Mashhur kompaniyalarning belgilarida oddiy rasmdan tashqari, kattaroq ma'no yashiringan bo'ladi. Bu tasvirlar o'zida butun mohiyatni yashirib, kompaniyaning tarixi va u taqdim qiladigan xizmatlar haqida so'zlaydi. Quyida bir nechta mashhur belgilarning asl ma'nosi bilan tanishing.

  •  
  •  
  •  
  •  

HYUNDAI

Koreya konglomerati hisoblangan Hyundai belgisi – shunchaki nomdagi birinchi harf, deb o’ylaydilar. Haqiqatda esa, N harfi qo’l berib turgan ikki kishini (bir tomonda – mijoz, boshqa tomonda – kompaniya vakili) bildiradi.

Adidas

Adidas sport do’konlari tarmog’ining nomi ularning asoschisi Adolf Dassler ismidan kelib chiqqan. Belgi bir necha bosh o’zgargan, ammo uchta chiziq doim qolgan. Hozirda ular qiyshaytirilgan holda uchburchakni – tog’ni hosil qiladi. Bu barcha sportchilar yengib o’tishi kerak bo’lgan to’siqlarning ramziy tasviri.

Apple

Apple belgisini o’ylab topgan dizayner Rob Yanov: “Men bir xalta olma sotib olib, ularni tovoqchaga soldim va detallarni soddalashtirish uchun bir hafta davomida chizdim. Mevani tishalb ko’rish tajribaning bir qismi edi va mutlaqo tasodifiy bayt (bite ingl. “tishlash”) kompyuter atamasiga aylandi”.

Sony Vaio

Sony Vaio belgisidagi birinchi harflar analog signalini aks ettiruvchi to’lqindan iborat bo’lib, so’nggi ikki harf 1 va 0, ya’ni raqamli signal ramzlarini eslatadi.

Amazon

Bir qarashda Amazon belgisi oddiy bo’lib ko’rinadi, biroq u brend falsafasini anglashga yordam beradi. Sariq yoy tabassumni eslatadi: Amazon.com mijozlar doim mamnun bo’lishi istaydi. Shuningdek, yoy A va Z harflarini bog’lab, bu do’konda “A dan YA gacha” mutlaqo hamma narsa borligiga sha’ma qiladi.

Baskin Robbins

“BR” harflarining pushti qismlari 31 sonini tashkil qiladi – azaldan Baskin Robbins muzqaymog’i aynan shuncha ta’mga ega bo’lgan.

Toyota

Ko’pchilik Toyota yapon avtomobilsozlik korporatsiyasining belgisini shlyapa kiygan kovboyning boshiga o’xshatadi. Aslida esa u ip kiritilgan nina qulog’ini bildiradi. Bu tashkil topgan davrida to’quvchilik dastgohlari bilan shug’ullangan kompaniyaning o’tmishiga o’ziga xos sha’madir. Biroq, belgining yana bir kichkina siri bor: uning alohida qismlari Toyota so’zining harflarini tashkil qiladi.

Continental

Continental – avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchisi. Ulardan birini istiqboldagi g’ildirak tasvirini aks ettiruvchi dastlabki ikki harfda ko’rish mumkin.

Formula 1

Agar F harfi va qizil chiziqlar orasidagi joyga qarasangiz, 1 raqamini ko’rishingiz mumkin. Belgi tezlik hissini namoyon etadi.

Pinterest

Foydalanuvchilari o’zlariga yoqqan tasvirlarni to’plashi va onlayn-doskalariga “yopishtirishlari” mumkin bo’lgan Pinterest ommabop internet-xizmatining belgisida nina yashiringan. R harfiga diqqat bilan qarang – aynan uning o’tkir “oyoqchasi” nina shaklida ishlangan.

Beats

Amerikadagi Beats audiobuyumlari ishlab chiqaruvchisining belgisidagi V harfi va qizil doira quloqchin taqqan odam sifatida talqin qilinadi.

Toblerone

Toblerone – Shveysariyaning Bern shahridagi shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniya. Uni ko’proq ayiqlar shahri deb atashadi. Aynan shuning uchun Toblerone belgisiga ushbu jonivorning sharpasi tushirilgan.

BMW

BMW tarixi aviatsiyadan boshlangan va kompaniya belgisi o’z ildizlariga sodiq qolgan. BMW markazi, bu aylanayotgan vintning parraklari, degan fikrdan farqli o’laroq, bu – shunchaki katakli bo’lgan Bavariya bayrog’ining bir qismi.

LG

Janubiy Koreyadagi LG elektronika ishlab chiqaruvchisi belgisining asosiy ramzi – kulayotgan odamning o’ziga xos yuzidir. Brendning rasmiy ta’rifiga ko’ra, ushbu kompozitsiya kompaniyaning barcha mijozlar bilan “insoniy” munosabatlarni saqlab qolishga bo’lgan intilishini ko’rsatadi.

Shu bilan birga, tarmoqda ko’p yillardan buyon LG belgisi Pac-Man kompyuter o’yinidagi qahramonning yuziga taqqoslanadi.

Evernote

Ma’lumki, fillarning xotirasi juda kuchli bo’ladi. Mazkur jonivorlar yuzlar va voqealarni eslab qolishi isbotlangan. Aynan shuning uchun Evernote qaydlar xizmatining belgisida fil tasvirlangan. Fil qulog’ining bir burchagi xuddi sahifalarning burchagi kabi qayrilgan. Evernote qaydlari bilan hech narsani unutmaysiz.

Coca-Cola

Juda kamyob holat bo’lsada, ba’zan yashirin ma’no tasodif bo’lishi ham mumkin. Xususan, Coca-Cola belgisining O va L harflari o’rtasidagi joyda Daniya bayrog’ini ko’rsa bo’ladi. Kompaniya bundan Daniyadagi reklama kampaniyasi vaqtida o’z manfaatida foydalangan.