•  
  •  
  •  
  •  

O’zbekistondagi deyarli har bir o’qituvchi minnatdor maktab o’quvchilari va ota-onalar qo’mitalari sovg’a qilgan navbatdagi guldastani qayerga qo’yish va o’ninchi shirinliklar qutisini kimga sovg’a qilish ustida bosh qotiradigan kunga juda oz fursat qoldi. Vaholanki, O’zbekistonda 1 oktyabr sanasida “Ustoz va murabbiylar” kuni nishonlanadi!

«Ustoz va murabbiylar» kunida o‘qituvchiga eng zo‘r 16ta sovg‘a

Aynan shu yoki boshqa istalgan bayram munosabati bilan tabriklar faqat gullar va shirinliklar bilan cheklanib qolsa maylikuya, ammo ba’zida ota-onalar o’ylab topgan yanada qimmatbaho sovg’alar boshqa ayrim davlatlarda pora sifatida baholanishi mumkin.

Dunyo bo’ylab Ustozlar kuni qachon nishonlanadi?

YUNESKO va Xalqaro mehnat tashkilotining sa’y-harakatlari bilan Butunjahon o’qituvchilar kuni 1994 yildan nishonlana boshlagan.

YUNESKO qaroriga binoan dunyoda o’qituvchilar kuni doim 5 oktabrda bayram qilinadi.

Lifehaq.uz tahririyati dunyoning turli mamlakatlarida o’qituvchilarni bayram bilan tabriklash va sovg’alar berish an’anasi hamda bu holat ustozlarning bolalarga nisbatan munosabatiga ta’sir qilish-qilmasligi haqida ma’lumot to’pladi.

Agar tabriklash zarur bo’lsa, ustozlar bayrami uchun sovg’alarga oid g’oyalarni quyidagi maqolamizdan o’qishingiz mumkin.

«Ustoz va murabbiylar» kunida o‘qituvchiga eng zo‘r 16ta sovg‘a

Demak, boshladik:

Polsha

Polshada “O’qituvchilar” kuni 14 oktabrda nishonlanadi. Bu kun o’qituvchilarga gullar sovg’a qilish, shuningdek qo’shimchasiga shokoladli konfetlar berish odat bo’lgan. Biroq, gullar va shirinlik har bir o’quvchidan emas, butun sinf nomidan taqdim etiladi. Bundan qimmatroq sovg’alar berilmaydi.

“Qizig’i, o’quvchilar faqat o’z sinf rahbarlarini tabriklaydilar. Direktori, uning o’rinbosarlari, boshqa fan o’qituvchilari, shuningdek maktab xodimlarini tabriklamaydilar”.

Germaniya

Germaniyada O’qituvchilar kuni 5 oktabrda nishonlanadi. Nemis o’qituvchilariga sovg’a berish odati mavjud emas. Agar bola o’qituvchisini yaxshi ko’rsa va sovg’a berish istagi bo’lsa, unga qandaydir qo’lda yasalgan narsa yoki o’zi chizgan otkritkani tuhfa qilish mumkin.

“Germaniyada O’qituvchilar kunini nishonlash uchun atayin pul yig’ish odati mavjud emas”.

Germaniyadagi bolalar bog’chalarida esa yil yakunida tarbiyachilarga sovg’a uchun pul yig’iladi. Biroq, odatda bu summa 5-7 yevrodan oshmaydi. Sovg’a qandaydir to’plam va ma’lum do’konga sovg’a kartasi bo’lishi mumkin.

АҚШ

AQShda ustozlar kuni aprelda bayram qilinadi. Bolalar ushbu kunda o’qituvchilariga gullar va konfetlar sovg’a qilishi mumkin – barchasi chin qalbdan va faqat o’z istagi bilan taqdim qilinadi. Amerikaliklarda o’qituvchilar va ma’muriyatni tabriklash uchun majburiy pul yig’imlari mavjud emas.

“Qiziq: AQShda o’qituvchilarni Rojdestvo, Pasxa bayramlari va o’quv yili tugagani munosabati bilan tabriklash odat bo’lgan. Biroq, bolalar butun pedagogik jamoani emas, faqat o’z o’qituvchisini tabriklaydilar”.

O’qituvchining tug’ilgan kuniga xohishga qarab kishi boshidan 5 dollardan pul yig’ilishi mumkin. Bu shunchaki ramziy summa: masalan, bir buxanka non 3.50 dollar turadi. Bu pullarga universal narsa, masalan Starbaksga (AQShda mashhur qahvaxona) sovg’a kartasi xarid qilinadi.

Braziliya

Braziliya boshqa qator davlatlardan chetda turmaydi. Bu yerda ham 15 oktabr sanasida “o Dia do Professor” bayrami nishonlanadi. Zamonaviy o’qituvchilar, odatda, o’quvchilari juda inoq bo’ladilar. Ular bolalar kelganida va ketayotganida quchoqlashishga, ko’p tabassum qilishga va bolalarning rivojlanishida faol ishtirok etishga odatlanganlar. Ularning tarbiya va ta’limdagi asosiy maqsadi: bolaga tushunarli, ahloqli usullar yordamida tushuntirish, o’ynash orqali atrofdagi olamni o’rganishga yordam berishdan iborat.

