•  
  •  
  •  
  •  

Bugungi kunda aktyorlik muvaffaqiyatining mezoni sifatida faqat mashhurlik va muxlislar orasida tanilishni emas, balki mehnat uchun munosib haq to’lanishini ham ko’rsatish mumkin.

Butun dunyoda turk kinematografiga o’sib borayotgan qiziqish bizga unutilmas qahramonlar va hissiyotlarni tuhfa etuvchi aktyorlarning gonorarlari ham mos ravishda o’sishiga sabab bo’lmoqda. Xo’sh, sevimli turk aktyorlarimiz qancha pul topadi va bu reytingda ularning qaysi biri yetakchi o’rinni egallagan?

Chag’atay Ulusoy

Turkiyaning eng ko’p haq to’lanadigan aktyorlari reytingida birinchi o’rinni egallagan. Chag’atay Netflix internet-platformasi bilan tuzgan shartnomasi tufayli, “Himoyachi” serialining bitta qismi uchun 500 ming lira (700 mln. so’mdan biroz ko’proq) oladi. Bu raqamlarga oltita noldan iborat bo’lgan Colin’s kiyimlar brendi bilan reklama shartnomasini ham qo’shsa bo’ladi. Tan oling, bunday munosib to’lov bilan Chag’atay o’zi istagandek hayot kechirishi mumkin, albatta tugallanmas suratga olishlar va seriallarga tayyorgarliklardan bo’sh vaqtida.

Burak O’zchivit

Turk shou-biznesining asosiy sarvqomati hozircha reytingizmizning ikkinchi o’rnidan joy olgan, biroq O’zchivit bosh rolni ijro etayotgan “Usmonlilarning barpo bo’lishi” serialining ommalashuvi hamda qator reklama loyihalari yordamida aktyor birinchilikni qo’lga kiritishi mumkin.

Burak O’zchivit “Usmonlilarning barpo bo’lishi” serialining prodyuseri – Mexmet Bozdag bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgan bo’lib, undagi bitta qism uchun aktyorga 325 ming lira (475 mln. so’m) to’lanadi. Turk kinematografi o’lchovlariga ko’ra bu – juda katta gonorar. Bundan tashqari, O’zchivit Clear Men shampuni reklamasi yuzi, shuningdek Altınyıldız Classics erkaklar mumtoz kiyimi brendining yuzi hisoblanadi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, kiyim brendi reklamasi uchun Burak 3 mln. lira (4,3 mlrd. so’m)ga ega bo’ladi – oilaviy byudjetga yaxshigina daromad!

Engin Altan Duzyatan

Reytingdagi ikkinchi o’rinni Burak O’zchivit talqin etgan ekrandagi o’g’liga bo’shatib berdi va uchinchi o’rindan joy oldi. Bu ham yomon natija emas! Engin Duzyatan “Ertug’rul” serialidagi Ertug’rul Gazi roli tufayli Turkiyadagi eng talabgor aktyorlardan biriga aylandi. Butun dunyo bo’ylab millionlab tomoshabinlarni ekranlarga jalb qilgan tarixiy serialning bitta qismi uchun aktyor 250 ming lira (366 mln. so’m) olgan. Serialning 150ta qismi uchun Duzyatan qanchalik boyiganini hisoblash qiyin emas. “Ertug’rul” serialining muvaffaqiyatidan so’ng Engin “O’q” serialida ishtirok etishi uchun 200 ming lira (292 mln. so’m) gonorar so’ragan, biroq serial yaratuvchilari narxni har bir qism uchun 160 ming lira (234 mln. so’m)gacha pasaytirganlar. Ayrim manbalarda ta’kidlanishicha, narx 111 ming lira (162 mln. so’m)gacha kamaytirilgan.

Kivanch Tatlitug’

Turk Bred Pitti 15 yil davomida Turkiyadagi eng talabgor va katta haq to’lanadigan aktyorlardan biri bo’lib kelmoqda. Kivanch o’zining “To’qnashuv” serialidagi so’nggi ishida har bir qism uchun 150 ming lira (219 mln. so’m) olgan. Shuningdek, jozibali tashqi qiyofasi va xarizmasi tufayli aktyor mo’maygina daromad keltiradigan qator reklama shartnomalariga ham ega. O’tgan davr ichida Kivanch Mavi kiyimlar brendi, Coca-Cola kompaniyasi, Magnum Infinity muzqaymoq nomi, Akbank banki, Yedigün sharbati va Head & Shoulders shampunining yuzi bo’lishga ulgurgan.

Engin Akyurek

Ro’yxatimiz ishtirokchilaridan birining adashi avvallari katta gonorarlar bilan maqtana olmasdi, ammo “Elchining qizi” serialidagi bosh rol Enginga har bir qism uchun 110 ming lira (160 mln. so’m) keltirdi. Bu xabar, albatta, aktyorning hamkasblari orasida va matbuotda shov-shuvga sabab bo’ldi, chunki avvallari Akyurek ancha past haq olardi. Serialning prodyuserlari loyihani chet el kanallariga sotishdan foydani ko’zlamoqda – aktyorning chekidagi raqamlar ham shunga bog’liq.