’ilish sezsangiz yoki qon ajralsa.

 

  • Jabrlangan — yosh bola bo’lsa.

 

  • Suyak bir necha soatdan buyon joyidan qo’zg’almagan bo’lsa.

 

  • Suyak tomoqdan ketganiga ishonchingiz komil bo’lmasa.

Nima qilish kerak:

 

 

  • Xotirjam, hayajonlanmasdan harakat qiling: suyak birdan nafas yo’lini yopib qo’yish uchun juda kichkina.

 

  • Juda ehtiyotkorlik bilan yo’talib ko’ring, agar suyak yuzaroqda bo’lsa, bu yordam beradi. Agar bunday og’riq kuchaysa, boshqa yo’talmang.

 

  • Agar uzun pinsetingiz bo’lsa (15-20 sm), u bilan suyakni olib tashlang –u ko’zga ko’rinadigan joyda bo’lishi mumkin. Oyna va fonarcha olib tomoqni ko’zdan kechiring, yaxshisi kimdandir yordam so’rang.

 

  • Suv iching. Oshqozoningizdan xavotir olmang – u suyakni tez hazm qiladi, shu bois zarar yetkazmaydi.

 

  • Suyakni ilintirib, tomoqdan olib ketadigan yumshoq nimadir yuting: banan, zefir, yong’oq moyilik non, pishgan guruch, kartoshka pyuresi. Muhimi, taom so’lak, suv yoki yog’ bilan yaxshilab namlangan bo’lishi kerak.

 

  • Isitilgan o’simlik moyini iching, suyakning chiqishi osonlashadi. Shuningdek, moy tomoqni qoplab, yallig’lanishning oldini oladi.

 

Suyak olinganidan so’ng:

 

 

  • Hattoki shifokorga borgandan keyin ham suyak hali ham joyida turgandek tuyulishi mumkin. Havotirlanmang, bu vaqtinchalik asorat.

 

  • Bu hisdan qutulish uchun iliq dush qabul qiling, bu tomoqni yumshatib, mushaklarni bo’shashtirishga yordam beradi.

 

  • Yumshoq va qoplaydigan narsa yeng, masalan suli bo’tqasi.

 

  • Tomoqdagi jarohat yallig’lanmasligi uchun uni istalgan antiseptik bilan chaying.