Bolgariya

Bu mamlakatda O’qituvchilar kuni bayrami yo’q. Hech kim hech kimni tabriklamaydi. Bolalar tug’ilgan kunda rasmlar va yaxshi tilaklar bilan tabriklashlari mumkin. Hech kim ta’mirlashga yoki boshqa narsalarga pul yig’maydi.

Yil boshida bolalar uchun qo’shimcha materiallarga pul beriladi. Bular bolalar shug’ullanadigan kitoblar bo’lishi mumkin. Ortib qolgan pul suv qo’yiladigan kulerlarga sarflanadi. Yil oxirida ota-onalar qo’mitasi ortib qolgan pullarni yo qaytarib beradi yoki keyingi yilga o’tkazadi. Hech kim o’qituvchilarga pul bermaydi va pul yig’maydi. Bolgariyada bunga odatlanmaganlar. Direktorni esa umuman hech kim tabriklamaydi.

Ispaniya

Uchbu davlatda “Ustozlar” kuni mavjud emas. Tug’ilgan kunlar, odatda, butun sinfni yoki do’stlarni ko’ngilochar markazlardagi lazer-shoular yoki kartingga taklif qilish orqali nishonlanadi. Maktabda 6 yoshgacha bo’lgan kichkintoylar barcha bolalar uchun tort va sovg’alar tayyorlab, butun sinf bilan maktabda yoki animatsiya, labirintlar va tug’ilgan kun uchun maxsus menyusi mavjud bolalar xonalariga ega kafelarda nishonlaydilar.

Ispaniyada yil davomida o’qituvchilarga hech qanday sovg’a berilmaydi. Bundan tashqari, MDH davlatlaridan kelgan onalar ko’pincha sovg’a berishga hamda tabriklash odatini an’anaga aylantirishga urinadilar, ammo mahalliy o’qituvchilar buni tushunmaydilar va nomlariga dog’ tushishidan qo’rqib, e’tiborsiz qoldiradilar. Odatda, har bir katta bayramda sovg’alar o’qituvchilarga emas,  balki bolalarga taqdim etiladi.

Avstriya

Avstriyada biz bilgan O’qituvchilar kuni nishonlanmaydi. Qizig’i, bu mamlakatda o’qituvchilar va maktab ma’muriyatiga sovg’a olish uchun pul yig’ish an’anasi mavjud emas.

Sinf o’z xohishiga qarab o’qituvchisini Rojedstvo bilan tabriklashi mumkin, lekin bunday vaziyatda har kim qurbi yetganicha pul beradi. Odatda, bu ramziy pullar bo’lib, ularga qandaydir yoqimli va arzon narsani sovg’a qilish mumkin.

Fransiya

Fransiyada O’qituvchilar kuni 5 oktabrda nishonlanadi. Bu kunda qandaydir sovg’a berish odati yo’q. Maktabning istagi bilan konsert o’tkazilishi, so’ngra o’qituvchilar va o’quvchilar uchun norasmiy muloqot qilish maqsadida shirinliklar stoli tashkil etilishi mumkin. Shirinliklarni ota-onalar olib keladilar: xohishiga qarab.

“Qizig’i: Fransiyada ham o’qituvchilarga sovg’a berish odati yo’q. Aksariyat maktablarda turli ehtiyojlar uchun har yilgi yig’imlar mavjud, ammo u butunlay rasmiy bo’lib, 20-30 yevrodan oshmaydi”.

Avstraliya

Teacher and students in a classroom

Avstraliyada Ustozlar kuni – oktyabr oyining so’nggi juma kuni – haqiqatdan shovqinli tadbirdir. Bayram munosabati bilan ko’chalar karnaval ishtirokchilariga to’ladi, mahalliy aholi esa oilalari bilan birga shahar va hiyobonlarga yo’l oladi. Kechqurun esa mushakbozlik shousi kabi chin ma’noda sehrli tomoshalarga o’rin keladi. Aytgandek, avstraliyaliklar chinakam piromanlardir: hattoki, mamlakat hukumatida g’aroyib lavozim – “mushaklar va alanga vaziri” ham mavjud.

Fireworks above the Opera House and Harbour Bridge, Sydney, Australia

Odatda, yarim yilda bir marta bolalar uylarida va maktabda shug’ullanadigan onlayn dasturlar bo’yicha to’lov qog’ozi keladi, shuningdek “hayriya” bandi mavjud bo’lib, xohishga qarab to’lash mumkin – hech kim hech narsa demaydi. Ba’zan maktablarda hayriya yarmarkalari o’tkaziladi: o’quvchilar turli shirinliklarni sotadilar va kelib tushgan pul maktab jamg’armasiga qo’yiladi. Agar sinf o’qituvchisini tabriklashni juda xohlasa, unga tort sovg’a qilishlari mumkin. Bu tortni maktab xodimlari birgalikda choy bilan tanovul qiladilar. Yoki qandaydir do’konga sertifikat taqdim qiladilar. Hech qanday pul yig’ishlar bo’lmaydi. 

Argentina

Argentinada 11 sentabr o’qituvchilar bayrami ekanligi bilan bir qatorda, prezident Domingo Faustino Sarmentoning vafoti munosabati bilan xotira kuni hamdir. Ushbu prezident o’z sa’y-harakatlari bilan ta’lim sohasida amalga oshirgan ulkan islohotlari tufayli aholi orasida hurmatga sazovor bo’lgan. Shuningdek, u qishloqlarda boshlang’ich ta’limni majburiy qilib, aholining barcha qatlamlari uchun ta’lim olish imkoniyatini rivojlantirgan.

Hindiston

Mazkur mamlakatda Ustozlar kunini bayram qilish sanasi ham tarix bilan bog’langan: 5 sentabr kuni ikkinchi hind prezidenti doktor Sarvepalli Radxakrishnan tug’ilgan. Bu kuni an’anaga binoan ayrim maktablarda o’quvchilar o’qituvchilar bilan o’rin almashadilar va ularning o’rniga dars o’tadilar, boshqa maktablarda esa barcha darslar bekor qilinadi va bayram tadbirlari tashkil etiladi.

Litva

Ushbu mamlakatda O’qituvchilar kunida o’quvchilarga ta’lim berish kasbi haqida ko’proq bilimga ega bo’lish va tushunish imkoniyati beriladi. An’anaga ko’ra, o’qituvchilar mazkur bayramona kunda ta’lim bermaydilar va ularning o’rniga kafedra ortiga yuqori sinf o’quvchilari turadilar. Bu tajriba ikkala tomon uchun juda foydalidir: o’qituvchilar va o’quvchilar sinfning boshqa tomonida bo’lishlari mumkin. Yana bir an’ana – minnatdorchilik sifatida o’qituvchilarga gullar sovg’a qilishdir. Biroq, minnatdorchilik faqat o’qituvchilarga emas, maktabning boshqa xodimlariga ham ko’rsatiladi.

Eron

Bu mamlakatda O’qituvchilar kuni 2 mayda nishonlanadi. Shu kuni 1980 yilda qatl etilgan professor, yozuvchi va o’qituvchi Oyatulla Mortaza Motaxxarining xotirasi yodga olinadi. Mamlakat aholisi shu tariqa muqaddas hisoblangan pedagog kasbiga o’z ehtiromini izhor etadi.

Xitoy

Bu davlatda ham pedagogik mehnatga alohida e’tibor ko’rsatiladi. Bu holat madaniy inqilob davrida o’qituvchilik faoliyatining nufuzi yo’qolib ketganligi bilan bog’liq. Pedagoglik yana martabali ishga aylangan 1989 yilda bayram rasmiy tus olgan. Endilikda har yili 10 oktabrda maktab o’quvchilari o’qituvchilari uchun konsert-ko’ngilochar dastur tayyorlab, ularga shirinliklar va ovqatlar to’plamlarini sovg’a qiladilar. Pedagoglarni tabriklash uchun bitirgan o’quvchilar ham keladilar. Chekka qishloqlarda ming yillik an’anaga binoan o’qituvchilarning tovonlari va kaftlarini yuvadilar.

Diniy ruhdagi bayram

Tunis, Jazoir, Liviya, Marokash, Iordaniya, Misr, Saudiya Arabistoni, BAA, Yaman, Baxrayn va Omanda Ustozlar kuni fevralning oxirgi sanasi – 28 kunida bayram qilinadi. Bayram masjidla katta ibodatdan boshlanadi, zero ushbu arab mamlakatlarida pedagoglar ilohiy xizmatchilar sifatida e’tirof etiladi. O’qituvchilarning aksariyati erkaklar bo’lganligi uchun ularga sovg’a sifatida shirinliklar, do’konlarda xarid uchun sertifikatlar va kanselyariya tovarlarini taqdim qilish odatga aylangan.

Ustozlar bayrami – rasmiy dam olish kuni

Pedagoglarning kasbiy bayrami dam olish kuni hisoblanadigan davlatlar ko’p emas: Taylandda (16 yanvar) va bizning mamlakatimizda.

Agar ushbu maqolaga sharhlaringiz yoki g’oyalaringiz bo’lsa, ularni pastda yoki bizning Feysbukdagi sahifamida yozib qoldirishdan tortinmang.

Ustoz va murabbiylarga nima sovg’a qilishni bilmayapsizmi?
G’oyalarni bu yerda o’qing:

«Ustoz va murabbiylar» kunida o‘qituvchiga eng zo‘r 16ta sovg‘a